4.2. Yerning sun’iy yo’ldoshli mobil aloqa tizimlari tarkibi
va asosiy xarakteristikalari
Yerning sun’iy yo’ldoshli mobil aloqa tizimlari tarkibiga quyidagi
komponentlar kiradi (4.5-rasm):
53
4.5-rasm. Yerning sun’iy yo’ldoshli mobil aloqa tizimi strukturasi
- kosmik stansiya (KS) – tarkibida qabul qiluvchi-uzatuvchi qurilma,
radiosignallarni qabul qiluvchi va uzatuvchi antennalar, hamda energiya
etkazib berishni, antennalar va quyosh batareyalarini orientatsiyalashni,
orbitada Yerning sun’iy yo’ldoshi holatini korreksiyalashni va h.
ta’minlovchi YSYRdan iborat;
- Yerdagi stansiyalar (YS) – axborotning dupleks almashishini
ta’minlaydi;
- Yerdagi markaziy (koordinatsiyalovchi) stansiya (YMS) – YSYR
ishlash rejimini nazoratlashni va YSYAT ishlashi uchun muhim bo’lgan
Yerdagi stansiyalar parametrlariga (nurlanuvchi energiya, eltuvchi
chastotalar, modulyatsiyalovchi signal xarakteristikalarining qutblanish
turlari va h.) rioya qilinishini ta’minlaydi;
- Yerning sun’iy yo’ldoshini boshqarishning markaziy tizimi -
YSYBTda joylashgan barcha texnik vositalarni boshqarishni va ular
holatini nazoratlashni ta’minlaydi;
- Yerdagi ulovchi liniyalar (YUL) – Yerdagi stansiyani uzatiluvchi
axborot manbaiga va iste’molchiga ulashni ta’minlaydi;
- Yerning sun’iy yo’ldoshli aloqa tizimini boshqarish markazi (BM)
– YSYATni ekspluatatsiyasiga va rivojiga rahbarlikni amalga oshiruvchi
organ.
Mavjud va yaratiluvchi Yerning sun’iy yo’ldoshli aloqa tizimlarida
balandligiga bog’liq holda geostatsionar, elliptik va past orbitalar
ishlatiladi (4.6-rasm).
54
4.6-rasm. Yerning sun’iy yo’ldoshli aloqa
tizimlaridagi orbitalar turi
Yerning sun’iy yo’ldoshli mobil aloqa tizimlarida geostatsionar
orbitalarning qo’llanishi quyidagi afzalliklarni ta’minlaydi:
- aloqa uzluksiz, kechayu kunduz, Yerning bir sun’iy yo’ldoshidan
boshqasiga o’tmasdan va yo’ldosh holatini antennalar yordamida kuzatish
zaruriyatisiz amalga oshiriladi;
- Yer stansiyasi va yo’ldosh retranslyatori orasidagi masofa stabil
ahamiyatga ega bo’lganligi sababli, ular orasidagi trassada signal
susayishining o’zgarmas qiymati ta’minlanadi;
- Yerning sun’iy yo’ldoshi tarqatadigan chastotaning dopler
siljishining yo’qligi;
- geostatsionar yo’ldoshining ko’rinish zonasi yer ustining uchdan
birini tashkil etganligi sababli, uchta yo’ldosh ishlatilganida aloqani global
tizimini yaratish imkoniyati ta’minlanadi (4.7-rasm).
Geostatsionar orbita yuqorida keltirilgan afzalliklari tufayli, keng
ishlatiladi. Hozirda geostatsionar orbita aloqa yo’ldoshlari bilan deyarli
oxirgi chegaragacha to’ldirilgan. Buning ustiga eng katta to’yinishni
fiksirlangan va qisman radio eshittirish xizmatlariga tegishli yo’ldoshlar
vujudga keltiradi. Hozirda geostatsionar orbitada turli mamlakatlarning
300dan ortiq Yerning sun’iy yo’ldoshlari mavjud (ularning maksimal soni
360 atrofida bo’lishi mumkin). Yo’ldoshli aloqaning muayyan tizimlarida
55
yo’ldoshlarni joylashtirish uchun pozitsiyalarning hammasi ham qulay
emasligi hisobga olinsa, yo’ldoshlar sonini ko’paytirish orqali orbita
hajmini oshirish sezilarli natijalarni bermasligi ayon bo’ladi.
