Android Afzalliklari: - xavfsizlik tadqiqotchilari uchun ochiqligi;
- buferning to’lib-toshishiga immunitetligi;
- yadro sathida SELinux foydalanishning qat’iy nazorati.
Kamchiliklari: - Google Play magazinida bo’lishi mumkin bo’lgan zararli dasturiy
ta’minotning katta miqdori;
- korporativ xavfsizlikni ta’minlash imkoniyatining kuchsizligi;
- himoya usullarini standartlashni murakkablashtiruvchi turli ishlab
chiqaruvchilardan operatsion tizim versiyalari va qurilmalar modellari
sonining ko’pligi.
iOS Afzalliklari: - App Store ga yuklanuvchi ilovalarning sinchiklab tekshirilishi
natijasida ilovalar magazinida zararli dasturiy ta’minot deyarli mavjud
emasligi;
- xavfsizlik insidentlariga Apple ning tezkor reaksiyasi;
- korporativ
xavfsizlik
tizimini
madadlash
bo’yicha
imkoniyatlarining kattaligi.
85
Kamchiliklari: - operatsion tizimning o’zida ma’lum zaifliklar sonining kattaligi;
- hujum uchun mumkin bo’lgan vektorlar sonining o’sishi.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, amalda telefon tanlanganida uning
himoyalanishi asosiy kriteriy deb hisoblovchilar topilmasa kerak. Bu
to’g’ri, chunki Android va iOS tizimlar o’zlarining foydalanuvchilarini
himoya qilish imkoniyatlari bo’yicha bir darajada.
86
7 BOB. MOBIL ILOVALARDAGI ZAIFLIKLAR 7.1. Mobil ilovalar tasnifi Mobil ilovalar deganda u yoki bu masalani yechishga mo’ljallangan,
mobil telefonda, smartfonda yoki kommunikatsiyada ishlatilishi uchun
maxsus yaratilgan kompyuter dasturlari tushuniladi.
Mobil ilovalarni tasniflashda bir necha yondashishlar mavjud.