VOLUME 7, ISSUE 1, 2023
234
4-rasm. Ustun osti poydevorini kuchaytirish.
a-temirbeton poydevorining tayanch qismi yuzasini kengaytirish; b-g‘ishtli ustundan tushadigan
yukning bir qismini to‘singa uzatish uchun moslama;
1-poydevor; 2-qo‘shimcha qo‘yiladigan beton; 3-poydevorning ishchi armaturasi; 4-qo‘shimcha
qo‘yiladigan armatura; 5-sindirib olingan beton qismi; 6-payvand; 7-beton to‘shamasi; 8-g‘ishtli
ustun; 9-metalldan tayyorlangan to‘sin; 10-poydevor; 11-qumli to‘shama; 12-metall plastinka; 13-
tortuvchi boltlar.
Poydevorlarni kuchaytirish uchun samarali vosita, uncha katta gabaritlar talab qilinmaydigan va
kiritilishi bilan ishga kirishib ketuvchi yig‘ma ustun qoziq hisoblanadi. Ustun qoziqlarning
kamchiligi, ish jarayonining sermehnatliligi hamda poydevor tovoni ostiga chuqur qazishdir. Bu esa
kuchaytirish jarayonida yuk ko‘tarishini kamaytiradi. Poydevorlarni kuchaytirishda turli hildagi
yaxlit qo‘yma ustun qoziqlar ham qo‘llaniladi:
l) Burg‘ulab uriladigan (qurilma bahaybat, lekin har qanday grunt sharoitlarida qo‘llanishi mumkin);
2) Bosim ostida shtamplovchi;
3) Vibroshtamplovchi
(har qanday
gidrogeologik
sharoitda qo‘llanilishi mumkin, murakkab
qurilma talab qilmaydi);
4) Straus ustun qoziq (sizot suvi bo‘lmagan hollarda). [5]
Xulosalar.
Poydevorlarni kuchaytirishni hisoblash tegishli me’yoriy hujjatlar QMQ talablarini
hisobga olgan holda chegaraviy holatlarning ikkala guruhi bo‘yicha bajariladi. Birinchi guruh
bo‘yicha poydevor konstruksiyasining mustahkamligi va zamin gruntining yuk ko‘tarish qobiliyati
bo‘yicha hisoblanadi. Ikkinchi guruh bo‘yicha zaminni deformatsiya bo‘yicha hisoblash, unda bino
bilan zaminning birgalikda ishlashini hisobga olish talab qilinadi.