Ms Windows 7,8,10 Operatsion Tizimlari Va Ulardagi Yangi Imkoniyatlari Va Qulayliklari




Download 34.87 Kb.
Sana27.02.2024
Hajmi34.87 Kb.
#163533
Bog'liq
Ms Windows 7,8,10 Operatsion Tizimlari Va Ulardagi Yangi Imkoniyatlari Va Qulayliklari.
metrologiya, VJI3rGkqoMCC24xswu9o8NOm6YrgsXhrgAHfd1Ce, dars ishlanma 9, Test savollari mexatronika tayyor, jo rayev-jahongir (1), ”Ikki eshik orasi “ romanida zamon, qahramon munosabatlarining badiiy talqini, Eyler almashtirishlari, moskva-stolica-2 u01o1, Оптика Ландсберг 2003 расп, sdasturlash tilini organish, Reja Lazer tarixi. Lazer nurining asosiy xususiyatlari. Lazer n-fayllar.org, Lazerlar va ularning amaliyjtdagi o\'rni.Sh Sodiqova.pdf 2, Asrning 90-yillarigacha bo’lgan davrda tarbiya, maktab va ta’lim, Funksiyanin, 2007-yil Toshkent Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilinishin

MAVZU:Ms Windows 7,8,10 Operatsion Tizimlari Va Ulardagi Yangi Imkoniyatlari Va Qulayliklari.

Reja:




  1. Operatsion tizim tushunchasi.

  2. OT ni tashkil etuvchilari va buyruqlar.

  3. Windows OT imkoniyatlar.

  4. Linux OT qadamma-qadam o'rnatish.

Windows operatsion sistemasi haqida ma`lumot. Windows operatsion sistemasining kelib chiqish tarixi.
Zamonaviy kompyuter yordamida ishlash uchun mo’ljallangan ushbu bo’lim, Windows operasion tizimida ishlash uchun mo’ljallan-gan bo’lib, unda Windows operasion tizimi xaqida ma’lumot va ana shu operasion tizimdagi ba’zi bir eng ko’p ishlatiladigan dasturlar bilan ishlash yoritilgan.
Windows bu operasion sistema (OS). Ya’ni inson bilan kompyuterni o’zaro bog’lash uchun qo’llaniladigan vositalardan biri. OSning turlari juda ko’p bo’lib, ulardan MS DOS, OS/2,UNIX va hokazolar. Bulardan eng ko’p tarqalgani MICROSOFT kompaniyasi-ning Windows operasion tizimlaridir. Ularda ishlashning qulayligi - ekran elementlarining soddaligi va ish stolidan kerakli vaqtda foydalanish uchun ko’rinib turishidir.
Windows - oynalar degan ma’noni anglatadi. Microsoft (MS) firmasining dastur mahsuli bo’lib, maxsus tayyorgarlikka ega bo’lmagan kompyuterdan foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan operasion tizimdir. Uning asosiy maqsadi - kompyuterdan foydalanish-ni iloji boricha sodda va o’rganish uchun oson, shu bilan birga, foydalanuvchiga mumkin qadar keng imkoniyatlar yaratish holiga keltirishdir. Mazkur talablarga javob beruvchi MS Windows 2000 operasion tizimi 2000 yildan ishlatila boshlangan.
Operatsion tizim - bu maxsus dastur bo’lib, bu dastur asosiy vazifasi - kompyuter ishini boshqarish, kompyuter va foydalanuvchi o’rtasida muloqotni o’rnatish, tashqi qurilmalar ishlash holatlarini sozlash va ular bilan muloqotni o’rnatish, har xil dasturlarni ishga tushirish va ular ishlash holatlarini ta‘minlash.
Operatsion tizimlardan eng taniqlilari bu Microsoft firmasining MS-DOS va Windows dasturlari, Apple firmasining Macintosh dasturi, Unix va Linux dasturlari.
Dunyoning 70% kompyuterlari Microsoft korporatsiyasi tomonidan yaratilgan operatsion tizimlar bilan jihozlangan. Bo’lardan 1981 yilda yaratilgan - MS-DOS dasturi, 1991 yilda yaratilgan - Windows 3,1 dasturi, 1995 yilda yaratilgan - Windows 95 dasturi, 1998 yilda yaratilgan – Windows 98 dasturi, 2000 yilda yaratilgan - Windows 2000 dasturi, 2001 yilda yaratilgan - Windows Millennium Edition va Windows XP dasturlari. Windows dasturning taniqli bo’lishining asosiy sababi bu - ish jarayoni soddaligi, ko’p vazifali rejim, bir xil ishlash interfeysi va boshqa qulayliklar. Boshqa operatsion tizimlarga o’xshab Windows dasturi ham kompyuter xotirasiga kompyuter yoqilish vaqtda avtomatik ravishda yuklanadi.
Hozirgi kunda keng ommaga taqdim qilinadigan kompyuterlarga WINDOWS operatsion tizimlari o’rnatilib taqdim etilayapti. Agar kompyuterlar ilgariroq olingan bo’lsa, bu kompyuterlarga ham WINDOWS operatsion tizimlarini o’rnatish mumkin.Buning uchun ma’lum shartlar (resurslar) bajarilishi shart. WINDOWS 95/98 operatsion tizimlarini o’rnatish uchun WINDOWS 95 ning minimal varianti uchun 50 Mb hajm vinchesterda bo’sh joy, 8 Mb operativ xotira va protssesor eng kamida ( ishlash taktik chastotasi 66 Mgs) 486 bo’lishi lozim. WINDOWS 98 operatsion tizimini o’rnatish uchun eng kamida 16 Mb operativ xotira, 120 Mb dan 295 Mb gacha qattiq diskda bo’sh joy bo’lishi lozim. Agar Windowsning imkoniyatlaridan foydalanmoqchi bo’lsangiz, Pentium kompyuterlariga WINDOWS tizimini o’rnatganingiz ma’qul.
