Modernization of Higher Education in Central Asia through New Technologies




Download 0.99 Mb.
bet2/2
Sana28.03.2023
Hajmi0.99 Mb.
#47099
1   2
Bog'liq
Amaliy (1)3842345801889041089143908

Amaliy sathning xizmatlari.


Amaliy sathning asosan foydalanuvchilar uchun ko’plab potensial xizmatlarni tadim etadi. Har bir amaliy sath protokoli foydalanuvchilar uchun ma’lum turdagi


xizmatlarni qo’llab quvvatlaydi, masalan fayllarni uzatish va qabul qilish (FTP), Email xizmatlari (SMTP), masofadan boshqarish (DNS, TelNet, SSH) va boshqalari. Quyidagi ba’zi protokollarning qisqacha xususiyatlari bilan tanishib chiqamiz.
Ilova qatlami protokollari: Ilova qatlami har qanday dasturiy ta'minotga ma'lumotni osongina yuborish va qabul qilish va foydalanuvchilarga mazmunli ma'lumotlarni taqdim etish imkonini beruvchi bir nechta protokollarni taqdim etadi. Quyida dastur qatlami tomonidan taqdim etilgan protokollarning ba'zilari keltirilgan, 9.5-rasm.
TelNet: Telnet qisqartmasi Telekommunikatsiya tarmog’i ma’nosini anglatadi. Ushbu protokol Internet orqali fayllarni boshqarish maqsadlari uchun ishlatiladi. Telnet protokoli mijozlariga Telnet serverining resurslariga kirish imkonini beradi. Bu protokolning port nomeri 23-raqamli belgilab qo’yilgan.


9.5-rasm. TelNet protokoli




DNS: DNS protokolining kengaytmasi domen nomlari tizimi ma’nosini anglatadi. DNS protokoli domen nomini (foydalanuvchi tomonidan tanlangan) mos keladigan IP manzilga o’zgartiradi yoki uni teskarisini bajaradi.. Misol uchun - www.abcd.com degan domen nomi qaysidir foydalanuvchi tomonidan tanlangan bo’lsin deb tasavur qilamiz. Bunda DNS tanlangan domen nomini 192.36.20.8 IP adresiga o’zgartirishni amalga oshiradi. Foydalanuvchi IP adreslarni eslab qolishi yoki kundalik hayotida foydalanish noqulay bo’lganligi sababidan DNS protokoli ishlab chiqilgan. DNS ta’kidlab o’tilganidek, foydalanuvchining domen nomini tarmoq qurilmalari ishlash oson bo’lishi uchun IP adresga o’zgartiradi. Shunga qilib foydalanuvchi va tarmoq o’rtasi IP adresdan domen nomiga hamda domen nomidan IP adresga o’zgartirish vazifani amalga oshiradi. Bu protokol 53- port raqami bilan belgilab qo’yilgan.

9.6-rasm. DNS protokoli
DHCP: DHCP (Dynamic Host Configuration Protocol) xostlarni dinamik konfiguratsiyasi qilishni ta’minlovchi protokol hisoblanadi. U xostlarga IP manzillarni dinamiq tarzda berish xizmatini taqdim etadi. Har safar xost DHCP serverida IP manzilga ro’yxatdan o’tishga harakat qilganda, DHCP server tegishli xostga ko’plab ma’lumotlarni taqdim etadi. Ushbu protokol doirasida klient-server


o’rtasida so’rovlarni uzatish va qabul qilish maqsadlari uchun 67 va 68 port nomerlari ajratilgan.

9.7-rasm. DHCP protokoli
FTP: FTP (file transfer protocol) fayl uzatish protokoli ma’nosini anglatib, bu protokol orqali turli xil fayllarni bir qurilmadan boshqasiga uzatish amalga oshiriladi. FTP ishonchli, samarali ma’lumotlarni uzatish bilan tarmoqqa ulangan kompyuter qurilmalari ortasida fayllarni almashishga imkon beradi. FTP ma’lumotlaridan foydalanish uchun 20-raqamli port nomeri va ma’lumotlarni boshqarish uchun 21-raqamli port nomerilari ajratilgan.
SNMP: SNMP (Simple Network Management Protocol) tarmoqni boshqarish protokoli degan ma’noni anglatadi. Ushbu protokol tarmoqqa ulangan qurilmalar haqidagi ma’lumotlarni so’rov asosida to’playdi va usbu so’rovlarga binoan boshqaruvni amalga oshiradi. SNMP protokoli pransport sathining ham TCP ham UDP protokollari bazasida ishlash imkoniyatiga ega bo’lib, bu protokol uchun 161 (TCP) va 162 (UDP) port raqamlari ajratilgan.



9.8-rasm. DHCP protokoli


9.9-rasm. HTTPprotokoli


HTTP: HTTP (Hyper Text Transfer Protocol) termini giper matnli ma’lumotlarni uzatish protokoli degan ma’noni anglatadi. Bu protokol World Wide


Web (WWW) ning asosi tashkil etadi. HTTP klient-server modelida ishlaydi. Ushbu protokol HTML kabi gipermatnli ma’lumotlarni uzatishni ta’minlaydi. Ushbu protokol, faqatgina veb-brauzerlar va veb-serverlar o’rtasidagi aloqani ta’minlamasdan, boshqa bir qancha maqsadlarda ham ishlatilishi mumkin. HTTP stateless protokol (tarmoq protokoli bo’lib, unda klient jo’natgan so’rov har bir bo’yicha server javob qaytaradi) hisoblanadi, ammo server klientning so’rovlarini saqlashga mas’ul emas. HTTP protokoli uchun 80-port raqam belgilangan.
Download 0.99 Mb.
1   2




Download 0.99 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Modernization of Higher Education in Central Asia through New Technologies

Download 0.99 Mb.