|
3 Kurs ishi: Lokal tarmoqning tarmoq texnologiyalari Reja: I kirish
|
bet | 7/7 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 26,24 Kb. | | #250248 |
Bog'liq 3 Kurs ishi Lokal tarmoqning tarmoq texnologiyalari Reja I kir (2)Passiv yulduz va Aktiv yulduz
Amaliyotda «Passiv yulduz» topologiyasi «Aktiv yulduz» topologiyasiga nisbatan ko‘p tarqalgan. Hozirgi kunda eng ko‘p tarqalgan va taniqli Internet tarmog‘ida ham «Passiv yulduz» topologiyasidan foydalanilgan. «Passiv yulduz» topologiyasidan foydalaniladigan tarmoq markazida kompyuter emas, balki konsentrator yoki xab (hub) o‘rnatiladi, bu qurilma repitr bajargan vazifani bajaradi. Konsentratorning (xab) vazifasi o‘tayotgan signalni tiklab, ularni boshqa aloqa yo‘llariga uzatishdan iborat. Vaholanki, kabellarni o‘tkazilishi aktiv yulduzsimon bo‘lsa hamki, haqiqatda esa, biz «Shina» topologiyasiga to‘qnash kelamiz, chunki axborot har bir kompyuterdan bir vaqtning o‘zida barcha qolgan kompyuterlarga uzatiladi, lekin markaziy abonent mavjud emas. Tabiiyki, «Passiv yulduz» oddiy shinadan qimmatga tushadi, chunki bu holda, albatta, konsentratordan foydalanish shart. Biroq, bu topologiya bir qator qo‘shimcha yulduzsimon topologiyada mavjud, shuning uchun oxirgi vaqtda «Passiv yulduz» «Aktiv yulduz» topologiyali tarmoqlarni siqib chiqarmoqda. «Aktiv yulduz» va «Passiv yulduz» topologiyalarining oralig‘idagi topologiya ham mavjud. Bu holda konsentrator o‘ziga kelayotgan signalni faqat tiklabgina qolmay, axborot almashinuvini ham boshqaradi, lekin o‘zi axborot almashishda ishtirok etmaydi.
«Yulduz» topologiyasining katta afzalligi shundan iboratki, hamma ulanish nuqtalari bir joyda jamlangandir. Bu xususiyati tufayli tarmoq ish faoliyatini oson nazorat qilishga, nosozliklarni u yoki bu abonentni tarmoq markazidan oddiy uzib qo‘yib tuzatishga (bu holatni shinada amalga oshirib bo‘lmaydi), tarmoqni hayotiy muhim nuqtalaridan begona abonentlarni ulash imkoniyatini chegaralash kabi qulayliklarni beradi. «Yulduz» ulanish holatida har bir tashqi abonent kompyuteriga bitta axborotni ikki tomonga uzatish va ikkita (axborot har bir kabeldan faqat bir tomonga uzatiladi) kabel ulanish imkoni mavjud. Ikkinchi holat amalda ko‘proq uchraydi.
«Yulduz»simon topologiyali barcha tarmoqlarning umumiy kamchiligi boshqa turdagi topologiyalarga nisbatan kabel ko‘p sarflanishidir. Masalan, «Shina» topologiyasiga (2.2.1-rasm) nisbatan «Yulduz» topologiyusida bir necha marotaba uzun kabel sarflanadi. Bu holat tarmoq tannarxiga sezilarli darajada ta’sir qilishi mumkin.
«Halqa» topologiyasi — bu har bir kompyuter aloqa yo‘llari faqat ikkita boshqa kompyuter bilan ulanib, biridan faqat axborot oladi va ikkinchisiga faqat axborot uzatadi. Har bir aloqa yo‘llarida «Yulduz» topologiyasi kabi faqat bitta axborot uzatuvchi va bitta axborot qabul qiluvchi ishlatiladi. Bu holat tashqi terminatorlardan voz kechish imkonini beradi. «Halqa» topologiyasining muhim xususiyati shundan iboratki, har bir kompyuter o‘ziga kelgan signallarni tiklaydi, ya’ni repiter vazifasini ham bajaradi, shuning uchun butun halqa bo‘ylab signalni so‘nish muammosi bo‘lmaydi. Muhimi, halqadagi ikki kompyuter o‘rtasidagi so‘nishdir.
Bu holatda aniq ajratilgan markaz yo‘q, tarmoqdagi hamma kompyuterlar bir xil bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha halqada maxsus abonent ajratilib, u axborot almashinuvini boshqaradi yoki nazorat qiladi. Ma’lumki, tarmoqda bunday boshqaruvchi abonent mayjudligi tarmoqning mustahkamlik darajasini pasaytiradi, chunki uning ishdan chiqishi butun tarmoqda amalga oshirilayotgan axborot almashinuvini shu zahotiyoq to‘xtatadi.
Jiddiy qilib aytganda, kompyuterlar halqada to‘liq teng huquqli emas («Shina» topologiyasi kabi). Ayni vaqtda axborot qabul qilayotgan bir kompyuter axborotni boshqa kompyuterlarga nisbatan oldin, qolgan kompyuterlar esa, axborotni keyin qabul qiladi. Maxsus «Halqa» topologiyasi tarmoqning aynan shu mo‘ljallangan axborotni tarmoqda almashinuvini boshqarish usullari, xususiyatiga asoslangan bo‘ladi. Bu usullarda axborotni navbatdagi kompyuterga uzatish huquqi davrida ketma-ket joylashgan kompyuterlarga navbati bilan beriladi.
«Halqa»ga yangi abonentni ulash, odatda, oddiy, lekin, albatta, ulash vaqtida butun tarmoqni ishdan to‘xtatish lozim bo‘ladi. «Shina» topologiyasi kabi halqada ham abonentlarni tarmoqdagi maksimal soni katta (ming va undan ham ko‘p). «Halqa» topologiyasi, odatda, yuklamalarga chidamli hisoblanadi, u tarmoq orqali eng ko‘p axborot oqimini ishonchli ta’minlaydi, chunki unda konflikt holati yo‘q («Shina» topologiyasi da mavjud), shuningdek, markaziy obyekt ham yo‘q («Yulduz» topologiyasida mavjud).
Signal halqadagi tarmoqning hamma kompyuterlaridan o‘tgani uchun, tarmoqdagi kompyuterlarni birontasi ishdan chiqsa (yoki tarmoq qurilmalaridan biri), butun tarmoqning ish faoliyati to‘xtaydi. Xuddi shuningdek, tarmoq kabellarining birontasi uzilsa yoki qisqa to‘qnashuv ro‘y bersa, butun tarmoq ish faoliyatini davom ettira olmaydi. «Halqa» topologiyasi kabellari uzilishiga eng sezgir, shuning uchun bu topologiyada, odatda, ikkita (yoki ko‘proq) parallel aloqa yo‘llari o‘tkaziladi, ulardan biri zaxira uchun mo‘ljallanadi.
«Halqa» topologiyasining yirik yutug‘i shundan iboratki, unda har bir obyekt signalni qayta tiklash imkoniyati butun tarmoq uzunligini keskin oshirishga xizmat qiladi (ba’zida bir necha o‘n kilometrgacha). Bu ma’noda «Halqa» topologiyasi boshqa barcha topologiyalardan yuqori ustunlikka egadir.
«Halqa» topologiyasida tarmoqdagi har bir kompyuterga ikkitadan kabel o‘tkazihshini kamchilik («Yulduz»ga nisbatan), deb hisoblashimiz mumkin. Ba’zi hollarda «Halqa» topologiyasida ikkita aloqa yo‘li o‘tkazilib, bu aloqa yo‘llarida axborot qarama-qarshi tomonga uzatiladi. Bunday yechimning maqsadi — axborot uzatish tezligini ikki marotaba oshirish. Shuningdek, kabellardan biri shikastlanganda tarmoq ikkinchi kabel hisobiga ish faoliyatini davom ettirishi mumkin (lekin kam tezlik bilan).
Xulosa
Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, tarmoq tushunchasi juda chuqur hisoblanadi, uni to'liq o'rganib chiqish uchun esa undagi har bir elementni o'rganish lozim. Bugungi mavzuda men iloji boricha qisqa lekin tushunarli bo'lishiga harakat qildim. Bu tushunchalar asosiylaridan bir nechtasi hisoblanadi holos.
Tarmoqda nisbatan "arxitektura" atamasi tizim tomonidan amalga oshiriladigan funktsiyalarni uning darajalari o'rtasida taqsimlash, aniqrog'i, ushbu darajalar orasidagi chegaralarni belgilash sifatida belgilanishi mumkin. Shunday qilib, hisoblash tizimining arxitekturasi ko'p darajali tashkilotni o'z ichiga oladi.
Birinchi darajadagi arxitektura tizim tomonidan qaysi ma'lumotlarni qayta ishlash funktsiyalari butun tizim tomonidan bajarilishini va tashqi dunyoga (foydalanuvchilar, operatorlar, ma'lumotlar bazasi ma'murlari va boshqalar) tayinlanganligini aniqlaydi. Tizim tashqi dunyo bilan bir qator interfeyslar orqali o'zaro ishlaydi: tillar (operator tili, dasturlash tillari, ma'lumotlar bazasi tavsifi va manipulyatsiya tillari, vazifalarni boshqarish tili) va tizim dasturlari (yordamchi dasturlar, ma'lumotlarni tahrirlash, saralash, saqlash va tiklash dasturlari).
Foydalanilgan adabiyotlar
1. M.M. Musayev. “Kompyuter tizimlari va tarmoqlari” Toshkent 2013.
2. А.С. Антоновv “Параллельное программирование с использованием технологии OpenMP”. Москва 2009.
3. V.V. Voyevodin “Parallel hisoblash”. Москва 2002.
4. Stolings U. “Kompyuter tizimlarini arxitekturasi”. Москва 2002.
5. David A. Patterson John L. Hennessy “COMPUTER ORGANIZATION AND DESIGN” 2012.
6. M. Sato “OpenMP. Parallel programming for multicore processors”. University of Tskuba 2012.
Internet resurslar:
7. https://ru.scribd.com
8. www.tenouk.com
9. https://en.wikipedia.org
|
| |