• Misol uchun
  • Mavzu: Ko`p o`lchovli massivlar Reja: Massiv haqida tushuncha Bir o’lchovli massivlar




    Download 49.34 Kb.
    bet1/3
    Sana07.10.2023
    Hajmi49.34 Kb.
    #87111
      1   2   3
    Bog'liq
    massivlar
    партии, Надольская Н В редактор Атлас анатомии человека 2003, Служебный рома1, BЕRNULLI TЕNGLAMAS1, fayzulloyev komp loyiha, QGJ, Диплом иши, hgfdfd, 1671089582, savollar1, D.Bazarbaev, 10-mavzu (3), Chang sozi haqida ma’lumot., Drijorlikning muhim vazifalari

    Mavzu: Ko`p o`lchovli massivlar
    Reja:
    1.Massiv haqida tushuncha
    2.Bir o’lchovli massivlar
    3.Ko`p o`lchovli massivlar
    Massiv tushunchasi. Massiv bu bir turli nomerlangan ma’lumotlar jamlanmasidir. Massiv indeksli o’zgaruvchi tushunchasiga mos keladi. Massiv ta’riflanganda turi, nomi va indekslar chegarasi ko’rsatiladi. Masalan, type turidagi length ta elementdan iborat a nomli massiv shunday e’lon qilinadi:
    type a[length];
    Bu maxsus a[0], a[1], ..., a[length -1] nomlarga ega bo’lgan type turidagi o’zgaruvchilarning e’lon qilinishiga to’g’ri keladi. Massivning har bir elementi o’z raqamiga - indeksga ega. Massivning x-nchi elementiga murojaat indekslash operasiyasi yordamida amalga oshiriladi:
    int x = ...; //butun sonli indeks
    TYPE value = a[x]; //x-nchi elementni o‘qish
    a[x] = value; //x- elementga yozish
    Indeks sifatida butun tur qiymatini qaytaradigan har qanday ifoda qo’llanishi mumkin: char, short, int, long. C da massiv elementlarining indekslari 0 dan boshlanadi (1 dan emas), length elementdan iborat bo’lgan massivning oxirgi elementining indeksi esa - bu length -1 (length emas) ga teng. Massivning int z[3] shakldagi ta’rifi, int turiga tegishli z[0], z[1], z[2] elementlardan iborat massivni aniqlaydi. Massiv chegarasidan tashqariga chiqish (ya’ni mavjud bo’lmagan elementni o’qish/yozishga urinish) dastur bajarilishida kutilmagan natijalarga olib kelishi mumkin. Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, bu eng ko’p tarqalgan xatolardan biridir. Agar massiv inisializasiya qilinganda elementlar chegarasi ko’rsatilgan bo’lsa, ro’yxatdagi elementlar soni bu chegaradan kam bo’lishi mumkin, lekin ortiq bo’lishi mumkin emas.
    Misol uchun:
    int a[5] = {2,-2}.
    Bu holda a[0] va a[1] qiymatlari aniqlangan bo’lib, mos holda 2 va –2 ga teng. Agar massiv uzunligiga qaraganda kamroq element berilgan bo’lsa, qolgan elementlar 0 hisoblanadi:
    int a10[10] = {1, 2, 3, 4}; //va 6 ta nol
    Agar nomlangan massivning tavsifida uning o’lchamlari ko’rsatilmagan bo’lsa, kompilyator tomonidan massiv chegarasi avtomatik aniqlanadi:
    int a3[] = {1, 2, 3}; 
    Massivda musbat elementlar soni va summasini hisoblash.
    #include
    int main()
    {
    int s = 0,k = 0;
    int x[] = {-1,2,5,-4,8,9};
    for(int i = 0; i<6; i++)
    {
    if (x[i]< = 0) continue;
    k++;
    s+ = x[i];
    };
    printf("%d\n",k);
    printf("%d\n",s);
    return 0;
    };
    Massivning eng katta, eng kichik elementi va o’rta qiymatini aniqlash:
    #include
    int main()
    {
    int i,j,n;
    float min,max,s = 0;
    float a,b,d,x[100];
    while(1)
    {
    printf("\n n = ");
    scanf("%d",&n);
    54
    if ( n>0 && n< = 100 ) break;
    printf("\n Xato 0}
    printf("\n elementlar qiymatlarini kiriting:\n");
    for (i = 0;iprintf("x[%d] = ",i);
    scanf("%f",&x[i]);
    }
    max = x[0];
    min = x[0];
    for(i = 0;is+ = x[i];
    if (maxif (min>x[i]) min = x[i];
    };
    s/ = n;
    printf("\n max = %f",max);
    printf("\n min = %f",min);
    printf("\n o'rta qiymat = %f",s);
    return 0;
    };
    Massivlarni navlarga ajratish. Navlarga ajratish - bu berilgan ko’plab obyektlarni biron-bir belgilangan tartibda qaytadan guruhlash jarayoni. Massivlarning navlarga ajratilishi tez bajarilishiga ko’ra farqlanadi. Navlarga ajratishning n*n ta qiyoslashni talab qilgan oddiy usuli va n*log(n) ta qiyoslashni talab qilgan tez usuli mavjud. Oddiy usullar navlarga ajratish tamoyillarini tushuntirishda qulay hisoblanadi, chunki sodda va kalta algoritmlarga ega. Murakkablashtirilgan usullar kamroq sonli operasiyalarni talab qiladi, biroq operasiyalarning o’zi murakkabroq, shuning uchun uncha katta bo’lmagan massivlar uchun oddiy usullar ko’proq samara beradi. Oddiy usullar uchta asosiy kategoriyaga bo’linadi:

