Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/429
Sana13.05.2024
Hajmi2,53 Mb.
#228361
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   429
Bog'liq
642a946f5e25f

UO‘
К
: 336 (075)
К
B
К
: 65.261
ISBN 978-9943-13-399-0
©
 
«Iqtisod-Moliya», 2013
 
© A.V. Vahobov, N.F. Ishonqulov, A.T. Ibrohimov, 2013 



K I R I SH 
 
O‘zbekiston Respublikasida jamiyat taraqqiyotining barcha jabha-
larida, eng avvalo iqtisodiy sohada islohotlarni yanada chuqurlashtirish 
va erkinlashtirish borasida aniq dastur ishlab chiqilgan. Bu dasturni 
joriy etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – O‘zbekistonning demokratik 
va bozor islohotlarini amalga oshirish, jahon hamjamiyatiga keng 
integratsiyalashuvi va barqaror olg‘a borishi uchun mustahkam zamin 
yaratishdir. 
Prezidentimiz I. Karimov: «Oldimizda turgan birinchi va asosiy va-
zifa – bu izchil iqtisodiy o‘sish, chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga 
oshirish, ishlab chiqarishni mukammallashtirish va ilg‘or texnologiyalar 
bilan qayta qurollantirishning bosh sharti bo‘lgan makroiqtisodiy va 
moliyaviy barqarorlikka erishish muammosidir» deb ta’kidlagan. Bu, 
Respublika iqtisodiyotida faoliyat yuritayotgan barcha soha korxo-
nalarining foyda ko‘rish maqsadida, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib 
chiqqan holda ishlab chiqarishi yoki xizmat ko‘rsatishini talab etadi. Bu, 
o‘z navbatida, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini, unda sodir 
bo‘ladigan iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarni va munosabatlarni muntazam 
ravishda tahlil qilib borishni taqozo etadi.
Respublikaning iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishishida 
muhim omil, ishlab chiqarish hajmining o‘sishi, pul qadrsizlanishini 
pasaytirish, eksport hajmini oshirish va boshqa shu kabi makroiqtisodiy 
o‘sishni ta’minlash bilan birga mamlakatda faoliyat yuritayotgan har bir 
korxona, firma, kompaniyalarni xo‘jalik subyektlari sifatida rivojlan-
tirishni taqozo etadi. 
Korxona, firma va kompaniyalarning iqtisodiy mustaqil hamda 
moliyaviy barqaror faoliyat ko‘rsatishlarida ularni oqilona boshqarish, 
hisob-kitob yuritilishini bozor iqtisodiyoti talablariga moslash, 
moliyaviy menejment ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, bor moddiy, 
moliyaviy va mehnat boyliklaridan samarali foydalangan holda ishlab 
chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishni tashkil etish, natijada yuqori foyda 
olib, davlat budjeti oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish, 
rezervlar tashkil etish eng dolzarb vazifalardan sanaladi. 



Shu bois, bozor iqtisodiyotini erkinlashtirish har birimizdan buxgal-
teriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit haqida ma’lum bilimga ega bo‘li-
shimizni talab etadi. Tadbirkorlik faoliyatining muvaffaqiyati hisob-
kitoblarning puxtaligiga, pul oqimlarining oqilona boshqarilishiga, 
moliyaviy masalalardagi qarorlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida qabul qilinishi-
ga hamda moliyaviy tahlilning sifatli tashkil etilishiga uzviy bog‘liqdir. 
Ayniqsa, bozorni to‘g‘ri o‘rganishda, hamkorlarning moliyaviy ishonch-
liligini bilishda, o‘zaro hisob-kitob ishlarida yutqazib qo‘ymaslik va 
boyliklardan o‘rinli foydalana olishda kompleks iqtisodiy tahlilning 
natijalariga asoslanib boshqaruv qarorlarini belgilash, foyda olishning 
zaruriy sharti ekanligi tajribada bir necha bor isbotlangan. 
Iqtisodiy tahlil boshqaruvning bir funksiyasi sifatida mavjud 
axborotlarga tayanadi, ammo axborotlar hali hech narsani hal qilmaydi. 
Ularni menejerning maqsadidan kelib chiqqan holda qayta ishlashni, 
tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha tizimlashtirishni, moliyaviy hisobotlarni 
iqtisodiy jihatdan o‘qishni talab qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, iqtisodiy 
tahlil orqali amalga oshiriladi. Shu tufayli zamonaviy mutaxassislar shu 
fanni mukammal o‘rganishi lozimligini obyektiv zaruratga aylantirdi. 
Bunday zaruriyat tufayli barcha iqtisodiyotga oid mutaxassisliklar iqti-
sodiy tahlil fanini, uning tarkibiy qismi bo‘lgan moliyaviy va boshqaruv 
tahlilni o‘rganishi majburiy qilib belgilangan va mutaxassislarni 
shakllantiruvchi fan sifatida ularning o‘quv rejasiga kiritilgan. 
Oliy o‘quv yurtlari faoliyati baholanadigan mezonlarni shakllanti-
rishda oliy o‘quv yurtlaridagi o‘qitish sifati va ilmiy salohiyat darajasi 
indeksiga asosiy e’tibor qaratiladi. 
E’tiboringizga havola etilayotgan «Moliyaviy va boshqaruv tahlili» 
darsligida korxona, firma, kompaniyalarning mahsulotlar ishlab chiqa-
rish va sotish, mehnat va moddiy boyliklaridan foydalanganligi, asosiy 
ishlab chiqarish va davr xarajatlari tarkibi, moliyaviy natija hamda mo-
liyaviy holat, asosiy vositalar tarkibi, pul oqimlari va xususiy kapitallar 
harakatini tahlil qilishning uslublari sodda va tushunarli tilda yoritilgan. 
Darslik korxona mablag‘larini, uning tashkil topish manbalarini, moli-
yaviy natijalarini, asosiy vositalar harakatini, pul oqimi va xususiy kapi-
tal o‘zgarishini omilli, qiyosiy tahlil qilishning amaldagi tartibi, firma 
hamda kompaniyalarning kreditga layoqatliligi, moliyaviy barqaror-
ligini aniqlashning uslubiy asoslarini o‘rganishga yordam beradi.
Darslikning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, u zamonaviy 



