Massiv elementlarini saralash va saralash usullari haqida




Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana29.05.2024
Hajmi0,98 Mb.
#256363
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Tez saralash (Quick sort)

 
1.2. Massiv elementlarini saralash va saralash usullari haqida 
 
Saralash deb , berilgan obyektlar ketma – ketligini ma’lum mantiqiy tartibda 
qayta joylashtirish jarayoniga aytiladi. Saralash bir necha ko`rsatkichlarga bog`liq 
bo`lishi mumkin. Misol uchun jismoniy tarbiya darslarida talabalar bo`ylariga qarab 
safda turadi, lekin o`quv jurnalida esa ularning universitetga qabul qilingan o`rni 
bo`yicha joylashgan. Shu yerning o`zida ikkita saralashdan foydalanilayapti. 
Birinchisi bo`y uzunligi bo`yicha , ikkinchisi esa o`quv jurnalidagi yozilgan o`rinlari 
bo`yicha. 
Saralash jarayoni qanday bo`ladi degan savolga javob berishga urinib 
ko`ramiz. Saralash jarayoni taqqoslashga asoslangan jarayon hisoblanar ekan. Bu 
jarayonni his qilish uchun miyamizdagi tezlik bilan kechayotgan jarayonlarni birma 


6
– bir tahlil qilib chiqamiz. Buning uchun saralanmagan (tartiblanmagan) sonlar 
ketma ketligini olamiz: 
Quyidagi sonlar berilgan bo`lsin: 23, 54, 3, 22, 1, 45; 
1. Eng kattasini boshiga o`tkazamiz: 23, 3, 22, 1, 45, 54; 
2. Yana 1 da qilgan ishimizni takrorlaymiz: 3, 22, 1, 23, 45, 54; 
3. Yuqoridagi amalni yana bajaramiz: 3, 1, 22, 23, 45, 54; 
4. Oxirgi marta almashtiramiz: 1, 3, 22, 23, 45, 54; 
Demak miyamiz xuddi shu jarayonni takrorlar ekan. Endi bizga ma’lumki, 
bizning miyamiz o`zi qulay hisoblagan yo`nalish bo`yicha ketadi va biz uchun faqat 
bitta saralash algoritmi mavjud. Ammo dasturlashda bu mulohazamiz noto`g`ri 
hisoblanar ekan. Dasturlashda saralash usullarining bir qanchasi mavjud. 
Dasturlashga talab ortib bu soha rivojlanib borgani sari unda bir qator sohalardagi 
kabi tezlikni oshirish mjuammosi paydo bo`ldi. Chunki ilk kompyuterlarda 
kompyuter tizimining 30% tezligi, operativ xotirasini saralashga sarflanar edi. Shu 
o`rinda savol tug`iladi, operatsion tizimlarda ham saralashdan foydalaniladimi? Bu 
savolga javob berish uchun hozirda keng foydalanilayotgan Total Commander 
dasturi ishlash prinsipini eslashimiz kifoya. Unda bir necha xil saralash mavjud: fayl 
turi, nomi, o`zgartirilgan sanasi va o`lchami. Har birini o`sish yoki kamayish 
tartibida saralash mumkin. Hozirgi tizimlarda esa 30% emas anchagina kamroq 
tezlik va xotira sarflanadi. Chunki tezlik masalasi tobora yuqoriga chiqayotgan va 
ishlanayotgan ma’lumotlar o`lchami oshib borayotgan bir paytda sekin ishlovchi 
algoritmlardan foydalanish maqsadga muvofiq emas. Ma’lumotlar o`lchami juda 
katta, shu sababli ularni aniq va tez saralashga ehtiyoj mavjud. Buni amalga oshirish 
uchun esa yangi algoritmlarga ehtiyoj tug`ila boshladi. Buni yechimi sifatida bir 
necha turdagi algoritmlardan foydalaniladi.
Ular quyidagilar: 
1. Bubble sort saralash algoritmi
2. Selection sort saralash algoritmi 
3. Insertion sort saralash algoritmi 
4. Quick sort saralash algoritmi 


7
5. Merge sort saralash algoritmi 

Download 0,98 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Massiv elementlarini saralash va saralash usullari haqida

Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish