• Simsiz global tarmoqlar (WWAN)
  • Simsiz shahar tarmoqlar (WMAN)




    Download 2,59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/56
    Sana03.06.2024
    Hajmi2,59 Mb.
    #259799
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   56
    Bog'liq
    10.-S.K.GanievT.A.Kuchkarov.TarmoqxavfsizligiMobiltarmoqxavfsizligi

    Simsiz shahar tarmoqlar (WMAN)
    maydoni bo’yicha shaharga teng 
    bo’lgan hududga xizmat qiladi. Aksariyat hollarda ilovalarni bajarishda 
    belgilangan ulanish talab etilsa, ba’zida mobillik zarur bo’ladi. Masalan, 
    kasalxonada bunday tarmoq asosiy bino va masofadagi klinikalar orasida 
    ma’lumotlarni uzatishni ta’minlaydi. Yoki energetik kompaniya bunday 
    tarmoqdan shahar masshtabida foydalanib, tumanlardan beriladigan ish 
    naryadlaridan 
    foydalanishni 
    bir 
    erga 
    to’playdi 
    yoki 
    mobil 
    foydalanuvchilariga mavjud tarmoq infratuzilmalari bilan ulanishni 
    o’rnatishga imkon beradi. 
    Simsiz Internet xizmatlari bilan ta’minlovchilar (Wireless Internet 
    Service Provider, WISP) uyda foydalanuvchilar va kompaniyalar uchun 
    doimiy simsiz ulanishlarni ta’minlash maqsadida shaharlarda va qishloq 
    joylarida simsiz shahar tarmoqlarni mijozlar ixtiyoriga taqdim etadi. 
    Bunday tarmoqlar, ko’pincha simli yotqizish bilan oddiy simli ulanishlarga 
    nisbatan samarali hisoblanadi. 
    Simsiz shahar tarmoqlarning xarakteristikalari turlicha. 
    Ulanishlarda infraqizil texnologiyaning ishlatilishi ma’lumotlarni 
    uzatish tezligining 100 Gbit/s va unda katta bo’lishini ta’minlaydi. 
    Simsiz global tarmoqlar (WWAN)
    mobil ilovalarning ishlanishini, 
    mamlakat yoki xatto kontinent masshtabida foydalanish bilan, ta’minlaydi. 
    Telekommunikatsiya kompaniyalari ko’pgina foydalanuvchilar uchun 
    uzoq masofadan ulanishni ta’minlovchi simsiz global tarmoqning nisbatan 
    qimmat infratuzilmasini yaratadilar. Bunday yechimning xarajati barcha 
    forydalanuvchilar orasida taqsimlanadi, natijada abonent to’lovi unchalik 
    yuqori bo’lmaydi. 
    Ko’pgina telekommunikatsiya kompaniyalarining kooperatsiyasi 
    tufayli simsiz global tarmoqlarning ta’sir doirasi chegaralanmagan. 
    Telekommunikatsiya xizmatini ta’minlovchilarning birida to’lab, simsiz 
    global tarmoq orqali dunyoning ixtiyoriy nuqtasidan Internet xizmatlaridan 
    foydalanish mumkin. 
    Simsiz global tarmoq xarakteristikalari nisbatan yuqori emas, 
    ma’lumotlarni uzatish tezligi 56 Kbit/s ni, ba’zida 170 Kbit/s ni tashkil 
    etadi. 
    Simsiz global tarmoqlarga xos ilovalar Internetdan foydalanishni, 
    elektron pochta xabarlarini uzatish va qabul qilishni ta’minlovchi ilovalar 


    37 
    hisoblanadi. Umuman, simsiz tarmoqdan foydalanuvchilar hududiy 
    chegaralanmaganlar. 
    Simsiz shaxsiy, lokal, shahar va global tarmoqlar bir-birini 
    to’ldiruvchi bo’lib, turli talablarni qondiradi. Turli simsiz tarmoqlar 
    orasidagi farqni aniqlashda ularda ishlatiladigan texnologiyalardan 
    foydalanishadi. 

    Download 2,59 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   56




    Download 2,59 Mb.
    Pdf ko'rish