Massiv elementlarini saralash usullarining ichida quicksort




Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana29.05.2024
Hajmi0,98 Mb.
#256363
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Tez saralash (Quick sort)

 
 


4
I. Bob. Tez saralash
 
1.1.
 
Massivlar tushunchasi. 
Ko’p hollarda, bir necha sonlarni yoki o’zgaruvchilarni bitta nom ostida tizib 
chiqishga to’g’ri keladi. Buning uchun quyidagicha tartibda ish bajariladi. Bu sonlar 
bitta to’plamga (massivga) tizib chiqiladi va unga biror nom beriladi. Bu to’plam 
(massiv)ga kirgan har bir o’zgaruvchi massivning elementi deb yuritiladi. 
Massivning elementlari massivda tizilgan o’rniga qarab nomerlab chiqiladi va bu 
nomerlar massiv elementlarining indeksi deb yuritiladi. Massivga murojaat 
qilinayotganda, massiv nomi ko’rsatiladi va uning yoniga [] qavslar ichiga bu 
massivning jami elementlar soni ham yozib qo’yiladi. Massivga kirgan har bir 
o’zgaruvchi ham massiv nomi bilan yuritiladi va nom yoniga uning bu massivdagi 
tartib raqami ham yozib qo’yiladi. Massivlardan dastur tuzishda foydalanish uchun 
ularni dastlab e'lon qilish va kerak bo'lsa massiv elementlarini initsalizatsiya qilish, 
ya’ni tavsiflash kerak bo’ladi. Massiv e'lon qilinganda, kompilyator elementlar 
soniga teng miqdorda xotiradan joy ajratadi. Masalan, char tipidagi o’zgaruvchili, m 
nomli massiv quyidagicha e'lon qilinadi: Massivlar dasturlashda eng ko'p 
qo'laniladigan ma'lumot turlari hisoblanadi. Bundan tashqari ma’lumot tuzilmalari 
turlicha o'zgaruvchilardan tashkil topgan bo'lishi mumkin. Bunday ma’lumot 
tuzilmasi klass deb nomlanadi. Masalan bunday tuzilmada odam ismi va yoshi 
bo'lishi mumkin. 
 
Massivlar xotirada ketma-ket joylashgan, bir tipdagi o'zgaruvchilar guruhidir. 
Alohida bir o'zgaruvchini ko'rsatish uchun massiv nomi va kerakli o'zgaruvchi 
indeksini yoziladi. C++ dasturlash tilida massivlardagi elementlar indeksi har doim 
noldan boshlanadi. [] qavslar ichidagi indeks butun son yoki butun songa olib 
keluvchi ifoda bo'lmog'i kerak. Oxirgi element indeksi n-1 bo'ladi (n - massiv 
elementlari soni). Bir vaqtning o’zida bir necha massivni e'lon qilish ham mumkin: 
Massiv bu bir tipli nomerlangan ma’lumotlar jamlanmasidir. Massiv indeksli 
o’zgaruvchi tushunchasiga mos keladi. Massiv ta’riflanganda tipi, nomi va indeksi 
chegarasi ko’rsatiladi. Misol uchun long int a[5]; char w[200]; double f[4][5][7]; 


5
char [7][200]. Massiv indekslar har doim 0 dan boshlanadi. C++ tilida standarti 
bo’yicha indekslar soni 31 tagacha bo’lishi mumkin, lekin amalda bir o’lchovli 
massivlar qo’llaniladi. Bir o’lchovli massivlarga matematikada vector tushunchasi 
mos keladi. Massivning int z[3] shaklidagi ta’rifi, int tipiga tegishli z[0], z[1], z[2] 
elementlaridan iborat massivni aniqlaydi. Massivlar ta’riflanganda inistilizatsiya 
qilinishi, ya’ni boshlang’ich qiymatlari ko’rsatilishi mumkin. Misol uchun: float 
C[]={1,-1,2,10,-12.5};Bu misolda massiv chegarasi avtomatik aniqlanadi. Agar 
massiv inistilizatsiya qilinganda elementlar chegarasi ko’rsatilgan bo’lsa, 
ro’yhatdagi elementlar soni bu chegaradan kam bo’lishi mumkin emas. C++ tilida 
massivlar quyidagicha berilishi mumkin so’zlar massivlari, ko’rsatgichlar 
massivlari, funksiya va massivlar, simvolli massivlar, satrli massivlar, ko’rsatgich 
va massivlar.C++ tilida so’zlar massivlari ikki o’lchovda simvolli massivlar sifatida 
ta’riflaadi. Misol uchun :Char name [4][5].Bu ta;rif yordamida har biri5 ta harfdan 
iborat bo’lgan 4 ta so’zli massiv kiritiladi.So’zlar massivlari quyidagicha 
inistilizatsiya qilinishi mumkin:Chat Name [3][8]={“anvar”,”mirkomil”,”yusuf”}. 
Bu ta’rifda har bir so’z uchun hotiradan 8 bayt joy ajratiladi va har bir so’z ohiriga 
‘\0’ belgisi qo’yiladi so’zlar massivlari inistilizatsiya qilinganda so’zlar soni 
ko’rsatilmasligi mumkin . 

Download 0,98 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Massiv elementlarini saralash usullarining ichida quicksort

Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish