“Mobil aloqa tizimlarida signallarga raqamli ishlov berish”
fanidan test savollari
1. ODDIY SAVOLLAR
1. Radioaloqada birlamchi signallar deb qanday signallarga aytiladi?
2. Signalning 1 kGs chastotasi qancha davrga to‘g‘ri keladi?
3. Signalning 1 MGs chastotasi qancha davrga to‘g‘ri keladi?
4. Signalning 1 GGs chastotasi qancha davrga to‘g‘ri keladi?
5. Signalning 1 TGs chastotasi qancha davrga to‘g‘ri keladi?
6. Sig‘imi 2 ga teng bo‘lgan to‘g‘ri burchakli signal ........... hisoblanadi
7. ..................... diskret (raqamli) qiymatlar ketma-ketligi ko‘rinishida ifodalanadigan signal hisoblanadi.
8. Generatorlarning vazifasi nimalardan iborat?
9. Generatorlar qanday turlarga bo‘linadi?
10. Radiosignal deb ........... aytiladi.
11. Kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsienti .......................nisbatan necha barobar ortganini ko‘rsatadi.
12. Dastlabki kaskadda ishlovchi kuchaytirgichlar nima uchun ishlatiladi?
13. Chiqish kuchaytirgichlari nima uchun ishlatiladi?
14. D sinfdagi kuchaytirgichlar yana ................. kuchaytirgichlar deyiladi.
15. Impulsli kuchaytirgichlarda kuch elementi sifatida asosan............ ishlatiladi.
16. Raqamli signalni radiokanal bo‘yicha uzatilishi uchun uni ............ ko‘rinishga o‘zgartirish zarur bo‘ladi.
17. Chastotaviy manipulyasiyalashda (FSK) bitlar oqimi ……………. orasidagi o‘zgarishlar bilan berilgan.
18. Fazaviy manipulyasiyalashda (PSK) bitlar oqimi ............ orqali beriladi.
19. Amplitudaviy manipulyasiyalashda (AMn) tashuvchi tebranishning .......... sakrashsimon o‘zgaradi.
20. BPSK manipulyasiyalashda bitta signalda necha bit axborotni kodlanadi.
21. QPSK manipulyasiyalashda bitta signalda necha bit axborotni kodlanadi?
22. SDR - software defined radio texnologiyasi nimaga asoslangan?
23. Qabul qilgichda oraliq chastota bo‘yicha raqamli ishlov berish qaysi kaskaddan keyin amalga oshiriladi?
24. Chastota o‘zgartirgichi bu signal tuzilmasi saqlanishi bilan radiosignal spektrini radiochastota dipazonining bitta sohasidan boshqasiga ................... amalga oshiradigan qurilma hisoblanadi
25. Yuqori chastotali signaldan tovushni (yoki foydali ma’lumotni) ajratish jarayoni ...................... deyiladi.
2. O‘RTACHA QIYINLIKDAGI SAVOLLAR
1. Metrli (ultraqisqa to‘lqinlar) diapazonga qaysi to‘lqin uzunliklari kiradi.
2. Metrli (ultraqisqa to‘lqinlar) diapazonga qaysi qaysi chastotalar kiradi.
3. Kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsienti nimaga teng?
4 Quvvat bo‘yicha kuchaytirish koeffitsienti Kr detsibellarda quyidagiga teng:
5. Kirish RCh modullarining (KRChMning) vazifasi nimadan iborat
6. Chastota bo‘yicha surilgan, lekin bitta ishchi chastotalar diapazonida ishlaydigan qabul qilish va uzatish traktlarini ajratish uchun ishlatiladigan qurilma............... hisoblanadi
7. Turli chastotalar diapazonlarida (masalan GSM900 va GSM1800) ishlaydigan traktlarni aratish uchun ..........ishlatiladi
8. Signallarga ishlov berish qurilmalarida impulsli element rolini ........... bajaradi.
9. Signallarga ishlov berish qurilmalarida ekstrapolyator rolini ........... bajaradi.
10. Analog-raqamli o‘zgartirishning vazifasi ............ iborat.
11. Kvadraturali amplitudaviy manipulyasiyalash - signalning ham ............, ham ............. o‘zgaradigan manipulyasiyalash hisoblanadi.
12. Kvadraturali - amplitudaviy (QAM - Quadrature Amplitude Modulation) modulyasiyalashda ............. ishlatiladi.
13. Raqamli aloqa tizimlarida analog signallarni o‘zgartirish va uzatish ketma-ketligini ko‘rsating?
14. Meandr - ………….. davomiyligi teng bo‘lgan to‘g‘ri burchakli signal hisoblanadi
15. OFDMA texnologiyasida operatorning ishlashi uchun ajratilgan butun chastota-vaqt maydoni ..................uncha katta bo‘lmagan bloklarga bo‘linadi.
3. MURAKKAB SAVOLLAR
1. Difraksiya hodisasida ..................................
2. Refraksiya hodisasida ..................................
3. Interferensiya hodisasida......................................
5. ……………. avlodda raqamli radiostansiyalarida raqamli ishlov berish past chastotalarda amalga oshiriladi.
6. Bir necha uzatkichlarni bitta umumiy antennaga bir vaqtda ishlash imkoniyatini ta’minlaydigan qurilma .................... deyiladi.
7. Bir necha qabul qilgichlarni bitta antennadan parallel ishlashini ta’minlaydigan va qabul qilinadigan signalni antennnalar kabelida yo‘qotilishini kompensatsiyalaydiga qurilma ......................hisoblanadi.
8. Uch razryadli parallel ARO‘ sxemasida nechta komparatorlar ishlatiladi.
9. Software Defined Radio (SDR) texnologiyasining mazmuni nimadan iborat?
10. SDR tizimlaridan foydalanishning boshqa muhim omili ...... bo‘ldi?
|