|
-rasm. Sensorli smartfonlar uchun mobil ilovalar
|
bet | 2/10 | Sana | 04.07.2024 | Hajmi | 3,15 Mb. | | #266581 |
Bog'liq Mobil ilovalar yaratish va uning dasturiy ta\'minoti mobil iloval1.2-rasm. Sensorli smartfonlar uchun mobil ilovalar.
f oydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlarining saqlanishi. Ushbu xususiyat dasturlarni shaxsiylashtirish imkoniyatlarini yaxshilaydi. Masalan, uyga taksi chaqirish (yashash manzili), tibbiy polis bo‘yicha shifokorga yozilish va boshqa imtiyozlar;
kompaniya va servis bilan yanada moslashuvchan qayta aloqa;
ko‘proq manbalardan foydalanish imkoniyati. Masalan, geolokatsiyani ulash orqali shaharning istalgan joyiga taksi chaqirish;
ilovalar insonning biologik ritmlarini hisobga olishi, ularni kun tartibiga rioya qilish bo‘yicha ogohlantirishi mumkin.
Mobil ilovalarni yaratish texnologiyalari va vositalari
Har kuni ishlatiluvchi mobil ilovalar qanday yaratilishi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Aslida, mobil ilova yaratish unchalik ham qiyin ish emas. Demak, mavzu yordamida mobil ilovalar qayerda va qanday yaratilishi mumkinligi bilan tanishamiz.
Eng avvalo, mobil ilovalarni yaratish texnologiyalari bilan tanishish zarur. Mobil ilovalar yaratish texnologiyalari, asosan, ikki turga bo‘linadi:
1.3-rasm. Kod orqali dasturlash.
| kod orqali dasturlash;
vizual dasturlash.
Kod orqali dasturlash jarayonida barcha amallar faqat kod yozish orqaligina amalga oshiriladi. Ya’ni dastur yaratish jarayonida dastur oynasini va uning komponentlarini yaratish uchun ham kod yoziladi. Bu usulni ko‘proq veb-dasturlashda (HTML, CSS, JavaScript, PHP va b.) va Pythonnig Tkinter kutubxonasida ko‘rishimiz mumkin. Ba’zi kod orqali dasturlash platformalarida dastur oynasini yaratish uchun konstruktor rejimlari ham mavjud. Ammo asosiy jarayon kod yozish orqali amalga oshiriladi. Bularga misol tariqasida C# va Delphi dasturlash muhitlarini keltirish mumkin.
|
| |