OIV infeksiyasidan keyin odamda paydo bo‘ladigan alomatlar




Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana17.02.2023
Hajmi0.49 Mb.
#42669
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
OIV-OITS

 
OIV infeksiyasidan keyin odamda paydo bo‘ladigan alomatlar. OIV 
infeksiyasining belgilarini aniqlash qiyin. Ko‘pincha, OIV infeksiyasi oddiy o‘tkir 
respirator kasallikka o‘xshaydi va ko‘pchiliklarida zararlanishdan so‘ng OIV 
infeksiyasining alomatlari paydo bo‘lmaydi va ular zararlanganidan ko‘p yillar 
o‘tgach, immunitetning pasayishi tufayli OIV infeksiyasiga tekshiruvdan 
o‘tkazilgandan so‘ng yuqtirilganligi ma’lum bo‘ladi. OIV infeksiyasi ko‘p hollarda 
ko‘p yillar davomida yashirin holatda kechadi. 
 
Ko‘pchilikda OIV bilan kasallanganidan keyin 1-4 oy o‘tgach, isitma 
ko‘tarilishi, aksariyat hollarda tomoq og‘rig‘i, terida dog‘simon toshmalar paydo 
bo‘lishi, ba’zan esa ich ketishi kuzatiladi. Shifokorlar limfa tugunlari va taloqning 
kattalashuvini aniqlashlari mumkin. Ushbu alomatlar tezda yo‘qoladi yoki ular 
umuman bo‘lmasligi mumkin. Ko‘pincha, ko‘p yillar davomida OIV infeksiyasidan 



so‘ng, limfa tugunlarining kattalashuvi har doim bir nechta joylarda kuzatiladi. 
Ayniqsa, limfa tugunlarining bo‘yin orqa qismi va o‘mrov suyagi ustidagi 
chuqurchada uzoq vaqt davomida kattalashishi shubhali sanaladi. Virusning o‘ziga 
xos tuzilmalari (genlar) maxsus tadqiqot usuli (polimeraza zanjiri reaksiyasi) 
yordamida zararlanishdan keyingi ikkinchi haftadan boshlab qonda aniqlanishi 
mumkin. Zararlanish paytidan uchinchi haftadan boshlab OIV bilan kasallangan 
qonda antitanachalar, ya’ni maxsus OIVga qarshi qaratilgan himoya organlari paydo 
bo‘ladi. OIVga qarshi bu antitanachalar qonda OIV mavjud ekan, umrbod saqlanib 
qoladi. Biroq, ushbu usullar orqali aniqlangan "ijobiy" yoki "salbiy" reaksiyalar
ayniqsa zararlanish yaqinda sodir bo‘lgan bo‘lsa, hali aniq tashxis qo‘yishga 
imkonini bermaydi. OIV infeksiyasining yakuniy tashxisini qo‘yish uchun uni bir 
nechta usullar, jumladan, "immunoblot" usuli bilan tasdiqlash kerak. Ba’zi hollarda 
takroriy tekshiruvlar talab qilinadi. 
Statistika. OIV bilan kasallangan odamlarning aniq sonini hisoblash mumkin 
emas, chunki maxsus tekshiruvsiz kasallikni aniqlash juda qiyin. Birlashgan 
Millatlar Tashkilotining OIV/OITS dasturi ekspertlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, 
yer yuzida 35 millionga yaqin odam OITSdan vafot etgan va yana 35 million kishi 
OIV bilan yashamoqda. O‘zbekistonda OIV infeksiyasi aniqlangan 45 mingdan 
ortiq odam yashaydi. 

Download 0.49 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



OIV infeksiyasidan keyin odamda paydo bo‘ladigan alomatlar

Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish