Mobil texnologiyalarda bulutli hisoblashlardagi muammolar va ularning yechimi




Download 2,64 Mb.
bet42/47
Sana14.05.2024
Hajmi2,64 Mb.
#230773
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Bog'liq
tarmoq

10.2. Mobil texnologiyalarda bulutli hisoblashlardagi
muammolar va ularning yechimi

Bulutli hisoblashlar nafaqat foydali tomonlarga ega, balki bulutli xizmatlarni taqdim etish uchun quyidagi zarur talablar qondirilishi lozim.


- ilova funksiyalarini bulut va qurilma tarafidan ajratish imkoniyati;
- tezkor javob uchun tarmoqning past latentligi;
- bulut va qurilma orasida ma’lumotlarni tezlik bilan uzatish uchun tarmoqning yuqori o’tkazish qobiliyati;
- xarajatlarni optimallashtirish maqsadida tarmoq holatini adaptiv monitoringlash;
- kanalni nazoratlash uchun doimiy tarmoq ulanishi;
- so’rov bo’yicha ulanishni madadlash imkoniyati;
- energiya samaradorligini va kam chiqimlikni hisobga olgan holda tarmoqni tanlash imkoniyatiga egaligi.
Ushbu talablar bulutli resurslarni ishlatishga qator cheklashlar qo’yadi va echilishi lozim bo’lgan qator muammolarni kelib chiqaradi:
Barcha e’tirof etgan ochiq standartlarning mavjud emasligi. Bulutli xizmat provayderlari orasidagi mobillik va o’zaro ta’sir mumkin emas. Bu bulutli texnologiyalarning tezkor rivojlanishini va keng ishlatilishini qiyinlashtiradi. Foydalanuvchilar o’zlarining joriy ma’lumot manbalarini bulutli platformalarga istar-istamas o’tkazadilar, chunki bulutli platformalarda qator echilmagan texnik muammolar mavjud.
Masshtablanishning cheklanganligi. Bulutli xizmatlarni ta’minotchilarining aksariyati cheksiz masshtablanishni taqdim etishlari xususida gapiradilar. Aslida, bulutli hisoblashlarning keng tarqalishi va foydalanuvchilar sonining oshishi bilan, bulutli xizmatlarni taqdim etuvchilarning hech qaysisi barcha foydalanuvchilar so’rovlarini qondirish imkoniyatiga ega emas.
Xizmatdan foydalanishdagi ishonchsizlik. Ko’pgina bulutli tizimlarda (xususan Amazon, Google, Microsoft) vaqtincha nosozliklar bo’lib turadi. Bitta ta’minotchi xizmatiga bog’liqlik nosozlik vaqtida tanglik holatiga sabab bo’ladi, chunki ilova bulutli xizmatlarning boshqa ta’minotchisiga o’ta olmaydi. Natijada xizmat ko’rsatish to’xtatiladi.
Xizmat provayderi tomonidan blokirovkalash. Mobillikning mavjud emasligi ilova va ma’lumotlarning bulutli xizmatlarning bir ta’minotchisidan ikkinchisiga o’tishiga imkon bermaydi.
Turli bulutli tizim xizmatlaridan foydalanishning mumkin emasligi. Hozirda bulutli xizmatlarning turli ta’minotchilari orasida o’zaro qo’shilishning yo’qligi ilovalarning turli bulutli hisoblash tizimlari imkoniyatlaridan foydalana olmasliklariga sabab bo’ladi.
Ushbu muammolarni mobil agentlar texnologiyasidan foydalanib echish mumkin.
Mobil agent (MA) texnologiyasi - mobil telefonlar uchun Mail.ru Agent dasturining maxsus versiyasi. MA yordamida abonentlar bilan aloqa, ular manziliga bog’liq bo’lmagan holda, ta’minlanishi mumkin. Hozirda ushbu dastur aksariyat kompyuterlarda butun dunyo bo’yicha on-line rejimida muloqot vositasi sifatida ishlatiladi. Dastur ovozli, videoli aloqani hamda matnli xabarlarni tarqatishni ta’minlash imkoniga ega. Undan tashqari dastur mobil operatorning imkoniyatidan foydalanib trafikni nazoratlashga imkon beradi. Dasturning o’zi tekin, mablag’ esa faqat foydalanuvchining tarif rejasiga muvofiq uning hisob varag’idan olinadi (internet-GPRS trafigi to’lovi). MA orqali xohlagan telefon nomeriga SMS ni tekin jo’natish mumkin. MA telefon nomerlari yozilgan yon daftarchaning "zaxirali nusxasini" serverda saqlashga imkon beradi (apparat yo’qolishi holi uchun).
Shunday qilib, MA - geterogen kompyuter tarmog’idagi kompyuterlar orasida avtonom tarzda ko’chib yuruvchi va foydalanuvchi tomonidan qo’yilgan masalani echish uchun har bir mashinadagi servislar bilan o’zaro aloqa qiluvchi dasturiy modul. MA foydalanuvchilar va texnik qurilmalar orasida vositachilik sifatida ishlatilishi mumkin. Masalan, agar foydalanuvchi qurilmani boshqarishni xohlasa, ammo mos dasturiy ta’minotga ega bo’lmasa, ma’lumotlar almashish protokoliga ega MA ga murojaat etishi mumkin.
Odatda, foydalanish so’rovlari bulutdan to’g’ridan-to’g’ri Internetga jo’natiladi. Bu tarmoq trafigi tezligining oshishiga va reaksiya vaqtining kamayishiga olib keladi.
Mobil agentlar yordamida bulutli hisoblashlarni ifodalovchi tizimning bazaviy arxitekturasida Task manager ga asoslangan markazlashtirilgan yondashish ishlatiladi. Har bir ma’muriy domen bulutli xizmatlar ta’minlovchisida o’zining virtual mashinasiga va mobil agent joyiga (Mobile Agent Place, MARga) ega. Virtual mashinalaridan biri ko’pgina funksiyalarni (resurslarni indeksatsiyalash, autentifikatsiya, xavfsizlik, billing, avariyali tiklash, buzilishga bardoshlik) bajaruvchi Task manager sifatida tanlanadi.
MA dagi ma’lumotlar strukturasi sifatida ifodalangan foydalanuvchining masalasi bulutga jo’natiladi. MAR mobil agent tomonidan jo’natilgan barcha ma’lumotlarni qabul qiladi. MAR mobil agentdan ma’lumotlar olinganmi yoki olinmaganligidan qat’iy nazar, Task manager ni ogohlantiradi. MAR va Task manager orasida ma’lumotlar almashuvi doimiy.
10.2-rasmda ushbu mobil-agentli yondashishdan foydalanib, bulutli muhitda mobil agentlarni hisoblash tizimining modifikatsiyalangan arxitekturasi keltirilgan.
Ushbu arxitektura mobil texnologiyalarning bulutli hisoblash tizimlari bilan birgalikda ishlatilishidagi ba’zi jiddiy muammolarni echish imkoniyatiga ega va qator afzalliklarni beradi:
Portativlik. Ilova kodini yoki foydalanuvchi masalalarini uzatuvchi mobil agent bir MAR dan boshqa MAR ga, bulutli tizimning o’ziga xos xususiyatiga bog’liq bo’lmagan holda, ko’chishi mumkin, ya’ni portativlik amalga oshiriladi.
Tarmoq o’zaro ta’sirini standartlashtirish. Turli mijozlar va hisoblash tizimlari uchun o’zaro ta’sirni unifikatsiyalash quyidagilarga imkon beradi:
- tarmoq kanalining beqarorligida tizim ishini barqarorlashtirish;
- yuqori tarmoq yashirinligida tizim ishini normallashtirish;
- elastik mobil ilovalarining (Elastic Mobile Applications) rivoji uchun texnologik asosni yaratish.
Elastik (moslanuvchan) mobil ilovalar mobil qurilma imkoniyatlari bilan cheklanmagan. Qo’shimcha hisoblash quvvati yoki saqlash uchun joy talab qilinganida, ularni bulutdan olish mumkin. Tarmoq o’zaro ta’sir standarti tarmoq protokollari HTTP(S), ma’lumotlar formati va API larni ishlatishga asoslangan. Bu qurilmaga katta moslanuvchanlikni taqdim etadi.
Elastik mobil ilovalar mobil qurilmada yoki bulutda ishga tushirilishi va ular orasida, vaziyatga yoki foydalanuvchi maquligi bog’liq holda, ko’chishi mumkin. Elastik ilovalar arxitekturasi quyidagi komponentlarga ega (10.3-rasm):
- elastik ilova - foydalanuvchi tomonidan tanlanadi va ixtiyoriy platformada, qurilma cheklashlariga muvofiq, ishga tushiriladi;
- elastiklik menejeri - qurilmada ishga tushiriladi, weblet (WIDL tilidagi dasturiy modul - "veblet" deb ataluvchi funksional mustaqil va o’zaro ta’sir etuvchi birliklar naboridan tashkil topgan) uchun zaruriy resurslarni nazoratlaydi va boshqaradi;
- dispetcher - jarayon kechayotgan joy (mobil qurilmada yoki bulutda) xususida weblet uchun kerakli energiyani aniqlash uchun optimizatorni ishga tushiradi va optimal variantni tanlaydi;
- bulutning elastiklik servisi - vebletlarga resurslarni taqsimlaydi. Bulut menejeridan, bulut konfiguratoridan va ilovalar menejeridan tashkil topgan:

10.2-rasm. Bulutli muhitda mobil agentlarni hisoblash tizimning modifikasiyalangan arxitekturasi

- bulut menejeri - bulutda ishga tushiriluvchi ilovalarning turli qismlaridan foydalanganligi xususidagi axborotni saqlaydi;
- ilovalar menejeri - mobil qurilmada ilovalarni o’rnatish va ishga tushirish imkoniyatini ta’minlaydi;

10.3-rasm. Elastik ilovalarning arxitekturasi


- bulut konfiguratori - bulutdagi operativ ma’lumotlarni yig’ishni amalga oshiradi;
- uzel manejeri - bulutning har bir uzelida ishlaydi, ilovalar menejeri va bulut menejeri bilan bevosita o’zaro ta’sirda bo’ladi.
Shunday qilib, bulutli hisoblash konsepsiyasi mobil ilovalar rivoji uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etadi, chunki hisoblash va ishlash jarayonlarini virtual muhitga ko’chiradi.



Download 2,64 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Download 2,64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mobil texnologiyalarda bulutli hisoblashlardagi muammolar va ularning yechimi

Download 2,64 Mb.