Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2021 йил №6)
ISSN 2181-1709 (P)
250
Education and innovative research 2021 y. №6
TEXNOLOGIYA DARSLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA
AXBOROT–KOMMUN IKATSION TEXNOLOGIYALARIDAN
FOYDALANISH
DOI: https://doi.org/10.53885/edinres.2021.79.58.065
Yuldashev Sodiq Norchayevich,
Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti Yoshlar bilan ishlash va
ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari
Annotasiya. Ushbu maqolada texnologiya darslarini o‘qitish
samaradorligini oshirish, texnologiya fanini o‘qitish jarayonida ta’limning
zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalanishning o‘ziga xos jihatlari, yangi information pedagogik
texnologiyalarni tadbiq qilishning muhim ahamiyatlari bayon qilingan.
Kalit so‘zlar. Axborot kommunikatsion texnologiyalar, texnologiya, televizor,
radio, audio-video yozuv, telefon.
В статье описывается эффективность обучении уроков технологии,
совремнные методы обучения в процессе обучения технологии, особенности
использования педагогических и информационно-коммуникационных
технологий, важность внедрения новых информационных педагогических
технологий.
Ключевые слова. Информационно-коммуникационные технологии,
технология, телевидение, радио, аудио-видеозапись, телефон.
This article describes the effectiveness of teaching technology lessons,
modern teaching methods in the teaching of technology, the peculiarities of
the use of pedagogical and information and communication technologies, the
importance of the introduction of new information pedagogical technologies.
Key words. Information and communication tekhnology, technology, TV,
radio, audio and video, phone.
O‘quvchi yoshlarga ta’lim-tarbiya berish, ya’ni ularni har tomonlama
davlat ta’lim standartlari talablariga javob beradigan yetuk malakali mutaxassis
darajasida tayyorlash mamlakatimizning dolzarb vazifalaridan biridir.
Harakatlar strategiyasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi
Nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli, 2017-yil 6-aprelda “Umumiy
o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli Qarorlari qabul qilinganligi ta’lim tizimini
yanada takomillashtirish hamda uzviyligini ta’minlashda katta ahamiyat kasb
etmoqda. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim
standartlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorning qabul qilinishi ta’lim tizimini
tubdan modernizatsiya qilinayotganligidan dalolat beradi, deb o‘ylaymiz.
Hozirgi kunga kelib deyarli barcha fanlarni o‘qitishda axborot komunikatsion
texnologiyalaridan keng qo‘llanilib kelinmoqda. Texnologiya fani darslari
maktabdagi boshqa fanlar uchun umumiy didaktik tamoyillarni qo‘llashda,
Образование и инновационные исследования (2021 год №6)
ISSN 2181-1717 (E)
251
http://interscience.uz
uning o‘ziga xos xususiyatlari ham mavjud. O‘quvchilar bilish faoliyati
bilangina emas, balki yaratish faoliyati bilan ham shug‘ullanadilar. Texnologiya
fani mehnat qurollari, jarayonlari oddiy o‘rganish obyekti sifatida emas, balki
o‘quvchilar amaliy ishlarini faollashtiruvchi ko‘rsatmalilik vositasi, didaktik
material, ta’limning texnik vositasi sifatida xizmat qiladi. Texnologiya fanini
o‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning o‘ziga xos jihatlari bor.
Dars jarayonini tashkil etishda innovatsion texnologiyalarning mavqeyi
kun sayin ortib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bugungi
ta’limning imkoniyatlarini yanada kengaytirib kelmoqda. Hozirgi kunga kelib
istalgan joydan turib istalgan ilm maskaniga xohlagan vaqtda zamonaviy
texnologiyalar asosida o‘qish imkoniyatini bermoqda. Bu esa An’anaviy
ta’limdan farqli o‘laroq ham vaqtni ham xarajatni kamaytirishiga erishilib ta’lim
jarayonini sezilarli darajada rivojlanishiga olib kelmoqda.
Umumta’lim maktablarida dars jaroyonida multemidia vositalari va
interfaol doskadan foydalanishning o‘quvchilar uchun afzalliklari shundan
iboratki:o‘quvchilarning taassurotlarini boyitishga, ma’lumotlarni o‘zlashtirish
tezligini oshirish; o‘qituvchining ish unumdorligini oshirish va ortiqcha
xarajatlardan holi bo‘lishiga; virtual labarotoriyalar orqali labarotoriyalarni
bajarish imkonini bajaradi: o‘rganishni tezligini oshirish vaqtni kamaytirish;
ko‘proq darsda ko‘rsatib namoyish qilib dars otish, bu materialni to‘liq anglashga
va yaxshiroq yodlashga hissa qo‘shadi.
Multimedia vositalari dars jaroyonida quyidagi qulayliklarni yaratib beradi:
a) o‘tilayotgan darsni mukammal o‘rganishga; b)darsda zerikishni yo‘qotib
qiziqishni oshiradi: v)vaqtni tejash va xarajatlarni kamaytirish; g) o‘rganilayotgan
obyekt o‘quvchi xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi va amaliyotga yaqinligi
sababli qo‘llay olish imkoniyatini oshiradi.
Multemidia vositalar orqali kompyuterda virtual laboratoriya ishlaridan
foydalanish. Kompyuterda virtual laboratoriya ishlarini bajarishda zamonaviy
texnik jihozlar yordamida ishlab chiqarish yoki texnologik jarayonni qilish
mumkin. O‘qituvchi nazorati ostida o‘quvchi o‘z bilimlarini amalda qo‘llash,
ijodiy qobiliyatlarni namoyish etish, o‘rgatilgan vazifani tahlil qilish, ishlab
chiqarish vaqtida qaror qabul qilish imkonini berdai. Bu esa o‘quvchiga real
holatda qiynalmay moslashish imkonini beradi
O‘quvchini baholashda bilimini nazorat qilishda kompyuter
texnologiyalaridan foydalanish. Ushbu tizim o‘quvchiga bilimini nazorat
qilishda shaffoflik va xolisslik bilan baholash imkonini berib yanada samaraga
erishishga imkon beradi. O‘quvchilarning bilimlarini nazorat qilish uchun
kompyuterdan foydalanish o‘qituvchiga test sinovlari tayyorlashga ketadigan
vaqtni qisqartirishga imkon beradi. O‘quvchini test jarayonida bemalol kuzatish
va xolis baholashga sharoit yaratadi.
Shunday qilib, o‘quv jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini tadbiq
qilish an’anaviy ta’lim tizimidagi mezonlardan sezilarli darajada o‘zgartirib
raqobatdosh mutaxasislar yaratishga keng imkon yaratadi. Zamonaviy axborot
texnologiyalari ta’limda yuqori sifatga erishish uchun qulay obyekt hisoblanib
o‘quvchini keng fikrlash va ijodiy imkoniyatini oshirishga, amaliyotda hech
|