70
professional, odatda, yaxshi moliyalanadi va yakka yoki professionallar
komandasida ishlashi mumkin.
Ishonchsiz xodim
o’zining harakatlari bilan sanoat josusi etkazadigan
muammoga teng (undan ham ko’p bo’lishi mumkin) muammoni
tug’diradi. Buning ustiga uning borligini aniqlash murakkabroq. Undan
tashqari unga tarmoqning tashqi himoyasinn emas,
balki faqat, odatda,
unchalik qatiy bo’lmagan tarmoqning ichki himoyasini bartaraf qilishiga
to’g’ri keladi. Ammo, bu holda uning korporativ ma’lumotlardan ruxsatsiz
foydalanishi xavfi boshqa har qanday niyati buzuqnikidan yuqori bo’ladi.
Yuqorida
keltirilgan
axborot
xavfsizligini
buzuvchilar
kategoriyalarini ularni malakalari bo’yicha guruhlash mumkin: xavaskor
(sarguzasht kidiruvchi), mutaxassis (g’oyali xaker, ishonchsiz xodim),
professional (xaker-professional). Agar bu guruhlar bilan xavfsizlikning
buzilishi sabablari va har bir guruhnnng texnik qurollanganligi
taqqoslansa, axborot xavfsizligini buzuvchnnnng umumlashtirilgan
modelini olish mumkin (5.9-rasm).
5.9-rasm. Axborot xavfsizligini buzuvchining modeli
Axborot xavfsizligini buzuvchi
Axborot xavfsizligini
buzish sabablari
Tarmoqdagi o‘yin
harakatlari
Hayfsanga reaksiya
ish uchun xaq
to‘lanmaslik,
yomon niyat
Sanoat josusligi,
axborotni sotish
Malaka
Havaskor
Mutaxassis
Professional
Texnik
qurollanganlik
Tarmoqdagi uy shaxsiy
kompyuteri
Tarmoqda
ishlayotgan
shaxsiy kompyuter +
dasturlash tillari
Tarmoqdagi oxirgi
avlod shaxsiy
kompyuteri +
zamonaviy dasturiy
ta’minoti bazasi
71
Axborot xavfsizligini buzuvchi, odatda ma'lum malakali mutaxassis
bo’lgan holda kompyuter tizimlari va tarmoqlari xususan, ularni
himoyalash vositalari xususida barcha narsalarni bilishga urinadi. Shu
sababli buzuvchining modeli quyidagilarni aniqlaydi:
- buzuvchi bo’lishi mumkin bo’lgan shaxslar kategoriyasi;
- buzuvchining bo’lishi mumkin bo’lgan nishonlari va ularnnng
muhimlik va xavfsizlik darajasi bo’yicha rutbalanishi;
- buzuvchining malakasi xususidagi
taxminlar va uning texnik
qurollanganligining bahosi;
- buzuvchining harakat xarakteri bo’yicha cheklashlar va taxminlar.
Tizimdan ruxsatsiz foydalanishga majbur etish sabablarining
diapazoni yetarlicha keng: kompyuter bilan o’ynaganidagi hayajon
ko’tarinkiligidan to "jirkanch" menejer ustidan hokimlik hissiyotigacha.
Bu bilan nafaqat ko’ngil ochishni xohlovchi havaskorlar,
balki
professional dasturchilar ham shug’ullanadi. Ular parolni tanlash, faraz
qilish natijasida yoki boshqa xakerlar bilan almashish yo’li orqali ko’lga
kiritadilar. Ularning bir qismi nafaqat fayllarni ko’rib chiqadi, balki
fayllarning mazmuni bilan qiziqa boshlaydi. Bu jiddiy tahdid hisoblanadi,
chunki bu holda beozor sho’xlikni yomon niyat bilan qilingan harakatdan
ajratish qiyin bo’ladi.
Yaqin
vaqtgacha
rahbarlardan
norozi
xizmatchilarning
o’z
mavqelarini suiiste’mol qilgan
holda tizimni buzishlari, undan
begonalarning foydalanishlariga yo’l qo’yishlari yoki tizimni ish holatida
qarovsiz qoldirishlari tashvishlantirar edi. Bunday harakatlarga majbur
etish sabablari quyidagilar:
- hayfsanga yoki rahbar tomonidan tanbehga reaksiya;
- ish vaqtidan tashqari bajarilgan ishga firma haq to’lamaganidan
norozilik;
- firmani qandaydir yangi tuzilayotgan firmaga raqib sifatida
zaiflashtirish maqsadida qasos olish kabi yomon niyat.
Rahbardan norozi xodim jamoa foydalanuvchi hisoblash tizimlariga
eng katta tahdidlardan birini tug’diradi. Shuning uchun ham xakerlar bilan
kurashish agentligi individual kompyuter sohiblariga jon deb xizmat
ko’rsatadilar.
Professional xakerlar hisoblash texnikasini va aloqa tizimini juda
yaxshi biladigan kompyuter fanatlari (mutaassiblari) hisoblanadi. Tizimga
kirish uchun professionallar omadga va farazga tayanmaydilar, balki
qandaydir tartibni va tajribani ishlatadilar. Ularning maqsadi - himoyani
72
aniqlash va yo’qotish, hisoblash qurilmasining imkoniyatlarini o’rganish
va maqsadiga erishish mumkinligi to’g’risida qarorga kelish.
Bunday professional xakerlar kategoriyasiga quyidagi shaxslar
kiradi:
- siyosiy maqsadni ko’zlovchi jinoiy guruhlarga kiruvchilar;
- sanoat josuslik maqsadlarida axborotni olishga urinuvchilar;
- tekin daromadga intiluvchi xakerlar guruhi.
Umuman, professional xakerlar xavf-xatarni minimallashtirishga
urinadilar. Buning uchun ular birga ishlashga firmada ishlaydigan yoki
firmadan yaqinda ishdan bo’shatilgan xodimlarni jalb etadilar, chunki
begona uchun bank tizimiga kirishda oshkor bo’lish xavfi juda katta.
Haqiqatan, bank hisoblash tizimlarining murakkabligi va yuqori tezkorligi,
hujjatlarni
yurg’izish
va
tekshirish
usullarining
muntazam
takomillashtirilishi begona shaxs uchun xabarlarni ushlab qolish yoki
ma’lumotlarni o’g’irlash maqsadida tizimga o’rnashishiga
imkon
bermaydi. Professional xakerlar uchun yana bir qo’shimcha xavotir -
tizimdagi bir komponentning o’zgarishi boshqa bir komponentning
buzilishiga olib kelishi va xatardan darak beruvchi signalga sabab bo’lishi
mumkin.
Xakerlar xavf-xatarni kamaytirish maqsadida odatda moliyaviy va
oilaviy muammolarga ega bo’lgan xodimlar bilan kontaktga kiradilar.
Ko’pgina odamlar hayotida xakerlar bilan to’qnashmasliklari mumkin,
ammo alkagolga yoki qimorga ruju qo’ygan xodimlar bilmasdan jinoiy
guruh bilan bog’langan qandaydir bir bukmekerdan qarzdor bo’lib
qolishlari mumkin. Bunday xodim qandaydir o’yin-kulgi kechasida
suhbatdoshining professional agent ekanligiga shubha qilmagan holda
ortiqcha gapirib yuborishi mumkin.