WINDOWS foydalanuvchi uchun qulay bo’lgan ko’pgina imkoniyatlarga ega bo’lgan dasturiy muhitdir. Uning imkoniyatlari MS DOS dan sezilarli darajada yuqori. Windows muhitida ishlashda foydalanuvchi ko’p qulayliklarga ega bo’ladi. Bunda fayl va kataloglarning nusxasini olish, ko’chirish, qayta nomlash, o’chirish va hokazo amallar tez va yaqqol bajariladi. Shu bilan birga bir paytning o’zida bir necha katalog bilan ishlash imkoniyatiga ega.
Windows bir paytning o’zida bir necha masalalarni echish qobiliyatiga ega. Yagona interfeysga, ya’ni Windows turli lahjalari va dastur ilovalari bilan ishlashning standart qoidalariga egaligi muhimdir.
Hozirgi kunda Windows millionlab foydalanuvchilarning e’tiborini o’ziga tortdi. Microsoft firmasi Windowsni takomillashtirish borasida tinimsiz ish olib bormoqda. Windows operatsion sistemasi amaliy dasturlarni ishlatish imkoniyatini beradi. 32 razryadga mo’ljallangan amaliy dasturlar interfeysi Application Programming Interface (API) ùozirda ko’p ishlatiladigan tarmoq operasion tizimlar- Windows NT yordamida ishlaydigan amaliy dasturlar bilan bemalol ishlashi mumkin. Bu esa amaliy va operasion tizimlarni qo’llaydigan yangi dasturlar yaratish imkoniyatini beradi. Hatto kompyuter tarmoqlarini ishlatish va tizim adminstratorlari (boshqaruvchilari)dan foydalanish jarayoni qator qulayliklarga ega bo’ldi. Windows operatsion sistemasining (windowsOPning aynan yangi versiyalarida) ishchi holatida saqlab turish va uni o’rganish ilgarigiga nisbatan kam vaqt va urinishlarni talab qiladi. Tizim shunday «aqllilashganki», u qator murakkab amallarni o’zi mustaqil bajaradi. Bunday amallar sifatida periferiya qurilmalarining ishlashini ta’minlash, foydalanuvchi muhitini qayta o’zgartirishni (yangi imkoniyatlarni qo’shish) va boshqalarni keltirishimiz mumkin.
Windows dasturning taniqli bo’lishining asosiy sababi bu - ish jarayoni soddaligi, ko’p vazifali rejim, bir xil ishlash interfeysi va boshqa qulayliklar.
Boshqa operatsion tizimlarga o’xshab Windows dasturi ham kompyuter xotirasiga kompyuter yoqilish vaqtda avtomatik ravishda yuklanadi. Windows so’zi inglizcha “window”-oyna degan ma’noni anglatadi. Windowsoynalar, ya’ni Windows operatsion tizimida oynalar bilan ishlaydi. Microsoft (MS) firmasining dastur mahsuli bo’lib, maxsus tayyorgarlikka ega bo’lmagan kompyuterdan foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan operasion tizimdir. Uning asosiy maqsadi - kompyuterdan foydalanish-ni iloji boricha sodda va o’rganish uchun oson, shu bilan birga, foydalanuvchiga mumkin qadar keng imkoniyatlar yaratish holiga keltirishdir. Mazkur talablarga javob beruvchi MS Windows 2000 operasion tizimi 2000 yildan ishlatila boshlangan. MS Windows 2000 murakkab dasturlar majmui bo’lib, shu bilan birga foydalanish uchun qulay operasion tizimdir. Windowsning avvalgi lahjalari (masalan, Windows 3.0, 3.1, 3.11, 3.12) asos sifatida MS DOSni qabul qilgan bo’lsa, Windows 2000, Windows 2000 o’zi mustaqil bo’lib, kompyuterda boshqa bir operasion tizimning bo’lishini talab qilmaydi. Lekin shu bilan birga bu muhitda MS DOS va Windowsning eski lahjalari bilan ishlash imkoniyati saqlangan. Operasion tizim sifatida MS Windows 98/2000 quyidagi afzalliklarga ega:
O’zlashtirishda nihoyatda oddiy va imkoniyatlaridan foydalanish ko’lami qulay u yuqori samaradorlikka ega va mazkur xususiyati bilan Windowsning istalgan avvalgi lahjalaridan keskin farqlanadi. Xususan, Microsoft firmasi yangi 32 razryadli yadroni tadbiq etish bilan samaradorlik va ishonchlilikni keskin oshirishga erishdi;
