• VOLUME 7, ISSUE 1, 2023
  • 3-rasm. Tasmasimon tosh va g‘ishtdan qurilgan poydevorlarni kuchaytirish.
  • -ram. Tasmasimon poydevorni yordamchi tayanch bilan kuchaytirish




    Download 0,5 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/4
    Sana21.09.2024
    Hajmi0,5 Mb.
    #271867
    1   2   3   4
    Bog'liq
    230-235

    2-ram. Tasmasimon poydevorni yordamchi tayanch bilan kuchaytirish.
    1- kuchaytirilayotgan poydevor;
    2- yuksizlantiruvchi to‘sin;
    3- ostki qo‘yilma;
    4- taqsimlovchi rostverk;
    5- domkrat.
    2-rasmda esa tasmasimon poydevorni
    yordamchi tayanch bilan kuchaytirish texnologiyasi
    ko‘rsatilgan. Bu usulni qo‘llashda ham poydevorni tashqi va ichki tomonlaridan yordamchi
    taqsimlovchi rostverk yotqizilib, poydevorni teshib o‘tuvchi yuksizlantiruvchi to‘sin domkrat va
    ostki quyilma orqali biriktiriladi.


    VOLUME 7, ISSUE 1, 2023
    232
    Temirbeton qoplama mavjud poydevorning hamma tomonini o‘rab turuvchi yaxlit quyma qobiqni
    aks ettiradi. Qobiq armaturasi fazoviy karkas hosil qiladi va eski poydevorning kuchaytirish
    konstruksiyasi bilan albatta oldindan ochib yalong‘ochlangan armatura bilan payvandlash orqali
    ulanishi va birgalikda ishlashini ta’minlab berish kerak.
    3-rasmda tasmasimon tosh va g‘ishtdan qurilgan poydevorlarni beton yordamida tag qismi (tovoni)ni
    kengaytirish yo‘li bilan kuchaytirish usuli ko‘rsatilgan (a). [2]
    3-rasm. Tasmasimon tosh va g‘ishtdan qurilgan poydevorlarni kuchaytirish.
    a-beton yordamida poydevorning tag qismini kengaytirish; b-yig‘ma temirbeton elementlar
    yordamida poydevorning tag qismi-yuzasini kengaytirish
    1-poydevor; 2-beton; 3-zichlashtirilgan grunt qismi; 4-tosh-g‘isht terim; 5-gidroizolyatsiya; 6-
    qo‘shimcha qo‘yiladigan element; 7-teshik (suyuq sement qorishmasi bilan to‘ldiriladi); 8-anker; 9-
    g‘ishtli devor.
    Yig‘ma temirbeton elementlar yordamida poydevorni kuchaytirish uchun (4-rasm) mavjud
    poydevorning pastki qismidan ko‘ndalang yo‘nalishda teshiklar ochilib, teshiklar orqali metall
    ankerlar o‘tkaziladi. Ankerlar poydevorning ikkala tomoniga chiqariladi va o‘sha chiqishlar
    o‘lchamida poydevorning ikkala tomni bo‘yicha beton quyiladi. Bu bilan poydevorning tovoni
    yuzasi oshiriladi.[3]
    Agar poydevor kuchaytirilishidan tashqari, ustunni ham kuchaytirish lozim bo‘lsa, u holda halqani
    betonlash, poydevor va ustun uchun bir vaqtda bajarish lozim. Poydevorni uzaytirish (kengaytirish)
    usuli bilan kuchaytirishda, uning tovonini 1 va 2 yoki 3 tomonidan amalga oshiriladi. Uzaytirish
    usulida ham xuddi qoplama usulidagidek eski poydevor ochilib, yalong‘ochlangan armaturasini
    kuchaytirish konstruksiyasining yangi armaturasi bilan payvandlanishini ta’minlash zarur.
    Poydevorning yangi qismini quyish, mavjud poydevor bilan yonma-yon tarzda amalga oshirilishi
    mumkin.



    Download 0,5 Mb.
    1   2   3   4




    Download 0,5 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -ram. Tasmasimon poydevorni yordamchi tayanch bilan kuchaytirish

    Download 0,5 Mb.
    Pdf ko'rish