4.7-rasm. Yerni uchta geostatsionar yo’ldosh bilan qamrab olish sxemasi
Geostatsionar orbita resurslarining to’liqroq ishlatilishiga, ishchi
chastotalarning ko’p marta takrorlanishi hamda yuqoriroq chastotali
diapazonlarni o’zlashtirish yo’li bilan geostatsionar orbitalarda yo’ldoshli
aloqa tizimining kelajakdagi rivoji yordam beradi.
Yerning sun’iy yo’ldoshli Internetda odatda, geostatsionar orbita
ishlatiladi. Ushbu orbitadagi Yerning sun’iy yo’ldoshining asosiy vazifasi
planetaning bir nuqtasidan (bazaviy stansiyadan) Yerning sun’iy yo’ldoshi
qoplovchi zonada (bu juda katta hudud bo’lib, odatda, bir necha
mamlakatlarni o’z ichiga oladi) joylashgan abonentlarga axborot uzatish
hisoblanadi. Yerning sun’iy yo’ldoshli Internetni tashkil etish sxemasi 4.8-
rasmda keltirilgan.
Qoplash maydoni - ushbu texnologiyaning asosiy afzalligi. Uyali
operator bazaviy stansiyaning bitta vishkasi bitta kvartal yoki
mikrorayonga teng hududni qoplaydi. Shunday bo’lsa ham, ma’lumotlar
barcha foydalanuvchilarga birdaniga uzatiladi. Abonent unga atalgan
Qamrab olinmaydigan
hududlar
Yopiladigan hududlar
56
muayyan
ma’lumotlar
kanalidan
foydalanish
uchun
o’zining
elektromagnnit to’lqinini (eltuvchi to’lqinini) identifikatsiyalashi lozim.
Ushbu eltuvchi to’lqin parametrlarini Yerning sun’iy yo’ldoshli
Internet provayderi taqdim etadi. Bu parametrlar quyidagilarni o’z ichiga
oladi:
- eltuvchi chastotani (MGs);
- simvol tezligini (Kbit/s);
- elektromagnit
to’lqinining
qutblanish
turini
(o’ng/chap,
vertikal/gorizontal).
Undan tashqari, bitta eltuvchi chastotada, odatda, bir necha
foydalanuvchining ma’lumotlari bo’ladi. Ularni identifikatsiyalash uchun
maxsus identifikatorlar (PID, LID) va qabul qilish kartasining
(resiverning) MAC adresi ishlatiladi.
Yanada ishonchli bog’lanishni tashkil etish uchun maxsus dasturlar
(akseleratorlar) ham ishlatiladi. Bu dasturlar trafikni shifrlash bilan bir
qatorda uni zichlashtiradi. Natijada Yerning sun’iy yo’ldoshining chastota
resurslari tejaladi va ma’lumotlarni uzatish tezligi oshadi.
4.8-rasm. Yerning sun’iy yo’ldoshli Internetni tashkil etish sxemasi
Mutaxassislar Yerning sun’iy yo’ldoshli Internetga ulanishning ikkita
usulini ajratishadi: simmetrik va asimmetrik. Bunday farqlash, aavalo
trafikni uzatishning kiruvchi (Internetdan) va chiquvchi (Internetga
uzatish) kanallarini tashkil etish bilan bog’liq.
Internetdan
simmetrik
foydalanishda ma’lumotlar Yerning sun’iy
yo’ldoshidan bitta antenna va ikkita (yoki bitta) peredatchik yordamida
57
uzatiladi. Ulanishning ushbu turi iqtisodiy nuqtai nazaridan ommaviy tus
olmagan.
Internetdan
asimmetrik
foydalanishda Yerning sun’iy yo’ldoshi
orqali faqat kiruvchi ulanish ishlatiladi (ya’ni, antenna uchun faqat arzon
priyomnik talab etiladi), chiquvchi ulanish esa Yerdagi ixtiyoriy aloqa
kanali orqali tashkil etiladi. Ulanishning ushbu turining samaradorligini
foydalanuvchining Internetga tez-tez murojaati bilan tushuntirish mumkin,
ya’ni oddiy foydalanuvchi Internetga ko’pincha qisqa so’rovlar yuboradi,
Internetdan esa ma’lumotlarning katta hajmini oladi.
|