|
3 Kurs ishi: Lokal tarmoqning tarmoq texnologiyalari Reja: I kirish
|
bet | 1/7 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 26,24 Kb. | | #250248 |
Bog'liq 3 Kurs ishi Lokal tarmoqning tarmoq texnologiyalari Reja I kir (2)
№3 Kurs ishi:Lokal tarmoqning tarmoq texnologiyalari
Reja:
I Kirish
1.1 Lokal tarmoq texnologiyasi.
1.2 Lokal hisoblash tarmoqlari.
1.3 Kompyuter tarmoqlarining topologiyalari.
II Asosiy qisim
2.1 Lokal tarmoq topologiyasi.
2.2 Lokal tarmoqda ma’lumotlarning almashinuv jarayoni.
2.3 Lokal tarmoq tashkil etish usullari.
III Xulosa
Lokal tarmoq texnologiyasi.
Hisoblash texnikasi paydo bo‘lishidan boshlab, kompyuterlar orasida ma’lumotlar uzatish bo‘lgan. Bu orqali har bir aloxida kompyuterni birgalikda ishlashini tashkil etish, bir masalani bir nechta kompyuterlar yordamida yechish, har bir kompyuterni birorta funksiyani bajarishga maxsuslashtirish, resurslardan birgalikda foydalanish va boshqa ko‘p muammolarni yechish imkonini yaratadi. Oxirgi vaqtda axborot almashishni ko‘p uslub va vositalari taklif etilgan: disketa yordamida fayllarni oddiy ko‘chirishdan to dunyo bo‘ylab internet kompyuter tarmog‘igacha, ya’ni barcha dunyodagi kompyuterlarni bog‘lash imkonigacha.

Lokal hisoblash tarmoqlari
“Lokal tarmoqlar” (LAN, local area network) deganda aynan shunday tarmoqlarni tushiniladiki, u o‘lchamlari katta bo‘lmagan bir-biriga yaqin joylashgan bir nechta kompyuterlarni birlashtiradi.Xozirgi vaqtda lokal tarmoqlar juda keng tarqalgan. Bunga sabab axborot xajmining 80—90 % i o‘sha tarmoq ichida aylanishi kuzatiladi. Lokal tarmoqdagi kompyuterlar orasidagi ma'lumot almashuvi yuqori tezlikka ega, chunki ular yagona axborot uzatish kanali bilan bog‘langan bo‘ladi. Lokal tarmoqda exmlar orasidagi masofa uncha katta emas – 10 km gacha, radio kanal aloqasidan foydalanilsa - 22,5 km. Lokal tarmoqlarda kanallar tashkilot mulki xisoblanadi va bu ulardan foydalanishni osonlashtiradi.
Shunday qilib, lokal tarmoqlarning farq qiluvchi belgilari quyidagicha: · uzatishning yuqori tezligi, katta o‘tkazuvchanlik imkoniyati; · uzatishning xato darajasi pastligi (yoki, yuqori sifatli aloqa kanallari). Ma’lumotlar uzatish qo‘yiladigan ehtimolli xatosi 10~7–10~8 bo‘lishi kerak; · effektli, tezlik bilan almashuvni boshqarish mexanizmi. Chegaralangan, tarmoqga ulanadigan aniq ma’lum bo‘lgan kompyuterlar soni.
Lokal tarmoqlar tarmoqdagi hamma kompyuterlarda parallel hisoblash tizimini tashkil etishga imkon yaratadi. Ular yordamida murakkab texnologik tizimlarni yoki bir nechta kompyuterlarda bir vaqtda ilmiy izlanishlar qurilmasida ishlarni boshqarish ham mumkin.
|
| |