|
Hozirgi kunda ishlatiladigan barcha
|
bet | 3/3 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 20,67 Kb. | | #111966 |
Bog'liq Motor moylarining klassifikatsiyasi 2Hozirgi kunda ishlatiladigan barcha dizelli dvigatellar uchun mo‘ljallangan moylar:
- CF, CF-4, CF-2 sinfidagi moylar yuk tashiydigan yuk avtomobillarining 4 taktli va 2 taktli dizellari uchun mo‘ljallangan moylar bo’lib, CE sinfi moylariga nisbatan yuvuvchi xossalari yuqori hisoblanadi.
- CG-2 sinfidagi moylar 1996 yildan chiqa boshlagan bo’lib, yeyilishdan va kuyishdan effektiv himoyalanishni talab qiluvchi og‘ir sharoitda ishlaydigan ikki taktli dizellar ekspluatatsiyasida qo‘llaniladi. Bu ekspluatatsiya sharoiti uchun bu moy CD moyiga nisbatan yaxshi tasnifga ega.
- CG-4 - sinfidagi moylar kategoriyasidagi moylar yuk avtomobillarining 4 taktli tez harakatlanadigan dizellari uchun mo‘ljallangan moylar bo’lib, CF-4 sinfi moylariga nisbatan yaxshi yuvuvchi xossalarga ega. Shuninigdek, ular yeyilishga qarshi, antikorrozion xossalarga ega bo‘lib, kam oltingugurtli (oltingugurt miqdori 0,05% dan kam) dizel yonilg‘ilari bilan birga yaxshi ishlaydi. Trassalarda ishlaydigan o‘ta yuklangan va yuk avtomobillarida ishlatiladi.Ilgari ishlab chiqarilgan dizellarda CF- 4 moyini almashtiradi;
- PC sinfidagi moylar yeyilishiga va kuyishiga qarshi xususiyati bo‘yicha talablarni qoniqarli ravishda qondirish uchun yo‘naltirilgan. Dvigatel konstruksiyasi va yonilg‘i spestifikatsiya-sidagi o‘zgarishlar ГОСT talablariga bog‘liq asoslangan. Bu moylar asosan trassalarda ishlaydigan yuklangan holatdagi yuk avtomobillariga mos keladi.
- CH-4 sinfidagi moylar 4 taktli avtomobil dizellarida uzoq muddatda almashtirilmasdan ishlatish uchun mo‘ljallangan. Oldin chiqarilgan dvigatellar uchun ishlatilgan CG-4 moylarini almashtiradi.
- CI-4 sinfidagi moylar hozirgi kunda ishlatiladigan barcha dizelli dvigatellar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, eski kategoriyadagi barcha moylarni to‘liq o‘rnini
bosadi. Universal moylar quyidagi ko‘rinishda belgilanadi: SF/CG, SG/CH, SH/CG, SJ/CH va h.
|
| |