88
chiqarilishi tufayli sodir bo’ladi. Shuning uchun,
ishlab chiqaruvchilar va
foydalanuvchilar mobil qurilmalarning eng ko’p tarqalgan zaifliklari va
ular bilan doimiy kurashishning eng mukammal usullarini bilishlari muhim
hisoblanadi.
Quyida mobil ilovalar va qurilmalar moyil 10 ta asosiy zaifliklar va
ulardan himoyalanish choralari bo’yicha takliflar bayon etilgan.
1. Arxitekturaviy cheklashlarni chetlab o’tish
(Improper Platform Usage).
Zaifliklarning ushbu kategoriyasi operatsion tizim (platforma) va
platforma xavfsizligini boshqarishni nazoratlash tizimida o’rnatilgan
cheklashlarni chetlab o’tishning o’ziga xos xususiyatlaridan foydalanadi.
Ushbu zaiflik Android va iOS platformalariga va boshqa mobil operatsion
tizimlarga xos.
Takliflar.
Mobil ilovaning server qismida dasturiy kodni qurishning
va konfiguratsiyalashning xavfsiz usullaridan foydalanish lozim. Xususan,
API-interfeys uni chaqiruvchi shaxsning identifikatsiyasini
va vakolatini
ishonarli tekshirishi lozim.
2. Ma’lumotlarni xavfli saqlash (Insecure Data Storage).
Ishlab chiqaruvchilar jamoasi, foydalanuvchilar yoki zararli kod
konfidensial axborot saqlanuvchi mobil qurilmalarning fayl tizimidan
foydalana olmaydilar deb hisoblaydilar. Ammo, fayl tizimini chetlab o’tish
va unga suqilib kirishning ko’pgina usullari mavjud:
- ilova yaratuvchi fayllar uchun foydalanish huquqlarini noto’g’ri
belgilash. Testlash bosqichida (ishlab chiqaruvchilar)
foydalanish
huquqlarini ko’pincha belgilaydilar va ularni dasturiy mahsulotni yakuniy
chiqarishda tahrirlashni unutadilar. Natijada niyati buzuqlarda ruhsatsiz
foydalanishga imkoniyat paydo bo’ladi;
- SD-kartada muhim ma’lumotlarni saqlash. Foydalanuvchilar
ko’pincha muhim ma’lumotlarni SD-kartada saqlaydilar. Bunday
ma’lumotlardan barcha ilovalar foydalanishlari mumkinligini unutadilar;
- jurnallashtirish. Jurnallar mobil operatsion tizimda sodir bo’ladigan
barcha hodisalar xususidagi yozuvlarni ro’yxatga oluvchi fayllardan iborat.
Android da har qanday ilova o’rnatilishida jurnallarni o’qish
huquqini
talab etishi mumkin. Foydalanuvchilarning ko’pchiligi bunga e’tibor
bermaydilar. Xavflilik shundan iboratki, foydalanuvchi tomonidan
jurnallarni o’qish huquqini olgan har qanday o’rnatiluvchi ilova barcha
axborotni o’qish huquqini oladi. Ko’pincha
jurnallarga shifrlanmagan
sozlash axboroti va shaxsiy ma’lumotlar tushib qoladi;
89
- superfoydalanuvchi (ma’mur) huquqlarini olish. Smartfon
foydalanuvchilari, begona ilovalarni o’rnatish imkoniyatini ta’minlash
maqsadida, ko’pincha qurilmaning fayl tizimidan to’laqonli foydalanishga
intiladilar. Apple kompaniyasining mobil qurilmalarida ushbu muolaja Jail
Break,
Android-cmartfonlarda
esa
Root-huquqlarni
(yoki
superfoydalanuvchi huquqlarini) olish deb ataladi. Ta’kidlash lozimki, Jail
Break root oddiy opsiya bo’lmay, qurilmaning barcha xavfsizlik tizimining
komprometatsiyasi hisoblanadi.