44
- ajratilgan (simli) liniyalarga alternativ sifatida simsiz keng polosali
foydalanishni ta’minlash;
- ma’lumotlarni
uzatishning
tezkor
servislarini
va
telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish;
- geografik o’rniga bog’lanmagan foydalanish nuqtalarini yaratish;
- masofaviy monitoring tizimlarini yaratish.
WiMAX Internetdan yuqori tezlikda,
Wi-Fi tarmoqlarga nisbatan
anchagina katta qoplash bilan foydalanishni amalga oshirishga
imkon
beradi. Bu texnologiyani "magistral kanal" sifatida ishlatishga imkon
beradi. Bunday "magistral kanallar" an’anaviy ajratilgan (telefon) liniyalar
bilan bog’lanishni amalga oshirishi mumkin.
Natijada bunday yondashish shahar doirasidagi masshtablanuvchi
tezkor tarmoqlarni yaratishga imkon beradi.
Hozirda WiMAX texnologiyaning to’rtta standarti ma’lum: 802.16a,
802.16d, 802.16e va 802.16f. Bazisining bir xilligiga qaramay ushbu
to’rtta standart bir-biriga mos kelmaydi.
WiMAX tarmog’i ikkita asosiy qismdan iborat (3.9-rasm):
3.9-rasm. WiMAX tarmog’i strukturasi
- WiMAX ning bazaviy stansiyasi baland ob’ektda (binoda yoki
minorada) joylashishi mumkin;
WiMAX
bazaviy stansiya
WiMAX
bazaviy stansiya
WiMAX
bazaviy stansiya
Masofadagi
tarmoqlar
Xududiy tarmoqlar
Ofis tarmoqlar
Avtomobil yo‘llar
45
- WiMAX ning mijoz transiveri - priyomnik/peredatchikli antenna
bilan.
Bazaviy stansiya bilan mijoz transiveri orasida ulanish 2-11 GGs
diapazonida bajariladi. Ushbu ulanish ma’lumotlarni 20 Mbit/s tezlikda
uzatishga imkon beradi va stansiya bilan foydalanuvchi orasida bevosita
ko’rinish mavjudligini talab qilmaydi. WiMAX bazaviy stansiyasining
ushbu ishlash rejimi keng ishlatiluvchi IEEE 802.11 (Wi-Fi)
standartga
yaqin. Bu esa WiMAX bilan ishlab chiqarilgan mijoz qurilmalarining
mosligiga ishora qilinadi. WiMAX texnologiyasi provayder va
foydalanuvchi orasidagi oxirgi qismda va shahar tarmoqlaridan
foydalanishni taqdim etishda qo’llaniladi. Qo’shni bazaviy stansiyalar
orasida 10-66 GGs chastotalar diapazonidan
foydalanib doimiy ulanish
o’rnatiladi. Bazaviy stansiyalardan biri keng polosali tezkor ulanish orqali
provayder tarmog’i bilan doimiy bog’langan bo’lishi mumkin.
Tipik bazaviy stansiya 6 ta sektordan iborat. 802.16 standart asosida
tashkil etilgan korporativ tarmog’ining strukturasi 3.10-rasmda keltirilgan.
3.10-rasm. Korporativ tarmoq strukturasi
Strukturasi bo’yicha WiMAX tarmoqlar mobil aloqaning an’anaviy
tarmoqlariga juda o’xshash. WiMAX signallari standart ethernet-kabel
orqali bevosita muayyan kompyuterga va Wi-Fi standartning foydalanish
46
nuqtasiga yoki ethernet standartining simli lokal tarmog’iga berilishi
mumkin. Bu kabel foydalanishdan WiMAX ga o’tishda hudud yoki ofis
lokal tarmoqlarning mavjud infrastrukturasining
saqlanishiga imkon
beradi.
Hozirgi vaqtda WiMAX texnologiya quyidagi ishlash rejimlarini
madadlaydi:
- Fixed WiMAX –belgilangan foydalanish – ko’p polosali simli
texnologiyalarga alternativa hisoblanadi. Bunda tarmoqning barcha
uzellari harakatsiz qoladi;
- Nomadic WiMAX – seansli foydalanish – mavjud Fixed
WiMAXga sessiyalar tushunchasi qo’shilgan.
Sessiyalarning mavjudligi
mijoz uskunalarini sessiyalar orasida bemalol ko’chirishga va ulanishni
WiMAX ning boshqa minoralari yordamida tiklashga imkon beradi;
- Portable WiMAX – ko’chirish rejimida foydalanish. Ushbu rejim
uchun mijozni WiMAX ning bir bazaviy stansiyasidan ikkinchisiga
ulanishni yo’qotmay, avtomatik tarzda qayta ulash imkoniyati qo’shilgan.
- Mobile WiMAX – mobil foydalanish. Ushbu rejim mijoz
uskunasini ko’chirish tezligini 120 km/soatgacha ko’paytirishga imkon
beradi. Undan tashqari ushbu rejim signalning ko’p nurli tarqalishiga va
ulanishni yo’qotmasdan shaxsiy xalallarga barqaror.
MBWA-m 802.20 texnologiyasi.
Internetdan mobil simsiz foydalanish
uchun yaratilgan. Shaharlarda, soni cheklangan bazaviy stansiyalarda
ishlashga mo’ljallangan WiMAX dan farqli holda,
ushbu texnologiya
oddiy uyali tizimlarga juda uxshash va 1 Mbit/s dan yuqori tezlikda 3
GGs chastotalar diapazonidagi tezkor mobil ulanishlarga mo’ljallangan.
Ushbu texnologiya boshqa texnologiyalar orasida g’alati o’rinni egallaydi.
Bir tomondan uni WiMAX (802.16e)ning yaqin konkurenti deb atashadi,
ikkinchi tomondan u GPRS yoki CDMA2000ni o’rniga uyali aloqa
tizimida ishlatilishi mumkin. Bu endi WWAN. MBWA-m texnologiya
abonent terminallarining katta tezlikda (250 km/soat), to’g’ri ko’rinish
zonasidan tashqarida ko’chishida ham ishlashni ta’minlaydi.
MBWA-m ning uya doirasi 15 km gacha etishi mumkin. Radiokanal
polosasining kengligi- 1,25 MGs dan 40 MGs gacha.