VOLUME 7, ISSUE 1, 2023
230
POYDEVORLARNI MUSTAHKAMLASH USULLARI
Bozorqulov Suhrob Fozilovich
Termiz muhandislik texnologiya instituti
Annotatsiya
Ushbu maqolada bino va inshootlarning poydevorlarini kuchaytirish usullari haqida ma`lumotlar
berilgan.
Kalit so`zlar
Poydevor, temirbeton qoplama ustun, armatura, beton, anker, metal, domkrat.
Kirish.
Poydevorlarni kuchaytirish, ularning tovonini kengaytirish yoki turli xildagi qoziqlar
yordamida amalga oshirilishi mumkin.
Bikir poydevorlar deformatsiyasi hisobga olmasa bo‘ladigan darajada kichik, poydevordagi
kuchlanishga va ostidagi gruntdagi bosimga jiddiy ta’sir etmaydigan konstruksiyalar sirasiga kiradi.
Rekonstruksiya qilinadigan ob’ektlarda poydevorining yuk ko‘tarishini poydevor materialini va
zamin gruntining haqiqiy mustahkamligi va deformatsiyasini, qoziq poydevorlarda esa dala sinovlari,
ya’ni zondlash va statik sinov natijalarini hisobga olgan holda aniqlanadi. [1]
1-rasm. Poydevorlarni temirbeton qoplama bilan kuchaytirish:
1- kuchaytirilayotgan poydevor; 2- temirbeton qoplama; 3- kuchaytirish armaturasi; 4-
kuchaytirilayotgan ustun; 5- ustun bog‘lamasi.
VOLUME 7, ISSUE 1, 2023
231
1-rasmda poydevorlarni temirbeton qoplama bilan tovon qismining yuzasini kengaytirish bilan
kuchaytirish usuli ko‘rsatilgan. Bu usul mehnatsarfliligi bo‘yicha murakkab bo‘lishiga qaramasdan
samarali hisoblanadi.
Asosiy qism.
Yuk oshganda, gruntning yuk ko‘taruvchanligi yetarli bo‘lmaganida hamda poydevor
shikastlanganda poydevor tovonining o‘lchamini kengaytirish lozim bo‘ladi.
Kuchaytirishning samarali vositalari:
1. Temirbeton qoplama;
2. Uzaytirish;
3. Yangi kuchaytirilgan tasmasimon poydevorni qisman yoki to‘la biriktirish.
|