Lokal simsiz tarmoq (WLAN) texnologiyasi




Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/56
Sana03.06.2024
Hajmi2,59 Mb.
#259799
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   56
Bog'liq
10.-S.K.GanievT.A.Kuchkarov.TarmoqxavfsizligiMobiltarmoqxavfsizligi

Lokal simsiz tarmoq (WLAN) texnologiyasi
802.11 standartlar 
oilasiga asoslanadi. 802.11 standartlar oilasiga mansub WLAN-
texnologiyalari ko’pincha Wi-Fi atamasi orqali belgilanadi. Hozirda ushbu 
atama, simli lokal tarmoqlarga alternativa sifatida, 802.11 oilasidagi 
ixtiyoriy standartga mos barcha ma’lumotlarga qo’llaniladi. 
Uy tarmog’i yoki kichik ofis tarmog’i uchun bitta foydalanish 
nuqtasining mavjudligi yetarli bo’lib, u orqali tarmoqning oxirgi 
qurilmalari kommutator yordamida keng polosali aloqada amalga 
oshiriladi (3.6-rasm). 
3.6-rasm. Uy yoki kichik ofisdagi WLAN sxemasi 
Keng polosali 
ulanish 
Kommutator 
Ulanish 
nuqtasi 
Printer 


42 
Yirik ofis uchun WLAN ni tashkil etishda foydalanishning bitta 
nuqtasi yetarli bo’lmaydi. Oxirgi qurilmalar orasidagi masofalarning 
kattaligi sababli, ofis yoki tashkilot tarmog’ida foydalanishning bir necha 
nuqtasi tashkil etiladi (3.7-rasm). 
Simsiz uy va ofis tarmoqlaridan tashqari Wi-Fi texnologiyasi 
Internetdan ommaviy foydalanishni tashkil etish sohasida keng 
qo’llaniladi. 
Aksariyat aeroportlarda, mexmonxonalarda, restoranlarda Wi-Fi 
tarmoqlardan foydalanish (pulli yoki tekin) xot-spotlar (xot spot - "qaynoq 
nuqta") yordamida amalga oshirilgan (3.8-rasm).
3.7-rasm. Yirik ofis uchun WLAN sxemasi 
Xot-spotlari bo’lgan muassasaga har bir tashrif buyuruvchi o’zining 
noutbuki, cho’ntak shaxsiy kompyuteri yoki simsiz foydalanish standartini 
madadlovchi telefoni yordamida tarmoqqa mobil ulanish imkoniyatini 
oladi. Tarmoqning muayyan standartlariga bog’liq holda Wi-Fi lar 
2,4 GGs yoki 5 GGs chastotalarda ishlaydi va ma’lumotlarni uzatish 
tezligini 54 Mbit/s gacha ta’minlaydi. Bir necha xot-spotlar bazasidagi 
simsiz foydalanish zona "xot-zona" deb ataladi. 
O’tkazish 
qobiliyatining 
keskin 
o’zgarishiga 
802.11n 
texnologiyasining paydo bo’lishi sabab bo’ldi. Mutaxassislarning fikri 
Ma’lumotlar bazasi 
Oxirgi 
foydalanuvchi 
Oxirgi 
foydalanuvchi 
Foydalanish 
nuqtasi 
Foydalanish 
nuqtasi 
Foydalanish 
nuqtasi 
Internet 


43 
bo’yicha yaqin orada 802.11n simsiz tarmoq texnologiyasini nafaqat 
noutbuklar, balki ko’pgina maishiy elektron asboblar madadlaydi va u 
barcha asosiy korporativ va uy ilovalari tomonidan ishlatiladi. 
Simsiz personal va lokal tarmoqlarning istiqbolli rivoji sifatida 
mutaxassislar Cognitive Radios qurilmalarini ko'rsatmoqdalar. Bu 
qurilmalar turli diapazonda turli protokollar bo’yicha ishlay oladi hamda 
ularning joylashgan geografik hududini va ushbu hududda, mahalliy 
talablarga moslanib, qanday ishlashi lozimligini aniqlashi mumkin. 
3.8-rasm. "Xot-spot" sxemasi 

Download 2,59 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   56




Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish