Motor moylarining Хorijiy klassifikatsiyasi




Download 20.67 Kb.
bet2/3
Sana05.12.2023
Hajmi20.67 Kb.
#111966
1   2   3
Bog'liq
Motor moylarining klassifikatsiyasi 2
Цетан сони

4. Motor moylarining Хorijiy klassifikatsiyasi.


Mamlakatimizda zamonoviy avtomobillarni ishlab chiqarilishi va xorijiy rusimdagi avtomobillarini ko’payishi munosabatida xorijiy moylar ham ko’plab ishlatilmoqda.


Хorijiy motor moylari qovushqoqlik va ekspluatatsion tasniflari bilan klassifikatsiyalanadi. Moylarning qovushqoqlik klassifikatsiyasi SAE J 300 "Motor moylarining qovushqoqlik sinflari" standarti asosidadir. Shu standart bo’yicha 100 0C dagi va past haroratdagi moy qovushqoqligiga mos holda belgilanish kiritilgan.
Yevropa, AQSh, Yaponiya va boshqa davlatlarda SAE (avtomobil muxandislari jamiyati) klassifikatsiyasidagi yozgi, qishki va hamma mavsumda ishlaydigan moylar mavjuddir. Qishki moy W xarfi bilan ifodalanadi. Qovushqoqlik harorati bo’yicha SAE klassifikatsiyasidagi 10 tur moyi mavjud.
Qishki moylar quyidagicha belgilanadi: OW,5W,10W,15W,20W.
Yozgi moylari esa: 20, 30, 40, 50,60.
Qishki moyning sinfini ko’rsatadigan son qanchalik kichik bo’lsa, shunchalik qotish harorati kichik bo’ladi. Yozgi moyning sinfini ko’rsatadigan son qanchalik katta bo’lsa, moy yuqori haroratda o’zining qovushqoqligini shunchalik yaxshi saqlaydi va ishqalanib ishlaydigan qismlar orasida mustaxkam moy pardasini ta’minlaydi. Hamma mavsumli moy sinfini qovushqoqligi tire orqali belgilanadi.
Masalan, 10W - 40. Bunda sonlar orasidagi farq qanchalik katta bo’lsa, moy shunchalik katta harorat diapazonida ishlay oladi. SAE klassifikatsiyasi OW,5W,10W,15W,20W sinfidagi moylar uchun –180C va 100 0C haroratlardagi qovushqoqlik ko’rsatkichlari belgilanadi. 20, 30, 40 va 50 sinifidagi moylar uchun esa faqat 100 0C haroratdagi qovushqoqlik ko’rsatkichlari belgilanadi.
Yozgi moylar qo’yidagicha belgilanadi: SAE - 20, SAE - 30, SAE- 40, SAE -50.
Qishki moylar qo’yidagicha belgilanadi: SAE - 0W, SAE - 5W, SAE- 10W, SAE -15W, SAE- 20W.
Hamma mavsumda ishlatiladigan moylar qo’yidagicha belgilanadi: SAE 10W-40, SAE 15W-50, SAE 20W-50, SAE 15W-40.
Shuni eslatish kerakki, SAE sinfi faqat moyning qovushqoqligini tasniflaydi, uning vazifasi to’g’risida ma’lumot bermaydi.
Amerika neft instituti (API) tomonidan qo’yilgan motor moylapining klassifikatsiyasi 2-xil kategoriyaga bo’linadi: "S" (Servic) – karbyuratorli dvigatellar uchun va "S" (Commersial) - dizelli dvigatellar uchunishlatiladigan moylarga bo’linadi. Motor moylari dvigatelining ish sharoitiga mos bo’lishi shart. Moyning ekspluatatsion xossa kategoriyasi uni qo’llanish miqyosi bo’yicha aniqlanadi. Ular dvigatelning ishlash sharoitini moyning ekspluatatsion xususiyatiga bog’laydi. Moyning ishlash sharti ikkita harf bilan belgilanadi. Birinchisi dvigatelning tipini aniqlaydi (S-benzinli, S-dizelli). Ikkinchisi motor moylarini ekspluatatsion xususiyati darajasini belgilaydi (V, S, D, Ye, F, G, J, H).
Ko’p tarqalgan API moy klassifikatsiyasi benzin dvigatellari uchun qo’yidagi kategoriyalarni belgilanadi: SB, SC, SD, SE, SG, SH, SJ.
Dizel dvigatellari uchun: CV, CS, CE, CG-4, CG-2, CG-6.
Universal moylar ikkita ko’rinishda belgilanadi: SF/CD, SG/CE, SH/CC, SJ/CE.
Avtomobillarning ekspluatatsion ko’rsatgichlari va boshqa texnika vositalarida API sifat kategoriyasi, hamda SAE qovushqoqlik sinflari bo’yicha qo’llanishi ko’rsatiladi.
API bo’yicha karbyuratorli dvigatellarning ishlash kategoriya shartlari:
-SH va SD sinfidagilar (1989 yilda ishlab chiqarilgan) yuqori yuklanishda va og’ir ekspluatatsion sharoitda ishlaydigan yuqori forsunkalangan, nadduvli dvigatellar uchun belgilangan.
- SG - benzin dvigatelli yengil va yengil yuk avtomobillar uchun bo’lib, ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan kafolat davrigachadir. Bu kategoriyali moylar SS kategoriyali dizel moylari xossalarini o’zida mujassamlashtirgan.
- SG-2 moyi oqishdan yaxshi saqlashni ta’minlaydi, oksid-lanishdan va yeyilishdan yuqorida ko’rib o’tilgan moylardan yaxshiroq saqlaydi. Bundan tashqari zanglashdan va korroziyadan saqlashni juda yaxshi ta’minlaydi;
-SH - kategoriyali moylar 1992 yilda motor moylari tasnifi uchun qabul qilingan. 1993 yilda chika boshladi. Bu moylar zamonaviy benzin dvigatellari va oldin chiqarilgan yengil avtomobillar, mikroavtobuslar va yengil yuk avtomobillari uchun ishlab chiqaruvchi zavod orqali ekspluatatsiyaga chiqarilgan. Bu kategoriyali moylar zanglash, yeyilish, oksidlanish natijasida hosil bo’lgan moylarni almashtirishda ishltiladi;
- PS kategoriyali moylar 1994 yil qabul qilingan. Bu turdagi moylar benzin dvigatelli va dizelli yengil avtomobillar, yengil yuk avtomobillari va mikroavtobuslari uchun ishlatiladi ;
- SJ - kategoriyali motor moylari 1996 yil oxirida qabul qilingan.
API bo’yicha dizel dvigatellarini ishlash kategoriya shartlari:
- CD - yeyilishdan va kuyishdan o’ta samarador himoyalanishni talab
qiluvchi yoki sifati bo’yicha oson farq qiladigan hamda qovushqoqligi past yonilg’i ishlatiladigan trubonadduvli va nadduvsiz dizellar uchun ishlatiladi. Yuqori haroratda kuyish va podshipnikni korroziyalanishdan saqlaydi;
- CE - 1983 yilda chiqa boshlagan va past tezliklarda va yuqori kuchlanishda hamda yuqori tezlikda va yuqori kuchlanishda ishlovchi forsunkalar trubonadduvli dizellarda qo’llaniladi;
- CG-4 to’rt taktli tez harakatlanadigan dizellarda foyda-laniladigan moylarni tasniflaydi. Bu moy porshenda kam kuyishni va moy xarajatlarni kamayishini ta’minlagan holda SE kategoriyasiga talabni oshiradi. Trassalarda ishlaydigan o’ta yuklangan yuk avtomobillarida ishlatiladi;
- CG-2 - yeyilishdan va kuyishdan effektiv himoyalanishni talab qiluvchi og’ir sharoitda ishlaydigan ikki taktli dizellar ekspluatatsiyasida qo’llaniladi.


Download 20.67 Kb.
1   2   3




Download 20.67 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Motor moylarining Хorijiy klassifikatsiyasi

Download 20.67 Kb.