    • oddiy kiritish usuli bilan navlarga ajratish;

    • oddiy ajratish usuli bilan navlarga ajratish;

    • oddiy almashtirish usuli bilan navlarga ajratish.

    Oddiy kiritish usuli bilan navlarga ajratish Massiv elementlari avvaldan tayyor berilgan va dastlabki ketma-ketliklarga bo’linadi. i = 2 dan boshlab, har bir qadamda dastlabki ketma-ketlikdan i-nchi element chiqarib olinadi hamda tayyor ketma-ketlikning kerakli o’rniga kiritib qo’yiladi. Keyin i bittaga ko’payadi va h.k. Kerakli joyni izlash jarayonida, ko’proq o’ngdan bitta pozisiyadan tanlab olingan elementni uzatish amalga oshiriladi, ya’ni tanlab olingan element, j: = i-1 dan boshlab, navlarga ajratib bo’lingan qismning navbatdagi elementi bilan qiyoslanadi. Agar tanlab olingan element a[i] dan katta bo’lsa, uni navlarga ajratish qismiga qo’shadilar, aks holda a[j] bitta pozisiyaga suriladi, tanlab olingan elementni esa navlarga ajratilgan ketma-ketlikning navbatdagi elementi bilan qiyoslaydilar. To’g’ri keladigan joyni qidirish jarayoni ikkita turlicha shart bilan tugallanadi: agar a[j]>a[i] elementi topilgan bo’lsa; agar tayyor ketma-ketlikning chap uchiga bo’lsa.
    int i, j, x;
    for(i = 1; i < n; i++)
    {
    x = [i]; // kiritib qo‘yishimiz lozim bo‘lgan elementni esda saqlab 
    qolamiz
    j = i - 1;
    while(x = 0) //to'g‘ri keladigan joyni qidirish
    }
    a[j+1] = a[j]; //o‘ngga surish
    j--;
    }
    a[j+1] = x; //elementni kiritish
    }

    Download 49.34 Kb.
      1   2   3




    Download 49.34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Ko`p o`lchovli massivlar Reja: Massiv haqida tushuncha Bir o’lchovli massivlar

    Download 49.34 Kb.