• WPAN WLAN WWAN WMAN
  • Simsiz tarmoqlar Xarakte- ristikalar WPAN (shaxsiy simsiz tarmoqlar) WLAN
  • Мобил алоқа тизимларда ахборот хавфсизлиги




    Download 2,59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/56
    Sana03.06.2024
    Hajmi2,59 Mb.
    #259799
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   56
    Bog'liq
    10.-S.K.GanievT.A.Kuchkarov.TarmoqxavfsizligiMobiltarmoqxavfsizligi

    3 BOB. SIMSIZ TARMOQLAR 
    3.1. Simsiz tarmoqlar qurilishining asosiy prinsiplari 
    Ma’lumki, radio ixtiro etilganidan so’ng, ko’p o’tmay telegraf 
    aloqani simsiz amalga oshirish imkoniyati paydo bo’ldi. Aslida, hozirgi 
    raqamli 
    kodni 
    radiokanal 
    bo’yicha 
    uzatishda 
    o’sha 
    prinsipdan 
    foydalanishadi, ammo ma’lumotlarni uzatish imkoniyati bir necha bor 
    oshdi. 
    Zamonaviy simsiz tarmoqlarni ta’sir doirasi va vazifasi bo’yicha 
    quyidagilarga ajratish mumkin (2.1-rasm): 
    - shaxsiy (
    Wireless Personal Area Network, WPAN); 
    - lokal (Wireless Local Area Network, WLAN); 
    - shahar (Wireless Metropolitan Area Network, WMAN); 
    - global (Wireless Wide Area Network, WWAN). 
    3.1-rasm. Simsiz tarmoqlar tasnifi 
    3.1-jadvalda simsiz tarmoqlarning xarakteristikalari keltirilgan. 
    WPAN 
    WLAN 
    WWAN 
    WMAN 
    10-15 м 
    Personal
    Bir necha yuz metr 
    Lokal
    80 km gacha 
    Shahar
    Davlatlar, qit’alar
    Global 


    35 
    Simsiz shaxsiy tarmoqlar (WPAN) uzatishning katta bo’lmagan 
    masofasi bilan (17 metrgacha) ajralib turadi va katta bo’lmagan binoda 
    ishlatiladi. Bunday tarmoqlarning xarakteristikalari o’rtacha bo’lib, uzatish 
    tezligi odatda 2 Mbit/s dan oshmaydi. 
    Simsiz tarmoqlarning asosiy xarakteristikalari. 3.1-jadval 
    Simsiz 
    tarmoqlar 
    Xarakte- 
    ristikalar 
     
    WPAN 
    (shaxsiy simsiz 
    tarmoqlar)
    WLAN 
    (lokal simsiz 
    tarmoqlar) 
    WMAN 
    (shahar simsiz 
    tarmoqlar) 
    WWAN 
    (global simsiz 
    tarmoqlar) 
    Qo’llanish 
    sohasi 
    Tashqi qurilma 
    simlarini 
    almashtirish 
    Simli tarmoqlarning 
    mobil kengaytirish-
    lari 
    Keng polosali 
    simsiz 
    foydalanish 
    Bino tashqarisida 
    Internetdan 
    mobil 
    foydalanish 
    Taxnologiyalar 
    Bluetooth, 
    UWB, 
    ZigBee 
    Wi-Fi 
    (802.11) 
    WiMax 
    (802.16), 
    MBWA-m 
    (802.20)
    GSM, GPRS, 
    WCDMA, 
    EDGE, HSPA+, 
    WiMax, LTE 
    Bunday tarmoq, masalan, foydalanuvchi shaxsiy kompyuterida yoki 
    noutbukda ma’lumotlarni simsiz sinxronlashni ta’minlashi mumkin. Xuddi 
    shu tariqa printer bilan simsiz ulanish ta’minlanadi. Kompyuterni tashqi 
    qurilmalar bilan ulovchi simlar chigalliklarining yo’qolishi yetarlicha 
    jiddiy afzallik bulib, buning evaziga tashqi qurilmalarning dastlabki 
    o’rnatilishi va keyingi, zaruriyat tug’ilganda, joyini o’zgartirilishi 
    anchagina osonlashadi. 
    Simsiz 
    shaxsiy 
    tarmoqlarning 
    aksariyat 
    uzatuvchi-qabul 
    qiluvchilarining (transceiver) kam energiya iste’mol qilishi va ihchamligi 
    katta bo’lmagan foydalanuvchi qurilmalarini samarali madadlashga hamda 
    kompyuter qurilmasini uzoq vaqt mobaynida bitta batareyada (yoki 
    akkumulyatorda) ishlashiga imkon beradi. Undan tashqari, kam quvvat 
    iste’mol qilinishi simsiz shaxsiy tarmoqlarni uyali telefonlarga va 
    naushniklarga tatbiq etishga imkon beradi. 
    Simsiz lokal tarmoqlar (WLAN) ofislarning ichida va tashqarisida, 
    ishlab chiqarish binolarida uzatishlarning yuqori xarakteristikalarini 
    ta’minlaydi. Bunday tarmoqlardan foydalanuvchilar odatda noutbuklarni, 
    shaxsiy kompyuterlarni va katta resurslarni talab etuvchi ilovalarni 
    bajarishga qodir prosessorli va katta ekranli shaxsiy raqamli 
    yordamchilarni (PDA) ishlatishadi. Simsiz lokal tarmoqlar uzatishning 54 
    Mbit/s gacha tezlikda barcha ofis yoki maishiy ilovalar talabini qondirish 


    36 
    imkoniga ega. Xarakteristikalari, komponentlari, narxi va bajaradigan 
    amallari bo’yicha bunday tarmoqlar ethernet xilidagi an’anaviy simli lokal 
    tarmoqlarga o’xshash. 

    Download 2,59 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   56




    Download 2,59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Мобил алоқа тизимларда ахборот хавфсизлиги

    Download 2,59 Mb.
    Pdf ko'rish