|
Mikromuhit: kompaniyalar, ta’minotchilar, mijozlar, vositachilar va raqobatchilar
|
bet | 3/24 | Sana | 27.09.2024 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #272711 |
Bog'liq Marketing MuhitMikromuhit: kompaniyalar, ta’minotchilar, mijozlar, vositachilar va raqobatchilar - Marketing boshqaruvining asosiy vazifasi iste`mol qiymatini yaratish va mijozlar Marketing Iste'mol bozorlari, B2C Sanoat bozorlari, B2B Savdo - vositachi bozorlar Ijtimoiy(sosial) ta'minot bozorlari Davlat tuzilishi bozorlari Xalqaro bozorlar 50 qoniqishini yaratgan holda, ular bilan munosabatlarni o’rnatish hisoblanadi. Ammo marketing menejerlar buni bir o’zlari qila olmaydilar. 3.2-rasmda marketologlar mikromuhitining asosiy ishtirok etuvchi shaxslari ko’rsatilgan. Marketing muvaffaqiyatiga erishish uchun kompaniyaning boshqa bo’limlari, ta`minotchilar, marketing vositachilari, raqobatchilar, turli jamoatchilik va kompaniyaning boyliklarini yetkazib berish tarmog’ini yaratish uchun birlashadigan mijozlar bilan munosabatlar o’rnatilishini taqozo etadi.
3.2-rasm. Mikromuhitda ishtirok etuvchi shaxslar
Kompaniya. Marketing boshqaruvi marketing rejalarni tuzishda oliy rahbariyat, moliyaviy guruh, tadqiqotlar va ishlanmalar bo’yicha guruh, xaridlar, bitimlar va hisobga olish bo’yicha guruhlar kabi kompaniyaning boshqa guruhlarini hisobga oladi. Ushbu barcha o’zaro bog’langan guruhlar ichki muhitni tashkil qiladi. - Kompaniya. Marketing boshqaruvi marketing rejalarni tuzishda oliy rahbariyat, moliyaviy guruh, tadqiqotlar va ishlanmalar bo’yicha guruh, xaridlar, bitimlar va hisobga olish bo’yicha guruhlar kabi kompaniyaning boshqa guruhlarini hisobga oladi. Ushbu barcha o’zaro bog’langan guruhlar ichki muhitni tashkil qiladi.
- Oliy rahbariyat kompaniyaning missiyasi, maqsadlari, umumiy strategik yo’nalishlar va siyosatlarni belgilaydi. Marketing bo’yicha menejerlar oliy rahbariyat tomonidan tuzilgan yanada umumiy strategik yo’nalishlar va rejalar doirasida qarorlarni qabul qiladi.
- Marketing bo’yicha menejerlar kompaniyaning boshqa bo’limlari bilan yaqindan hamkorlikda ish olib boradilar.
- Marketing bo’limi boshchiligida ishlab chiqarish va moliya bo’limlaridan yuridik va xodimlar bo’limlarigacha barcha bo’limlar mijozlar ehtiyojini anglab yetish va iste’mol boyliklarni yaratish uchun umumiy javobgar bo’ladilar.
Ta`minotchilar kompaniyaning iste’mol boyliklarini yetkazib berishning umumiy 51 tizimida muhim bo’g’inni tashkil qiladi. Ular kompaniya tomonidan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun zarur bo’ladigan resurslarni taqdim qiladi. Yetkazib beruvchining muammolari marketingga jiddiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Marketing bo’yicha menejerlar tovar mavjudligi va uning qiymatini o’rganib borishlari kerak. Yetarlicha miqdorda yetkazib bermaslik yoki yetkazib berishni kechiktirish, ish tashlashlar, tabiiy ofatlar va boshqa hodisalar qisqa muddatli istiqbolda sotuvlar qiymatini oshirishi, va uzoq muddatli istiqbolda mijozlar qoniqishiga zarar yetkazishi mumkin. Yetkazib berish xarajatlarni oshirish narxlar oshishiga olib kelishi va natijada kompaniyaning sotuvlar hajmiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
|
| |