Moliya va risklar




Download 253,87 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana27.05.2024
Hajmi253,87 Kb.
#254986
  1   2   3


Moliya va risklar 
 
Reja: 
Kirish
 
1.Kredit risklari
 
2.Risklarni zararsizlantirishning ichki omillari
 
3.Risklarni miqdoriy tahlil qilish
 
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


1.Kredit risklari 
Kredit risklari bilan bog’liq muammolar, shuningdek risklarini boshqarish 
zaruriyati bozor iqtisodiyotining chuqurlashuvi va xalqaro iqtisodiyotning 
globallashuv sharoitida muhim masalalardan biriga hisoblanadi. 
Kredit risklari xususida gap ketganda, asosiy e’tiborni ushbu risklarning 
tabiatiga, mohiyatiga, kelib chiqish sabablari va ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlariga 
qaratish lozim. 
Xalqaro bank amaliyotida risklar bilan bog’liq munosabatlar asosan aktiv 
operatsiyalar jarayonida ro’y beradi. Tijorat banklarining riskga bog’liq bo’lgan 
asosiy aktiv operatsiyalari sifatida kredit va investitsiya operatsiyalarini keltirish 
mumkin. 
Bank risklari vujudga kelishi, namoyon bo’lishi jihatidan turli-tuman bo’lib, 
ularning barchasi pul egasining kredit sifatida yo’naltirgan qiymatining va unga 
to’lanadigan foiz to’lovlarining to’lig’icha qaytib kelmasligi bilan izohlanadi. 
Kredit xatari yoki qarzni qaytarmaslik xavfi kreditorning kredit kelishuviga 
asosan kreditni o’z vaqtida qaytarilishiga va kredit shartlarini bajara olishiga 
ishonchsizligidan kelib chiqadi. Kredit riski bank faoliyatida uchraydigan 
risklarning eng yirigidir. SHuning uchun tijorat banklari kredit siyosatida bu 
jarayonga alohida e’tibor qaratishi lozim. 
Olingan kreditni o’z vaqtida qaytarilishi va kredit shartlarini bajara olishiga 
ishonchsizligining ko’rinishlari sifatida kreditlarni to’liq qaytarmaslik, qisman 
qartarmaslik (bu holat ko’pincha olingan kreditlarning foizlari va komission 
to’lovlarida tegishli bo’ladi) yoki muddatning kechiktirishlari nazarda tutiladi. 
Kredit riski qarz oluvchining kredit shartnomosi shartlariga muvofiq to’lashi 
lozim bo’lgan majburiyatlarini o’z vaqtida to’lay olmasligi xav xatarlarini 
xarakterlaydi. 
Banklarning risklarini yo’qotishning eng maqbul echimiga qarzdorlarning 
kredit qobiliyati, moliyaviy barqarorligini doimiy monitoring qilish orqaligini 
erishiladi.Bunda likvidlilik va mustaqillik (avtonomiya) risklariga alohida e’tibor 
qaratiladi. 


Kredit riski kredit oluvchining qarzdorlikni so’ndirishi yuzasidan 
imkoniyatsizligi, pul oqimini to’g’ri shakllantira olmasligi, moliyaviy qiyinchiliklar, 
rahbar va korxona egalarining ishchanlik reputatsiyasining pastligi yoki kriminal 
xissiyotlarining ustunligi bilan yuzaga keladi SHu bilan birga davlat organlari va 
ayrim shaxslarninng bosimi tufayli ham ushbu risklarga boriladi. 
Kredit rislarining yuqoriligiga xodimlar malakasining pastligi, jamoadagi 
ijtimoiy keskinlik, poraxo’rlik holatlari ham kuchli tasir etadi. 
Kredit risklarini baholash birinchi navbatda potensial qarz oluvchilar bilan 
tanishuvdan boshlanadi. Bunda mijozning reputatsiyasi, tadbirkorlik, ishlab 
chiqarish, marketing va moliyaviy boshqaruvdagi kobilyatiga baho beriladi. Kredit 
taklifining qanchalik yaxshi tayyorganligi, uning iktisodiy, ijtimoiy, ekologi jixatdan 
qanchalik maqsadga muvofiq ekanligi, kreditning maqsadligi va uning bank, qarz 
oluvchi, alohida ijtimoiy qatlamlar, tarmoq, xudud uchun ahamiyatli ekanligiga 
muhim e’tibor qaratish zarur. Ijobiy baholash kredit mahsulotlari yuzasidan muhim 
qarorlar qabul qilishning o’tish imkonini beradi. Bu jarayon bevosita mijozning 
kreditga layoqatligini, moliyaviy ahvolini va pul mablag’lari xarakatini baholashga 
imkon beradi. YAkuniy jarayon albatta kredit shartnomasini rasmiylashtirish 
jarayoni hisoblanadi. 
Risklarni boshqarishning muhim yo’nalishi sifatida to’ovlar grafigni 
shakllkantirish va uning doimiy monitoringini tashkil etish hisoblanadi. Bu jarayon 
tezkor kredit monitoringini olib borishni nazarda tutadi. Uning asosiy maqsadi 
muammoli kreditlarni aniqlash va ularni undirish choralarini ko’rishga qaratilgan. 
Olingan kreditlarni muddatida to’lamaslik, kechiktirish juda ko’p 
kuzatiladigan xolatlar hisoblanadi. Uning muhim sabablari qatoriga quyidagilarni 
kiritish 
mumkin: debitorlik 
majburiyatlarining tushib ketishi; likvidlik 
koeffitsentining pastligi; sotish xajmining tushib ketishi; operatsion faoliyat zarari; 
zaxiralarning ortiqcha jamg’arilishi va ushlab turilishi; muhim mijozlarni yo’qotishi, 
qarz oluvchining biznes sheriklari extiyotkorligi, rahbarlarning bank bilan aloqa 
qilishdan qochishi, ularning talab qilingan axbaortlarni berishdan bosh tortishi yoki 
kechiktirishlari va h.k. 



Download 253,87 Kb.
  1   2   3




Download 253,87 Kb.
Pdf ko'rish