BOB. MOBIL OPERATSION TIZIM XAVFSIZLIGI




Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/56
Sana03.06.2024
Hajmi2,59 Mb.
#259799
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   56
Bog'liq
10.-S.K.GanievT.A.Kuchkarov.TarmoqxavfsizligiMobiltarmoqxavfsizligi

6 BOB. MOBIL OPERATSION TIZIM XAVFSIZLIGI 
6.1. Mobil operatsion tizimlar 
Mobil qurilmalarning sifati asosan apparat xarakteristikalariga 
bog’liq bo’lsa, ulardan foydalanish qulayligi ko’p jihatdan mobil 
operatsion tizimlarga (OT) bog’liq. 
Hozirda mavjud mobil operatsion tizimlar foydalanuvchilarga 
nafaqat mobil telefonlar uchun odatiy bo’lgan SMS-xabarlarni jo’natish va 
telefon chaqiruvlarini bajarish kabi harakatlarni, balki ma’lumotlarni 
saqlash, tahrirlash va almashishi bo’yicha keng imkoniyatlarni taqdim 
etadi. Ba’zi mobil operatsion tizimlar ma’lumotlarni shifrlab saqlash, 
hamda mobil qurilmadagi ma’lumotlarni masofadan boshqarish bo’yicha 
qo’shimcha imkoniyatlarga ega. 
Mobil operatsion tizimlarni quyidagi alomatlari bo’yicha tasniflash 
mumkin (6.1-rasm): 
- operatsion tizim ochiqligi; 
- axborotni himoyalash vositalarining mavjudligi (AHV); 
- axborotni kriptografik himoyalash vositalarining mavjudligi 
(AKHV); 
- oxirgi qurilmalar turi. 
Quyida mobil qurilmalar uchun keng tarqalgan operatsion tizimlar 
ko’rilgan. 
Symbian OS.
Ushbu operatsion tizim Nokia firmasining madadi 
tufayli eng ommabop hisoblanar edi. Ushbu tizim o’lchamining kichikligi, 
hamda grafika interfeysining va tizim yadrosining bir-biridan ajratilganligi 
ham muhim rol o’ynadi. Bu uning turli mobil qurilmalariga osongina 
o’rnatilishiga imkon berdi. Keyinroq ko’p vazifalik qo’shilgan. 
Har bir mutaxassis apparat platforma cheklovlariga bog’liq holda 
o’zining operatsion tizim versiyasini yaratar edi. Har bir versiya o’ziga xos 
xususiyatlarga ega bo’lib, har bir versiya uchun o’zining ilovalarini ishlab 
chiqish lozim edi. Bu noqulaylik edi. Shu sababli Windows Mobile
Android va iPhone operatsion tizimlari paydo bo’lganidan keyin Symbian 
operatsion tizim o’zining ommaviyligini yo’qotdi. Hozirda faqat Nokia 
kompaniyasi ushbu operatsion tizimdan o’zining smartfonlari uchun 
foydalanadi. 


74 
6.1-rasm. Mobil operatsion tizimlarning tasnifi 
Symbian operatsion tizim afzalliklari: 
- xotiraga va prosessorga talablarning pastligi; 
- ishlatilmaydigan xotirani bo’shatish funksiyasi; 
- barqarorlik; 
- ushbu platforma uchun viruslar sonining kamligi; 
- tezdan yangi versiya paydo bo’ladi va barqarorlik tiklanadi; 
- dasturlarning katta soni. 
Symbian operatsion tizim kamchiliklari: 
- shaxsiy kompyuter bilan ulanish uchun qo’shimcha dastur 
o’rnatilishi lozim; 
- eski va yangi versiyalar uchun dasturlarning nomuvofiqligi. 

Download 2,59 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   56




Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 BOB. MOBIL OPERATSION TIZIM XAVFSIZLIGI

Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish