Kriptovalyutalarda aynan blockchaindan
kim, kimga va qancha
virtual pul o‘tkazganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayd qilish uchun
foydalaniladi.
Biroq blockchainda boshqa aktivlarni ham saqlasa bo‘ladi.
Umuman olganda, nimani qog‘ozda yozishning imkoni bo‘lsa, o‘sha
narsalarning barchasini blockchain da ham yozish mumkin bo‘ladi,
faqat birgina farq bilan — blockchain da yozuvlarni almashtirish va
soxtalashtirishning imkoni yo‘q.
Blockchain g‘oyasining yorqin namunasi
– bu Ethereum kompaniyasi.
Unga
Rossiyaning
Kolomna
shaharchasida
tug‘ilgan, hozirda Kanadada
yashovchi 19 yoshli dasturchi Vitaliy Buterin asos solgan. Platforma blockchain
da ilovalar yaratish uchun mo‘ljallangan.
Bugungi kunda Ethereum kompaniyasi $703 mlrd. ga baholanmoqda.
«Blokcheyn — ma’lumotlarni saqlash uchun taqsimlangan reestr...» — bu izohni
bir necha marta eshitgan, biroq hech narsani tushunmagan bo‘lishingiz mumkin.
Blokcheyn — bir-biri bilan internet orqali bog‘langan ko‘plab kompyuterlarda
bir vaqtning o‘zida saqlanuvchi ma’lumotlar bazasi. Uning nega kerakligini misol
yordamida tushuntirish osonroq.
Braziliyadagi xolangizga bank jo‘natmalari orqali 100 rubl
yubordingiz deb tasavvur qiling.
Jo‘natma shaklini to‘ldirganingizdan so‘ng bank xodimi shaxsiy
hisobingizdan pulni yechib olib, uni xalqaro o‘tkazmalar uchun
bankning yagona hisobiga o‘tkazadi.
Shundan so‘ng boshqa xodim bu pullarni agent bankning hisobiga
o‘tkazadi, u esa, o‘z navbatida, pullarni Braziliyaga o‘tkazadi.
U yerda o‘tkazmangiz aynan shu taxlit xolangizning shaxsiy
hisobiga tushadi. Jo‘natma davomida hech kim xatoga yo‘l
qo‘ymagan bo‘lsa, uch kun o‘tib xolangiz 97 rublni oladi (barcha
banklarning komissionlari olingandan so‘ng).
|