1.
Tarmoq
yaxlitligi
.
Ishonch tizimning ichkida paydo bo‘ladi, u tashqaridan uqtirilmaydi.
Ishtirokchilar so‘zida ham, ishida ham rostgo‘y bo‘lishadi, boshqalarning manfaatlarini hurmat
qilishadi o‘z harakatlarining oqibatlari uchun javob berishga tayyor turishadi, ularning qarorlari
shaffof bo‘ladi. Yaxlitlik jarayonning har bir bosqichida kodlangan va barcha ishtirokchilar
orasida taqsimlangan bo‘ladi, ya’ni bir kishiga tegishli bo‘lmaydi.
2.
Yuklanishlarni taqsimlash.
Yagona o‘chirish yo‘li mavjud emas. Energoxarajatlar butun piring
tarmog‘i bo‘yicha taqsimlangan. Ishtirokchilarning hech qaysisi tizimni o‘chira olmaydi. Agar
markaziy organ birorta odam yoki guruhni bloklab qo‘ysa, tizim o‘z ishini davom ettiraveradi.
Agar tarmoqning taxminan yarmi tarmoq ustidan nazoratni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lsa, qolganlar
nima bo‘layotganini ko‘rib turishadi.