• Nimani lizingga olish mumkin emas
  • Lizing to‘lovlarini qanday amalga oshirish kerak
  • Moliya va buxgalteriya hisobi




    Download 34,65 Kb.
    bet2/3
    Sana15.12.2023
    Hajmi34,65 Kb.
    #119179
    1   2   3
    Bog'liq
    moliyaviy hisobga kirish

    Lizing obyektlari


    O‘zbekistonda lizing obyektlari sifatida tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari va boshqa ko‘char va ko‘chmas mulklar bo‘lishi mumkin. (O‘zbekiston Respublikasining 14.04.1999 yil sanasidagi №756-I-sonli “Lizing to‘g‘risida”gi Qonuni).

    Nimani lizingga olish mumkin emas?


    Yer uchastkasini, tabiiy obyektni (masalan, dala yoki ko‘l) va davlatga tegishli bo‘lgan hamda qonun bo‘yicha erkin muomalaga chiqarilmaydigan mulkni (masalan, binolar, madaniy yodgorliklar) lizingga olish mumkin emas.

    Kredit va lizingni xususiyatlarini taqqoslaganda:


    Lizing

    • lizing uch tomonlama (sotuvchi – lizing beruvchi – lizing oluvchi) yoki ikki tomonlama (lizing beruvchi – lizing oluvchi) shartnomaga asosida amalga oshiriladi.

    • shartnomaning amal qilish muddati davomida mulk egasi lizing beruvchi hisoblanadi va u istalgan vaqtda mulkni qaytarib olishi mumkin.

    • · lizing bo‘yicha to‘lovlar (lizing foizlari va asosiy qarz);
      · sug‘urta badallari;
      · boshlang‘ich to‘lov mulk narxining 20-30% tashkil etadi.

    • egalik, foydalanish huquqi lizing oluvchida bo‘lib mulk uning balansida turadi, shuning uchun mol-mulk solig‘iga tortiladi.

    Kredit

    • kredit ikki tomonlama (kredit beruvchi – qarz oluvchi) shartnomaga asosan tuziladi.

    • bitimdan so‘ng sotib olingan mulkning egasi darhol korxona, yakka tartibdagi tadbirkor yoki jismoniy shaxs hisoblanadi.

    • · kredit bo‘yicha to‘lovlar (kredit foizlari, asosiy qarz, sug‘urta);
      · boshlang‘ich to‘lov mavjud bo‘lmasligi mumkin.

    • mulk darhol korxonaning nomiga o‘tadi, demak u soliqqa tortiladi.

    Lizing to‘lovlarini qanday amalga oshirish kerak?


    • Dastlabki to‘lov – bu odatda tovarning sotib olish narxining
      20-30%ni tashkil etadi;

    • Oylik to‘lovlar. Ular ikki xil shaklda bo‘ladi: annuitet (butun muddat davomida bir xil miqdorda oylik to‘lovlarni amalga oshirasiz) va regressiv – birinchi oyda Siz ko‘proq to‘lovni amalga oshirasiz, keyingi oylarda to‘lov miqdori asta-sekin kamayadi.


    Download 34,65 Kb.
    1   2   3




    Download 34,65 Kb.