Iste’molchi atiga bitta dasturiy ta’minot mahsulotini xarid qilib, qator muhim imkoniyatlarni qo’lga kiritadi: universal tarmoq mijoziga aylanadi, elektron pochtadan foydalana oladi, multimedia vositalaridan bahra oladi va hokazo; sodda dasturlar majmui yuqori unumlilikka ega.
Bundan tashqari Windows bilan ishlaganda uzun, ko’p belgili fayl nomlarini ishlatish mumkin, ularda hatto bo’sh joyni ishlatish mumkin, ixtiyoriy ob’ektni ekranning istalgan joyiga kontekstni (MATN parchasini) chaqirish va kontekstli menyu yordamini olish mumkin. Windowsning samarali ishlashi uchun kerak bo’lgan kompyuter konfigurasiyasi:
Pentium-I va undan yuqori mikroprosessori;
16 Mbaytdan yuqori sig’imli tezkor xotira;
vinchesterda 500 M baytdan ortiq xotira sig’im;
xotira 1 Mbaytdan kam bo’lmagan vidioadapter.
Windows operatsion sistemasining taqdim etilishi bu ko`pgina imkoniyatlarning ya’ni ayniqsa kompyuterni ishlata olish imkoniyatini bir necha ko`p martaga oshirdi va ko`pgina qulayliklari mavjuddir.
Windows muhitida ishlash natijasida foydalanuvchi ko’pgina qulayliklarga ega bo’ladi. Bunda fayl va kataloglarning nusxasini olish, ko’chirish, qayta nomlash, o’chirish va hakozo amallar tezda va yakkol bajariladi. Shu bilan birga bir paytning uzida bir necha kataloglar bilan ishlash ikoniyatiga ega.
Bu dastur bir paytning o’zida bir necha masalalarni yechish, ixtiyoriy printer va displey (adapter) bilan ishlash, MS DOS dasturlari bilan ishlash qobiliyatiga ega.
Yagona interfeysga, ya’ni Windows turli versiyalari dastur ilovalari bilan ishlashning standart qoidalariga egaligi muhimdir.
Hozirgi kunda Windows millionlab foydalanuvchilar e’tiborini o’ziga jalb etmoqda. Microsoft firmasi Windowsni takomillashtirish borasida doimo ishlamoqda. Shu bilan birga turli dastur ilovalarining yaratilishi Windowsning imkoniyatlarini yanada oshirmoqda. Bu Microsoft Word, Page Maker, Excel, CorelDraw va hakozolardir.
Windowsning imkoniyatlari.
Windows operatsion muhiti quyidagi imkoniyatlarga ega:
 Universal grafika - Windows dasturlarining qurilmalarga va dastur ta’minotga bog’liqsizligini ta’minlaydi.
 Yagona interfeys - Windowsda foylalanuvchining muloqoti yagona, ya’ni turli dasturlar bilan ishlash qoidalari umumiy. Shuning uchun yangi dastur bilan ishlaganingizda bu qoidalardan foydalanishingiz mumkin.
 Mavjud dastur ta’minoti bilan muvofiqligi - Windows MS DOSning barcha amaliy paketlari, taxrirlagichlari, elektron jadvallari ishini to’la ta’minlaydi.
 Ko’p masalaligi - Windows bir paytning o’zida bir necha masalani hisoblaydi, bir dasturdan boshqasiga o’tishni ta’minlaydi.
 Mavjud operativ xotiradan to’liq foydalanish imkoniyati - Windows mavjud operativ xotiradan to’la foydalana oladi. Qurilma resurslaridan ham to’liq foydalanadi. Bu qurilmalar bilan muloqotni o’zi ta’minlaydi.
 Ma’lumotlar almashuvi - Windows dasturlararo ma’lumotlar almashish imkoniyatlariga ega. Bu maxsus Clipboard (ma’lumotlar buferi), yoki DDE (ma’lumotlarning dinamik almashuvi, ya’ni boshqa dastur natijalaridan foydalanish), yoki OLE (ma’lumotlardan ularni taxrirlagan holda foydalanish) yordamida amalga oshiriladi.
11. O’rnatilish yakuniga yetdi. Windows 8 ishchi stoli avtomatik tarzda ishga tushadi. Bemolol unga qo’shimcha dasturlar o’rnatib undan foydalanishingiz mumkin.
Windowsni yuklash uchun MS DOS operatsion tizimi buyuruqlar satrida win buyrugi klaviatura orqali kiritilib Enter bosiladi yoki NCdarachasidan WINDOWS katalogiga kirib,win.com fayli ustiga ko’rsatkich keltirib Enter bosiladi. Natijada ekranda dastlab WINDOWS belgisi tushurilgan zarvaraq, so’ngra taminlash dasturi ochiladi.
Zamonaviy kompyuterlarda Windowsning zikr etilgan oxirgi versiyalari ishlatilyotganligi sababli ular asosiy operatsion tizimiga aylangan MS DOS operatsion tizimi va NC qobiq dasturlari va ular asnosida yaratilgan dasturlarga extiyoj bir oz susaydi. Shu bois ko’pchilik kompyuterlar yuklanishi bilan Windows 8 operatsion tizmi bevosita ishga tushadi.Uning tartibidagi boshqa dasturlarga murojat etish Pusk (yuklash) tuugmasi yordamida bajariladi. Windowsdan chiqish uchun Pusk tugmasinig Zaversheniye raboto bandiga kirib u yerda kompyuterni o’chirish, qaytadan ishga tushurish, MS DOS rejimida ishga tushurish,yoki kompyuter ishlashni vaqtincha to’xtatish kabi ishlarni bajarish mumkin. Alt-F4 tugmalarni birgalikda bosib Windowsdan chiqish xam mumkin,bunda chiqish haqidagi kompyuter so’roviga OK (Ha)ni "sichqoncha" ko’rsatkichi bilan tanlab javob berish zarur.
Ayrim kompyuterlarda yuklash jarayoni foydalanuvchi tomonidan o’zgartirlgan bo’lishi ham mumkin. Windows 8 ish stoli va uning yorliqlari. Windows dasturi yuklanganidan keyin ekranda Windows 8 dasturining taminlash darchasida "Ish stoli" xosil buladi. Ish stolida tizim va amaliy dasturlarga mos keluvchi yorliqlarning turli ko`rinishlari xosil bo`ladi. «MOY KOMPYUТER» (Mening kompyuterim)- disklar bilan ishlash,yangi fayl va kataloglar yaratish, kompyuterning va tashqi qurilmalarni sozlash kabi vazifalarni bajaradi. «MOY DOKUMENТI»(Mening xujjatlarim)-Foydalanuvchining amaliy ishlangan xujjatlari jamlanadi. «PROVODNIK» (Boshlovchi )-fayl va kataloglar ustida amallar, fayllarni izlash va ishga tushurish kabi vazifalarni bajrishga mo’ljallangan. «PORТFEL»- Internet tizimida foydalanish uchun tanlangan hujjatlar saqlanadi.
«KORZINKA»-nokerak dasturlar, fayllar va kataloglar uzil-kesil yo’qotilishi oldidan vaqtincha saqlash uchun mo’ljallangan dastur . Ayni vaqtda kompyuteringzda Windowsning ingilizcha yoki ruscha versiyasi o’rnatilgan bo’lishi mumkin. Windows ning ingilizcha versiyasi kompyuteringizda o’rnatilgagn bo’lsa, tizim va tatbiqiy dasturlar yorliqlari ingilizcha tavsifda berilgan bo’ladi. Shuni eslatib o’tamizki, Windows 8 versiyalarining taminlash dasturi Windows 98, XP va Windows7 versiyalaridan farq qiladi . Ish stoliga yangi jild yoki yoriqlarni qo’shish uchun "sichqoncha" ning o’ng tugmasi biror bo’sh joyda bosiladi va hosil bo`lgan muloqot darchasidan Sozdat bandi faollashtiriladi. Natijada hosil bo’lgan ikkilamchi muloqot darajasidan kerakli bo’limi tanlab olinib, ish stolida tizim bo’yicha yangi yorliq yoki jild hosil qilinadi.So’ngra ularga zaruriy dasturlar majmuasini joylashtirish va nom berish orqali foydalanishimiz mumkin.
Windows 8 OT ning Pusk tugmasi va uning bo’limlari va u bilan ishlash. Ish stolida mavjud yorliq va jildlardan foydalangan holda tizim yoki amaliy dasturlarni bevosita faollashtirish va yuklash imkoniyatiga ega bo’lamiz.Shu bilan birga kompyuter xotirasida mavjud barcha dasturlarni ish stolida hosil qilish maqsadga muvofq emas. Bu dasturlarga murojaat etishning samarali usuli Pusk (Yuklash) tugmasini ishga tushirishdir. Pusk tugmasi yordamida Все программиы bo’limiga murojaat etilganda, ikkilamchi daraja hosil bo’lib, unda foydalanuvchi o’zi uchun zarur deb hisoblagan dasturlarni tanlashi mumkin. Bu dasturlar orasida asosiylari virusdan kompyuterlarni himoyalovchi, fayllarni arxivlashtiruvchi, Office, standart, boshlovchi va amaliy dasturlar hisoblanadi. Mazkur menyuga yangi bo’limlar yoki bandlar qo’shish uchun Nastroyka bo’limida Panel zadachi menyu "Pust" bandi orqali Panel zadach muloqatli darchasiga kirib, Nastroyka menyu qismiga o’tiladi.
