38
Bozor iqtisodiyoti sharoitida «Iqtisodiy tahlil»ning vazifasi ushbu
yuqorida ta’kidlangan vazifalar bilan cheklanmaydi. Bozor sharoitida
korxonalar faoliyati shu darajada serqirraki, tahlil jarayonida uning
hamma jihatlarini o‘rganish lozim bo‘ladi. Shu sababli ham, iqtisodiy
tahlilning vazifasi ham ko‘p qirralidir. Biz esa shu kabi vazifalarning
ayrimlarini sanab o‘tdik xolos. Ko‘rinib turibdiki, iqtisodiy tahlilning
vazifasi bozor munosabatlari shakllanayotgan bugungi sharoitda ham,
kelajakda ham korxonalar xo‘jalik faoliyatini uzluksiz yaxshilab borishi
uchun iqtisodiy dastak sifatida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.