29
kanallarni ajratish jarayonini taqsimlangan boshqarish xususida so’z
boradi.
Kanallar ulanishida parametrlarni optimallashtirish
usuli kanallarni
taqsimlash strategiyasini aniqlashga asoslangan. Ushbu strategiya
tizimning ba’zi parametrlarini, kanallardan qayta foydalanishni hisobga
olgan holda, optimallashtirish lozim.
Kanallarni moslanuvchan taqsimlash usuli
o’zida belgilangan va
dinamik taqsimlashlarning afzalliklarini mujassamlantiradi. Har bir uya
o’z ixtiyorida o’rtacha jadallikka ega trafikga xizmat qilishga yetarli
kanallar naboriga ega.
Kanallarni rejalashtirishli moslanuvchan taqsimlash usulida
qo’shimcha kanallarni ajratish oldindan, sutka vaqtini va uyaning
o’rnashgan joyini hisobga olgan holda, rejalashtiriladi. Kanallarni
taqsimlash trafik jadalligining kritik o’sishidan oldingi, barvaqt o’rnatilgan
onlarda o’zgaradi.
Kanallarni bashoratli moslanuvchan taqsimlash usulida
trafik
jadalligi vaqtning real rejimida o’lchanadi va ko’chma aloqani
kommutatsiyalash markazi vaqtning ixtiyoriy onida kanallarni qayta
taqsimlashi mumkin.
Modellash va tahlillash natijalari shuni ko’rsatadiki, trafikning kichik
jadalligida dinamik taqsimlash belgilangan taqsimlashga nisbatan yaxshi
natija beradi. Ammo, belgilangan taqsimlash, trafikning katta hajmi va
ko’chma stansiyalarning tizimni qamrab oluvchi zona bo’yicha bir tekis
taqsimlash sharoitida, o’zining afzalligini ko’rsatdi. Belgilangan
taqsimlashda kanallar shunday ajratiladiki, ularni maksimal ko’p marta
ishlatilishi ta’minlansin. Bunga dinamik taqsimlash holida erishish
mumkin.
Yuqorida
keltirilgan
kanallarni
taqsimlash
usullari
maxsus
adabiyotlarda keltirilgan kanallarni taqsimlash usullarining turli-tumanligi
xususidagi umumiy tasavvurni beradi, xolos.