Linux OT qadamma-qadam o'rnatish.
Live rejimda Fedorani o'rnatish. Live rejimda ishlaganimizda Linuxni kompyuterga o'rnatmasdan ishga tushiramiz. Kompyuterni live rejimdan keyin qayta yuklagan vaqtda tizim yuklanmaydi. Agar biz live rejimdan keyin Windows tizimini yuklasak, tizim live rejimdan oldin qanday holatda turgan bo'lsa shunday holatda yuklanadi. Live rejimda ishlaganimzda Fedorani o'rnatmasdan uning qanday holatda bo'lishini ko'rishimiz mumkin. Red Hat Enterprise Linux da live rejim taklif qilinmagan.
Tizimni yuklash. Fedorani yuklashdan oldin, o'rnatish yoki live rejimga o'tish oynasi chiqishdan oldin, Linux hotiraga o'qilishi kerak. Ushbu jarayonga minimal RAM uchun bir necha daqiqa sarflanadi. Tizim ishga tushirilayotgan vaqtda, avtanom tarzda yuklanishi uchun 10 soniya kutib turiladi.
Agar biz tizimni Fedoraning Desktop Live Mediadan o'rnatmoqchi bo'lsak, GNOME desktop menegerni o'rnatish lozim. Qachonki biz Fedoraning Desktop Live Mediadan o'rnatganimizda avtanom tarzda liveuser nomi ostida foydalanuvchi qayd yozuvini yaratgan holda tizimga kirib GNOME ishchi oynasi ochiladi.
Agar biz Fedora KDE live Mediadan o'rnatmoqchi bo'lsak, KDE desktop menegerini o'rnatishimiz kerak bo'ladi. Tizimni qattiq diska o'rnatish. O'rnatish boshlanagan vaqtda Fedoraning asosiy oynasi ochiladi va bunda hech qanday amal bajarilmadi, keyingi qadamga o'tadi.
Keyingi qadamda o'rnatilmoqchi bo'lgan tizimning tili tanlanadi. Tanlangan til bir vaqtning o'zida soatlar oraligini sozlanmasini sozlab beradi. Keyingi qadamda klaviatura tili tanlanadi.
Fedorada tizimni har xil tipli saqlash qurilmalariga o'rnatish mumkin. Oddiy saqlash qurilmasi yoki maxsus saqlash qurilmasiga o'rnatish mumkin. Biz tizimni o'rnatishda oddiy saqlash qurilmasi-qattiq diskka o'rnatamiz. Saqlash qurilmasini tanlashimizda, ishchi oynada barcha qurilmalarning ro'yhati chiqadi.
Har bir saqlash qurilmasi, alohida qatorlarda ko'rsatiladi. Agar biz bir nechta saqlash qurilmasini tanlab ko'rsatsak, anaconda funksiyasi qaysi qurilmaga OT o'rnatilishi va qaysi qurilmaga fayl tizimi qo'shilishini aniq ko'rsatishni talab etiladi.
Yuqoridagi oynaning chap tomonida barcha saqlash qurilmalari joylashgan bo'lsa, o'ng tomonda o'rtalishi kerak bo'lgan saqlash qurilmasi ro'yhati joylashgan. Agar bizning kompyuterimizda oldin Fedora yoki Red Hat Linux OT o'rnatilgan bo'lsa, tizimni yangilash taklif etiladi.
Keyingi qadamda root foydalanuvchisi parollari kiritiladi va bu root foydalanuvchisining tizimdagi o'rni juda muhim hisoblanadi, shuning uchun unga qo'yiladigan parol esdan chiqmasligi lozim. Root foydalanuvchisi Windows OT dagi administrator foydalanuvchisi bilan bir darajadai foydalanuvchi hisoblanadi. Root foydalanuvchisi yordamida dasturlar paketi, tizimni yangilash va tizimga hizmat ko'rsatish kabi amallar bajariladi.
Tizimni yuklovchi qismini sozlashda GRUB funksiyasidan foydalaniladi. GRUB (Grand Unified Bootloader) - odatiy holatda tizimni yuklovchi funksiya hisoblanadi (grub DOS, Windows kabi OT lar muhitida ishlamaydi).
Agar kopmyuterda boshqa OT lar bo'lmasa yoki ularni o'chirib tashlasak, GRUB odatiy holatda o'rnatiladi. Agar kompyuterda boshqa OT lar o'rnatilgan bo'lsa, Fedora avtanom tarzda ularni aniqlaydi va yuklanishini sozlaydi. Barcha sozlanmalar amalga oshgandan keyin tizim qayta yuklanib, foydalanuvchilar qayd yozuvi sozlanadi. Shu bilan tizim ishga tayyor holatga keladi.

