Xar bir ekosistema
biomahsuldorligi bilan
ajralib turadi:
tuproq — mahsuldorligi bilan; fauna
— mavjudotlarning ko’payishi bilan; daraxtlar —
mevalari, urug’lari bilan va h.k.
Ekologiyaga oid qonunlar tabiiy muxit, ya’ni
ekosistemalarning o’zaro bog’liq tizimi ekanligini va
shu bois yaxlit va muayyan tartibga solingan bo’lishi
kerakligini inobatga olishi zarur. Hozircha bunga
erishilgani yo’q va ekologik huquq normalari ko’plab
huquq manbalarida, jumladan qonunchilikning boshqa
tarmoqlariga kiradigan manbalarda joylashgan.
Shunday qilib,
tabiiy ob’yekt —
atrof tabiiy
muxitning amaldagi qonunlar bilan
muhofaza
etiladigan, tabiiy kelib chiqish alomatlariga ega
bo’lgan,
ekologik,
iqgisodiy,
madaniy
va
sog’lomlashtirish funksiyalarini bajarishga hamda
insonni o’rab turgan muhitning sifatini ta’minlashga
qodir bo’lgan tarkibiy qismi.