talablardan kelib chiqqan holda har bir iqtisodiy kategoriyani baholash 
va ularni tegishli ko‘rsatkichlar bilan ifodalashda mavjud bo‘lgan turli 
qarashlarga tanqidiy yondoshilgan va ularga fikr bildirilib, har biri im-
kon qadar nazariy jihatdan asoslangan. Nazariy masalalarning yechimi 
amaliy ma’lumotlarni qo‘llagan holda isbotlab berilgan. Demak, mazkur 
darslikda nazariy masalalar bilan amaliyotning uyg‘unligi ta’minlangan. 
Oliy o‘quv yurtlarining «Biznes va boshqaruv» ta’lim sohasida 
bilim olayotgan talabalar, bo‘lg‘usi buxgalter-auditorlar, davlat moli-
yasini boshqarish, qimmatbaho qog‘ozlar va sarmoyalar bozori, soliq va 
soliqqa tortish, bank ishi, sarmoyalar moliyasi va ularning monitoringi, 
kasb ta’limi hamda magistraturaning «Kredit», «Xalqaro valuta-kredit 
munosabatlari», «Iqtisodiy tahlil», «Davlat moliyasini boshqarish», 
«Soliq va soliqqa tortish», «Buxgalteriya hisobi», «Audit», «Bank 
auditi», «Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish», «Korxona moliya-
si», «Sug‘urta ishi», «Tashqi iqtisodiy faoliyat», «Korporativ moliya va 
qimmatli qog‘ozlarni boshqarish», kabi mutaxassisliklarini egallov-
chilar uchun ham «Moliyaviy va boshqaruv tahlili» darsligidan foydala-
nish, o‘z kasbini chuqur egallashiga yordam beradi. 
Mamlakatimiz Prezidenti I. Karimov o‘z ma’ruzasida: «Ta’lim so-
hasidagi ishlarimizni sarhisob qilar ekanmiz, Fransiyadagi dunyoning 
eng yaxshi beshta biznes maktabi qatoriga kiradigan «Inssad» xalqaro 
biznes maktabining 2012-yilgi «Innovatsiyalarning global indeksi» 
ma’ruzasida bayon etilgan ma’lumotlarni keltirish o‘rinli, deb o‘ylay-
man»,
1
degan fikrni yuritgan. 
«Moliyaviy va boshqaruv tahlili» nomli darslik O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyurtmasi asosida 
tayyorlandi va uslubiy kengash tomonidan oliy o‘quv yurtlarida foyda-
lanishga tavsiya etildi. 
Kitobxonlarni moliyaviy va boshqaruv tahlil uslubiyati bilan chu-
qur tanishtirish maqsadida har bir yoritilgan mavzudan so‘ng tayanch 
iboralar, takrorlash uchun savollar, mustaqil bajarish uchun topshiriqlar 
va test variantlari berilgan.
1
Ўзбекистон
Республикаси
Президенти
Ислом
Каримовнинг
2012 
йилда
мамлакатимизни
ижтимоий
– 
иқтисодий
ривожлантириш
якунлари
ҳамда
2013 
йилга
мўлжалланган
иқтисодий
дастурнинг
энг
муҳим
устувор
йўналишларига
бағишланган
Вазирлар
Маҳкамасининг
мажлисидаги
маърузаси
.
Халқ
сўзи
, 2013 
йил
19 
январь




Darslikda keltirilgan hisobot ma’lumotlari va raqamlar respub-
likamizda faoliyat yuritayotgan real xo‘jalik yurituvchi subyektning 
ma’lumotlari shartli axborot manbasi sifatida olindi.
Ushbu darslik Toshkent moliya institutining uslubiy Kengashi 
tomonidan chop etishga tavsiya etilgan. 
Mualliflar ushbu darslikni yaratishda qimmatli maslahatlarini ber-
gan iqtisod fanlari doktori, professor M.Q. Pardayev, iqtisod fanlari dok-
tori, professor B.A.Xasanov va ustoz-murabbiy, dotsent T.Sh. Shagiya-
sovlarga o‘z minnatdorchiliklarini bildiradi.




Download 2,53 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   429




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish