|
Mobil qurilmalarni imei kodlari orqali ro‘yxatdan o‘tkazish masalasi yuzasidan Rasmiy Bayonot
|
bet | 2/4 | Sana | 29.03.2021 | Hajmi | 19,91 Kb. | | #13625 |
Jumladan:
2019 yil 1 apreldan 2019 yil 1 noyabrgacha – 42,61 mln. IMEI kodlari avtomatik tarzda;
2019 yil 1 noyabrdan 1 dekabrgacha – 1,47 mln. ta IMEI kodlari bepul ravishda operatorga murojaat etish orqali;
2020 yilning 1 yanvaridan 15 sentyabrgacha – 3,06 mln. IMEI kodlar pullik asosda tizimda ro‘yxatdan o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi IMEI kodlarni ayrim shaxslar tomonidan noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazishga urinish singari holatlarga vakolatli organlar bilan hamkorlikda tegishli choralar olib borilmoqda va bu uzluksiz davom ettiriladi.
Shu o‘rinda fuqarolarimizdan Respublika xududidan mobil qurilmalarni xarid qilish vaqtida, Mobil kurilmaning imei kodlari ro‘yxatdan o‘tganligini tekshirib olishingizni so‘rab qolardik. Tekshirishni 1170 kiska rakamiga imei kodni sms orkali jo‘natish yoki uzimei.uz sayti orkali tekshirib olishingiz mumkin.”
|
| |