Uzatish texnologiyalari (RFID) zaifliklari




Download 2,64 Mb.
bet38/47
Sana14.05.2024
Hajmi2,64 Mb.
#230773
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   47
Bog'liq
tarmoq

Uzatish texnologiyalari (RFID) zaifliklari
RFID - radiosignallar yordamida ob’ektlarni avtomatik tarzda identifikatsiyalash usuli bo’lib, ularda RFID-metkada saqlanuvchi ma’lumotlar o’qiladi va (yoki) yoziladi. Har qanday RFID-tizimi o’quvchi qurilmadan va RFID-metkadan tashkil topgan. RFID-metka ikki qismdan iborat:
- axborotni saqlashga va ishlashga, radiochastota signalini modulyatsiyalashga va demodulyatsiyalashga mo’ljallangan integral sxema (mikrochip);
- signalni qabul qiluvchi va uzatuvchi antenna.
Ishlatiluvchi xotira xili bo’yicha quyidagi RFID-metkalar farqlanadi:
- RW (Read and Write) - bunday metkada identifikator va axborotni o’qish/yozish uchun xotira bloki mavjud. Ularda ma’lumotlar ko’p marta qayta yozilishi mumkin;
- WORM (Write Once Read Many) – bunday metkada noyob identifikatordan boshqa, keyinchalik ko’p marta o’qilishi mumkin bo’lgan, bir marta yoziluvchi xotira mavjud;
- RO (Read Only) – yasalishida faqat bir marta ma’lumotlar yoziladi. Bunday metkalar faqat identifikatsiya uchun yaroqli. Unga hech qanday yangi axborotni yozish mumkin emas va ularni qalbakilashtirishning iloji yo’q.
Hozirda energiya manbai o’rnatilmagan passiv RFID-metkalar keng tarqalgan. Bunday chip-metkaning ishlashi va javob signalining uzatilishi antennada induksiyalanuvchi elektrotok hisobiga ta’minlanadi. Passiv RFID-metkalar odatda stikerga (magazindagi tovar etiketkasi) o’rnatiladi yoki teri ostiga kiritiladi. O’qishning maksimal distansiyasi, tanlangan chastota va antenna o’lchamiga bog’liq holda, 10 sm dan to bir necha metrgacha bo’ladi.
Aktiv RFID-metkalar shaxsiy ta’minot manbaiga ega. Shunga binoan, signal katta masofadan o’qiladi, chiplarning o’zi esa katta o’lchamga ega va qo’shimcha elektronika bilan jixozlanishi mumkin.
Aktiv metkalarda shaxsiy ta’minot manbai hisobiga, chiqish signalining sathi passiv metkalarga nisbatan yuqori. Bu aktiv metkalarni suvda, inson va hayvonlar tanasida, metallarda (kema konteynerlari, avtomobillar), havoda katta masofada qo’llashga imkon beradi. Aktiv metkalarni ishlab chiqarish katta mablag’ni talab etadi va ularning o’lchami katta.
Uzatish texnologiyalari RFID ning afzalliklari:
- qayta yozish imkoniyati. RFID-chiplarda saqlanuvchi ma’lumotlar ko’p marta qayta yozilishi va to’ldirilishi mumkin;
- saqlanuvchi ma’lumotlarning katta hajmi. RFID-metka, shtrix-kodga nisbatan, axborotni katta hajmini saqlashi mumkin. 1 sm2 yuzali chipda axborotning 10000 bayti, shtrix-kodda esa bayt birliklari saqlanishi mumkin;
- oshkora ko’rinishiga ehtiyojning yo’qligi. Shtrix-koddan farqli holda, metka bilan o’qish vositasining o’zaro orientatsiyasining ahamiyati yo’q. Metkaning ro’yxatga olish zonasiga qisqa muddatga kirishi va, xususan, katta tezlikda siljishi yetarli. Metka o’rov orqali o’qilishi mumkin. Bu ularni yashirin tarzda joylashga imkon beradi;
- katta masofadan o’qilishi. RFID-metka, shtrix-koddan farqli holda, aytarlicha katta masofadan o’qilishi mumkin. O’qilish radiusi bir necha yuz metrni tashkil etishi mumkin;
- tashqi omillar ta’siriga barqarorlik. Maxsus RFID-metkalar ishchi muhitning qat’iy sharoitlarida yetarlicha puxtalikka va chidamlikka ega. Bitta ob’ekt ko’p marta ishlatiluvchi sohalarda radiochastotali metka identifikatsiyaning, iqtisod nuqtai nazaridan, eng foydali vositasi hisoblanadi. Passiv RFID-metkalarning ekspluatatsiya muddati esa chegaralanmagan;
- intellektuallik. RFID-metka nafaqat ma’lumotlarni eltishi, balki boshqa masalalarni ham echishi mumkin. Metkadagi ma’lumotlar shifrlanishi mumkin. Bitta metkada bir vaqtda ochiq va yashirin ma’lumotlarni saqlash mumkin.
Uzatish texnologiyalari RFID ning kamchiliklari.
- tizim narxining nisbatan yuqoriligi;
- elektromagnit xalallar ta’siriga zaifligi;
- RFID ning insonlar xususidagi axborotning noqonuniy ishlatish imkoniyati.

Download 2,64 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   47




Download 2,64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Uzatish texnologiyalari (RFID) zaifliklari

Download 2,64 Mb.