Мухаммад Ал-Хоразмий номидаги Тошкент Ахборот Технологиялари Университети




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/26
Sana15.05.2024
Hajmi1,42 Mb.
#236504
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
kmp tsh2 atmega128gb

-4- 
 
O’rnatilgan tizimlarda axborotlarni kiritish/chiqarish. 
 
Kompyuter 
tarmoqlarining 
rivojlanishi 
taqsimlangan 
axborot boshqaruv 
tizimlarinini rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Integral mikrosxemalarining rivojlanishi 
boshqaruv obyektlarining mikroprotsessorlarini (MP) ish jarayonini o‘zgarishiga 
sabab bo‘ldi. Yangi texnologiyalar kiritish sharoitida mutaxassislar oldida 
texnologiya jarayonlarini o‘rnatish tarkibiy qismlarining qo‘llanilishi, zamonaviy 
texnologiyalar asosida tarmoq yaratish kabi masalalar tadqiqoti dolzarblashdi. 
Xususan, mikrokontrollerlar asosida dasturiy boshqariladigan qurilmalarni yaratish 
dolzarb masalalardan hisoblanadi. Buning uchun qurilmalarga dastur yaratish 
jarayonini amalga oshirish zarur bo‘ladi. Foydalanilayotgan platada asosiy modulli 
mikrokontroller ATmega128 bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari, platada turli 
periferiya qurilmalari, kuchlanish stabilizatori va yordamchi qurilmalar mavjud. 
 
SN ATMega128A platasining umumiy ko‘rinishi
Kontroller modul platasi to‘g‘irlagich va kuchlanish stabilizatori bilan jihozlangan. 
Kirish kuchlanishi 6–15 V. Plata manbaga ulanishi bilan mos svetodiodlar yonadi. 
Mikrokontrollerni ISP va JTAG interfeysi orqali dasturlash mumkin. MK 
chiqishlari multipleksorga ulangan bo‘lib, uning vazifasi mikrokontrollerning 


chiqishlarini kerakli funksiyalar uchun ulashga kerak bo‘ladi. Mikrokontroller 
ATmega128 ikkita ketma-ket interfeys bilan jihozlangan bo‘lib, signallari RS-232 
pog‘onasiga MAX232 o‘zgartirgich bilan o‘zgartirilgan. Plataga qo‘shimcha xotira 
— 4 Mb Atmel AT45DB041B Flash-xotira o‘rnatilgan. Xotira mikrokontroller 
bilan SPI interfeys orqali ulangan va uni ma’lumotlarni saqlash uchun 
foydalaniladi. Qurilma modullarini boshqarish uchun mikrokontroller kiritish 
chiqarish portalirini moslashtirish kerak bo‘ladi. 
 
Kiritish chiqarish portlarini tashkillashtirish
Plataning modullari sxemasida har bir modulning kiritish va chiqarish ulanish 
portlari ko‘rsatilgan. Dasturlash jarayonida aynan keltirilgan portlar orqali 
murojaat etiladi. Platada sozlash jarayonlarini amalga oshirishda bir qancha 
dasturlash muhitlari mavjuddir. Ushbu muhitlardan biri — AVR Studio 4 muhiti 
hisoblanadi. 
AVR Studio 4 — bu ishlab chiqarish muhiti bo‘lib, (IDE, Integrated Development 
Environment), AVR-operatsion tizimlar uchun juda ham qulay muhit hisoblanadi. 
Ushbu muhit 8 razryadli AVR RISC mikrokontrollerlari uchun dasturiy muhit 
hisoblanadi. Muhitda assembler va S (si) dasturlash tillaridan foydalaniladi. 


AVR Studio 4 muhiti oynasi
Hosil qilingan dastur .hex kengaytmali faylini mikrokontrollerga yuklab boshqaruv 
qurilmalarini ishga tushiramiz. Uning uchun maxsus dasturiy muhitlar mavjud 
bo‘lib, ulardan AVRDUDE muhitidir. 
AVRDUDE oynasi
Xulosa qilib aytganda, o‘rnatilgan tizimlarni boshqarish dasturiy ta’minotini SN 
ATMega128A platasida sozlash afzalliklaridan tashqari, yaratilgan dasturiy 
ta’minotni qurilmalarga yuklab, ish jarayonini vizual kuzatishda bir qancha 
muammolar kelib chiqadi. Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun SN 
ATMega128A platasida sozlash ishlari amalga oshiriladi. Bundan tashqari, 
keltirilgan dasturiy muhitlar foydalanuvchi uchun tushunarli va qulay bo‘lishi bilan 
birga, murakkab o‘rnatilgan tizimlar uchun dasturni yaratish jarayonining 
oddiyligi, mikrokontroller turlarining mavjudligi, ularning qurilmalarini ish 
jarayonini tarkibiy qismini ishlash imkoniyatining mavjudligi va boshqa 
imkoniyatlarga ega. 



Download 1,42 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Мухаммад Ал-Хоразмий номидаги Тошкент Ахборот Технологиялари Университети

Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish