1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM,
FAN VA INNOVATSIYALAR
VAZIRLIGI
Urganch davlat universiteti
“Fizika - Matematika” fakulteti “Kompyuter ilmlari”
kafedrasi “Dasturlash” fanidan
Mavzu:
Tez saralash(Quick sort)
Guruhi:
233- Kompyuter ilmlari
va dasturlash
texnologiyalari
Bajardi:
Xaytbayeva Zuxra
Ilmiy rahbari:
Jumanazarova O.
Topshirgan sanasi:
Himoya qilingan sanasi:
Baho:
Urganch - 2024
3
Kirish
Dastur so‘zi ham komandalarning alohida blokini (berilgan kodini)
aniqlovchi
so‘z, ham yaxlit holdagi bajariluvchi dasturiy mahsulotni belgilovchi so‘z sifatida
ishlatiladi. Dasturlashga talabni o‘zgarishi nafaqat tillarning o‘zgarishiga balki uni
yozish texnologiyasini ham o‘zgarishiga olib keldi. Dasturlash evolyusiyasi tarixida
ko‘pgina bosqichlar bo‘lishiga qaramay biz bu kursimizda protsedurali
dasturlashdan ob’ektlarga mo‘ljallangan dasturlashga o‘tishni qaraymiz.
Keyingi yillarda amaliy dasturchilarga juda ko‘p
integratsion dastur tuzish
muhitlari taklif etilayapti. Bu muhitlar u yoki bu imkoniyatlari bilan bir–biridan farq
qiladi. Aksariyat dasturlashtirish muhitlarining fundamental asosi C++ tiliga borib
taqaladi.
Vaqt o‘tishi bilan dasturchilar oldiga quyilgan masalalar o‘zgarib boryapti.
Bundan yigirma yil oldin dasturlar katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash
uchun tuzilar edi.
Bunda dasturni yozuvchi ham, uning foydalanuvchisi ham
kompyuter sohasidagi bilimlar bo‘yicha professional bo‘lishi talab etilardi. Hozirda
esa ko‘pgina o‘zgarishlar ro‘y berdi. Kompyuter bilan ko‘proq
uning apparat va
dasturiy ta’minoti, haqida tushunchalarga ega bo‘lmagan kishilar ishlashyapti.
Kompyuter odamlar tomonidan uni, chuqur o‘rganish
vositasi emas, ko‘proq
o‘zlarining oldilariga qo‘yilgan, o‘zlarining ishlariga tegishli bo‘lgan
muammolarini echish instrumenti bo‘lib qoldi.
Foydalanuvchilarning ushbu yangi avlodini dasturlar bilan ishlashlarini
osonlashtirilishi bilan bu dasturlarning o‘zini murakkabligi darajasi oshadi.
Zamonaviy dasturlar - foydalanuvchi bilan do‘stona
munosabatni yuqori darajada
tashkil qiladigan ko‘p sondagi oynalar, menyu,
muloqot oynalari va vizual
grafikaviy muhitlardan tarkib topgan interfeysga ega bo‘lishi lozim.