Xulosa:
Men bu mavzuni yoritishda o`z xulosam deb shuni ayta olamanki ma`lumki, insoniyat ibtidoiy jamoa tuzumi davridanoq o`zining jismoniy mеhnatini yengillatish maqsadida ko`plab tеxnologiyalarni vujudga kеltirgan ya’ni ular qo`l mеhnatini yengillatish uchun qurol yasab tеxnik mеxanizmlar yaratishga asos soldi. Jamiyat taraqqiyotining olg`a siljishi eng avvalo inson omiliga bog`liqdir. Shuning uchun ham inson o`z tafakkuri aql-zakovatini ko`proq ijodiy ishlariga jalb qilish shartligi e`tirof etilmoqda. Yangidan yangi tеxnik qurilma va vositalarni kashf qilish insonni o`z yashash sharoitiga, qilayotgan ishiga, ilmiy-tеxnik izlanishlariga ijodiy yondashish samarasidir. XX asrga kеlib insoniyat qo`l mеhnatinigina emas, balki aqliy mеhnatini ham yengillatish ustida anchagina izlanish olib bordi. Bu yo`lda ko`plab tеxnik qurilmalar yaratildi va amaliyotga tadbiq etildi. Xuddi shunday tеxnik qurilmalardan biri kompyutеr – elеktr hisoblash mashinalari (EHM) dir.


Har birimizga ma`lumki ta’limning bugungi vazifasi o‘quvchilarni kun sayin ortib borayotgan axborot — ta’lim muhiti sharoitida mustaqil faoliyat ko‘rsata olish, turli sohalarda zamonaviy axborot texnologiyalarini samarali qo‘llash va axborot oqimidan oqilona foydalanishga o‘rgatishdan iborat.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. Mirziyoyev . Sh. M. ” Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. –T.:O’zbekiston 2017-y.


2.Тayloqov.N va boshqalar. «Informatika va ХТ asoslari». 1-2 qismlar, Тoshkent, «O’qituvchi». 2012 yil.
3. Abduqodirov va boshqalar. «Informatika va ХТ asoslari» . 8-9 sinflar uchun. Тoshkent, «O’qituvchi»,2006 .
4. B.Boltayev va bosh. – «Informatika darsliklari» Тoshkent-2014 5. Azlarov Т. – «Informatikadan davlat ta’lim standartlari» Figurnov V.E. «IBM dlya polzovatelya». Moskva 2010.
Download 34.87 Kb.




Download 34.87 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ms Windows 7,8,10 Operatsion Tizimlari Va Ulardagi Yangi Imkoniyatlari Va Qulayliklari

Download 34.87 Kb.