155
0
N
- shartnoma tuzish uchun mo‘ljallangan mahsulot hajmi;
NH - yetkazib berilmagan mahsulot.
Bozor munosabatlari rivojlangan sari rejaning ahamiyati tobora
oshib boradi. Biror-bir ishlab chiqarish, xususan, tijorat g‘oyasini rejasiz
amalga oshirib bo‘lmasligini xorijiy ishbilarmon va tadbirkorlar alla-
qachon tushunib etishgan. Bu yerda gap avvalgi sobiq ittifoq davridagi
«besh yillik» rejalarimiz haqida ketmayapti. Xorijiy rivojlangan
mamlakatlarning «besh yillik» rejalari butunlay boshqacha usulda
tuziladi. Ularni «Biznes-reja» deb atashadi. Erkin bozor munosabatlari
sharoitida har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘zining ishlab chiqarish
faoliyatini hamda kelgusida amalga oshirishi mumkin bo‘lgan taktik va
strategik rejalarini biznes-rejasida aks ettiradi.