Bostirib kirish va ma’lumotlarni modifikatsiyalash. Niyati buzuq
ulanishni ushlab qolish, ma’lumotlarni yoki komandalarni uzatish
maqsadida ma’lumotlarning mavjud oqimiga axborotni qo’shganida
bostirib kirish sodir bo’ladi. Hujum qiluvchi paketlarni bazaviy stansiyaga
yuborib,
boshqarish
komandalari
va
axborot
oqimlari
ustida
manipulyasiyani amalga oshirishi mumkin. Boshqarish komandalarini
kerakli boshqarish kanaliga yuborish orqali foydalanuvchini tarmoqdan
uzishga erishish mumkin.
Bostirib kirish xizmat ko’rsatishdan voz kechishga undash uchun
ishlatilishi mumkin. Hujum qiluvchi tarmoqdan foydalanish nuqtalarini
ulanish
komandalari
bilan
to’lib-toshtiradi.
Natijada
boshqa
foydalanuvchilarga tarmoqdan foydalanishga ruxsat berilmaydi.
MITM (man in the middle) hujumi. MITM hujumi yuqorida
tavsiflangan bostirib kirishlarga o’xshash. Ular turli shakllarni olishlari
mumkin va aloqa seansining konfidensialligini va yaxlitligini buzish uchun
ishlatiladi. MITM hujumlar anchagina murakkab, chunki ularni amalga
oshirish uchun tarmoq xususida batafsil axborot talab etiladi. Niyati buzuq,
odatda, tarmoq resurslaridan birining identifikatsiyasini bajaradi. Hujum
qurboni ulanishni boshlaganida, firibgar uni ushlab qoladi va istalgan
resurs bilan ulanishni tugallaydi, so’ngra ushbu resurs bilan barcha
ulanishlarni o’zining stansiyasi orqali o’tkazadi (5.5-rasm). Bunda hujum
qiluvchi axborotni jo’natishi, jo’natilganini o’zgartirishi yoki barcha
muzokaralarni yashirincha eshitishi va so’ngra rasshifrovka qilishi
mumkin.
Abonent-firibgar. Tarmoq abonentining ishini sinchiklab o’rganib
chiqqan hujum qiluvchi o’zini "tarmoq abonenti" qilib ko’rsatib, tarmoq va
uning xizmatlaridan foydalanishga urinadi. Undan tashqari foydalanishda
qo’llaniladigan qurilmaning o’g’irlanishi tarmoqqa kirishga yetarli bo’ladi.
Barcha simsiz qurilmalarning xavfsizligini ta’minlash oson ish emas,
chunki ular foydalanuvchilarning harakatlanishida qulaylik tug’dirish
maqsadida atayin kichkina qilib yaratiladi.