|
3 Kurs ishi: Lokal tarmoqning tarmoq texnologiyalari Reja: I kirish
|
bet | 6/7 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 26,24 Kb. | | #250248 |
Bog'liq 3 Kurs ishi Lokal tarmoqning tarmoq texnologiyalari Reja I kir (2)LHT (Local Area Network)
LHT esa odatda aloqa kanaliga ega bo’lishi kerak. Bu kanal simli yoki simsiz bo’lishi mumkin. LHT kommunikatsion aloqalar, tarmoq operatsion sistemasi, shaxsiy kompyuterlar yoki ishchi stantsiyalar, serverlar va boshqa umumiy foydalanishga mo’ljallangan qurilmalardan iborat. Bu qurilmalarga printerlar, skanerlar va saqlash qurilmalari kirishi mumkin. Katta tarmoqlardan farqli o’laroq LHTlarda host-kompyuterdan foydalanilmaydi.Lokal hisoblash tarmog’i (LHT) bu kabel (angl. Wireless-simsiz) orqali maxsus komponentlar yordamida apparatli va dasturli ta’minotda shaxsiy kompyuter (ShK) hamda atrofdagi qurilmalaridir.
LHT ning oddiy formasi Ular o‘zaro tarmoqli kabel (yoki radio) orqali bir-biri bilan bog‘langan bo‘lib, o‘zining resurslaridan birga foydalanishlari mumkin (ma’lumotlar, xotira, printer, faks, skanner, dasturlar, modem va h. k.). Bir nechta personal kompyuterlarni bitta printerga ulash mumkin. Bu prinsip bugungi kunda ham qo‘llanib keladi.Keyin birinchi Disk-Server (Disk-Servis) yaratildi. Bu markaziy kompyuter bo‘lib, bir nechta ishchi stansiyalar bilan ulangan. Markaziy kompyuterda operatsion tizim o‘rnatildi va bu bir nechta ishchi stansiyalarga (clients) bir vaqtda kirish imkoniyati yaratildi. Ma’lum bir resurslarga ulangan ishchi stansiyalarni kirish imkoniyatlarini chegaralab qo‘yish xususiyatlarga Disk-serverlar ega edi.Bunday serverlarga texnik xizmat va xizmat ko‘rsatish katta xarajatlar talab qilinar edi, chunki ishchi stansiyalar boshqarar edi.
Keyinchalik disk-serverlarni faylli serverlar (File-Server) bilan almashtirishdi. Bunda boshqarish vazifalarini server o‘ziga oldi.Ishchi stansiya resurslariga kirishni qo‘shimcha chegaralash uchun yangi imkoniyatlar tug‘ildi. Yakka ShK afzalligi bu ko‘p sonli amaliy dasturlar bilan avtonomli ishlash. Buning uchun unga markaziy kompyuter resurslariga kirish kerak emas.Bunday ishlashni kamchiligi esa, qayta ishlangan ma’lumotlarni saqlash lokal tariqasida bo‘ladi. Ya’ni, bu ma’lumotlar bilan boshqa foydalanuvchilar ham ishlamoqchi bo‘lsa, ularni avval saqlash kerak yoki disketaga nusxa ko‘chirish kerak.Birinchi kompyuterlar katta xarajatlar talab qilar edi, – atrof qurilmasi va xotira uchun ancha-muncha mablag‘ kerak edi. O‘sha vaqtda har bir hisoblash mashinalari orasida ma’lumotlar bilan almashish zarurligi paydo bo‘lgan. Shu sabab bilan kompyuterlar tarmoqga birlashtirilar edi.
Halqani muhim xususiyati shundaki, har bir kompyuter unga keladigan signalni tiklaydi, yani repiter rolini o‘ynaydi, shuning uchun halqaning hamma joyida signalni so‘nishi hech qanday ahamiyati yo‘q, muhimi faqat halqaning qo‘shni kompyuterlar orasidagi so‘nishidir. Bu holatda аniq ajratilgan markaz yo‘q, hamma kompyuterlar bir xil bo‘lishi mumkin. Ammo, ko‘pincha halqada maxsus abonent ajratiladi, u almashuvni boshqaradi yoki nazorat qiladi. Tushunarliki, bunday boshqaradigan abonentni borligi tarmoq ishonchliligini pasaytiradi, chunki uning ishdan chiqishi tezda barcha almashuvni falaj qilib qo‘yadi.
|
| |