Adabiyotlar tahlili va metodologiya




Download 295,19 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana22.12.2023
Hajmi295,19 Kb.
#126519
1   2   3   4   5
Bog'liq
xavf-xatarlarni-keltirib-chiqaruvchi-omillar-xavf-xatarlarni-aniqlash-usullari-muammo-va-yechim
Eritmalar, Pardozlash va issiqlik materiallari , 10-mavzu 6-s
Adabiyotlar tahlili va metodologiya. Ushbu 
maqolani yozishda bir qancha mavzuga oid 
adabiyotlar, ilmiy maqolalar o‘rganib chiqilgan. Ularni 
orasida axborot tizimlariga tahdidlarni tadqiq qilishda 
F.Muxtorov, 
A.Umarov, 
A.Ro‘zaliyevlarning 
“Axborot 
tizimlarida 
xavfsizlik 
tahdidlarining 
tasnifi”[1] va D.Tojimatov, J.Mirzayevlarning “Use of 
Artificial 
Intelligence 
Opportunities 
for 
Early 
Detection of Threats to Information Systems”[2] 
maqolalari, xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va 
boshqarishni 
tashkil 
qilishda 
F.Muxtarovning 
“Axborot xavfsizligi xavflarini tahlil qilish uchun 
ierarxik aktivlarni baholash usuli”[3] maqolasi tarmoq 



Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU 
Farg‘ona filiali “Al-Farg‘oniy avlodlari” 
elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 
Tom: 1 | Son: 3 | 2023-yil 
"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific 
journal of Fergana branch of TATU named after 
Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 
Vol: 1 | Iss: 3 | 2023 year 
Электронный научный журнал "Потомки Аль-
Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени 
Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 
Том: 1 | Выпуск: 3 | 2023 год 
https://doi.org/10.5281/zenodo.8317695 
https://al-fargoniy.uz/ 
https://journals.indexcopernicus.com/search/article?articleId=3712367 
xatoliklari haqida ma’lumot olishda Kamolovich B. E. 
“Tarmoqlarda uzatiladigan ma’lumotlarni xatoliklarini 
bartaraf etish usullari”[4] maqolasi o‘rganilib, ulardan 
iqtiboslar keltirilgan. 
Natijalar. Tahdid tushunchasi. Ma’lumki 
tahdidlar tabiiy va sun’iy turlarga bo‘linadi. Axborot 
xavfsizligi sohasida tahdidlarni o‘rganish juda muhum 
hisoblanib, maxsus kanallarga bo‘ladigan ehtimoliy 
xavf-xatarlarni bartaraf etish aynan tahdidni aniqlash 
va uni darajasini to‘g‘ri baholagan holda ta’sirini 
kamaytirishga bog‘liq.
Tabiiy tahdid tabiat hodisalari tufayli vujudga 
kelishi ehtimolligi yuqori bo‘lgan favqulotda vaziyatni 
keltirib chiqaradigan jarayon hisoblanadi. Tabiiy xavf 
manbalari 
(tashuvchilari) 
litosfera, 
gidrosfera, 
atmosfera va kosmosning turli xil noqulay tabiiy 
jarayonlar sodir bo‘ladigan va xavfli tabiat 
hodisalarining yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan 
qismlaridir.
Tabiiy favqulodda vaziyatlarning manbalari 
bo‘lgan xavfli tabiat hodisalarini quyidagilarga bo‘lish 
mumkin: 
- xavfli geofizik hodisalar (zilzilalar, vulqon 
otilishi); 
- xavfli geologik hodisalar (ko‘chkilar, eroziya, 
qiyaliklarning yuvilishi, qurumlar); 
- xavfli gidrometeorologik hodisalar, shu 
jumladan 
meteorologik 
(bo‘ronlar, 
dovullar, 
tornadolar, juda kuchli qor, jala, yomg‘ir, tumanlar, 
qattiq sovuq, issiqlik), agrometeorologik (ayozlar, 
quruq shamollar, tuproq va atmosfera qurg‘oqchiligi), 
gidrologik (suv toshqini, muzliklar, tirbandliklar, 
sellar), dengiz gidrologik va geliogeofizik xavflar 
(kuchli magnit bo‘ronlar, qisqa to‘lqinli aloqaning 
uzilishi bilan ionosferada kuchli buzilish radiatsiyaviy 
vaziyat) va asteroid-kometa xavfi; 
- tabiiy yong‘inlar. 
Odatda 
tabiiy 
tahdidlar 
kiber 
tahdid 
hisoblanmaydi ammo favqulotda vaziyat sodir 
bo‘lganda uning korxona-tashkilotlarning axborot 
tizimlari uchun keltiradigan zarari kiber hujumnikidan 
ancha yuqori bo‘lishi mumkun.
Tabiiy tahdidlar axborot tizimlariga tog‘ridan-
to‘g‘ri tasiri kam hisoblanib, asosan tizim o‘rnatilgan 
qurilmalarni vayron qilish orqali zarar keltiradi. Shu 
sababli xavfsizlik tizimlarini ishlab chiqishda tabiiy 
tahdidlarni aniqlash va favqulotda vaziyatni oldini 
olishga qaratilgan chora tadbirlar ko‘rilishi maqsadga 
muofiq hisoblanadi. 
Sun’iy tahdidlar bevosita shaxsga bog‘liq 
bo‘lib, tasodifiy yoki qasddan uyushtirilgan tahdidlar 
turlariga bo‘linadi. 
Tasodifiy tahdidlar ehtiyotsizlik, beparvolik, 
bilimsizlik, sinalmagan hodimni ishga qabul qilish, 
texnik va dasturiy tizimlardagi xatolik tufayli vujudga 
keladi. Bunday tahdidlar maqsadsiz hisoblanib 
korxona-tashkilot uchun keltiradigan zararini oldindan 
aniqlash qiyin hisoblanadi. 
Qasddan uyushtirilgan tahdidlar aniq maqsadga 
qaratilgan bo‘lib, ichki va tashqi tahdid turlariga 
bo‘linadi. Ichki tahdidlarga asosan yollanma josuslar, 
qasd olish maqsadidagi hodim havflari kiradi. Tashqi 
tahdidlarga esa ehtimoliy kiber hujumlar va kompyuter 
viruslari havfi kiradi. Qasddan uyushtirilgan tahdidlar 
korxona-tashkilot axborot tizimlarini yo‘q qilish, 
barqaror ishlashini izdan chiqarish, ma’lumotlarni 
o‘girlash, nusxa ko‘chirish, o‘zgartirish kabi 
maqsadlarga qaratilgan bo‘ladi. 
Tahdidlarni ta’sirini kamaytirish usullari. Har 
qanday qimmatli aktivga ega korxona tashkilorlar 
axborot 
tizimlarini 
potensial 
tahdidlardan 
himoyalashda 
turli 
fizik 
va 
apparat-dasturiy 
vositalardan foydalangan holda xavfsizlik usullaridan 
foydalanishadi. Fizik himoya usullari va vositalariga 
misol tariqasida qo‘riqlanadigan (sim to‘siq, balan 
beton devor) hudud, bardoshli obekt (bino), qo‘riqlash 
hizmati (qorovul, xavfsizlik hodimi), kuzatuv 
kameralari, signalizatsiya vositalari, axborot tizimi 
uchun alohida ajratilgan himoyalangan xona, eshik 
qulflari, o‘t o‘chirish vositalari, vintelatsiya vositalari, 
isitish yoki sovitish tizimlari kiradi. Apparat-dasturiy 
vositalar bevosita axborot tizimlari va u o‘rnatilgan 
kompyuterlarga bog‘lanadi. Bularga tarmoqlararo 
ekran 
vositalari, 
tarmoq 
marshrutizatorlari, 
komutatorlar, 
antivirus 
dasturlari, 
tarmoq 
analizatorlari, ddos hujumlariga qarshi vositalar va 
axborot tizimida foydalaniladigan kriptografik usullar, 
autentifikatsiya usullari, rollarga asoslangan usullarni 
misol sifatida keltirishimiz mumkun. 
Axborotni tizimlarini himoyalashga qaratilgan 
barcha mavjud usullar hozirda bardoshli hisoblansada, 
ular tahdidlar avvaldan mavjud bo‘lgan hollarda yoki 



Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU 
Farg‘ona filiali “Al-Farg‘oniy avlodlari” 
elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 
Tom: 1 | Son: 3 | 2023-yil 
"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific 
journal of Fergana branch of TATU named after 
Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 
Vol: 1 | Iss: 3 | 2023 year 
Электронный научный журнал "Потомки Аль-
Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени 
Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 
Том: 1 | Выпуск: 3 | 2023 год 
https://doi.org/10.5281/zenodo.8317695 
https://al-fargoniy.uz/ 
https://journals.indexcopernicus.com/search/article?articleId=3712367 
tahdid yuzaga kelganda uni aniqalash imkoniyatiga 
ega. Qolaversaga bunday vositalarni boshqarish inson 
omiliga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Bu esa axborot 
tizimlariga qaratilgan tahdid turlarini ajratib olish va 
himoya uchun usullarini tanlashda qaror qabul qilish 
vaqt yo‘qotilishiga olib keladi. Bazida to‘g‘ri himoya 
tizimlari tahdid ro‘y bergandan keyin o‘rnatiladi. 
Bungacha esa tahdidlar axborot tizimlariga zarar 
yetkazgan bo‘ladi. Hozirda hackerlar ko‘plab 
hujumlarda sun’iy intelektni keng qo‘llab kelmoqdalar. 
Bu mavjud tizimlarni bardoshlilik darajasini zaif holga 
keltirmoqda. Mashinani o‘qitish tizimlari orqali neyron 
tarmoqlar himoya tizimlarini mukkammal o‘rganadi va 
ularni zaif tamonlarini ochib beradi. Ayrim hollarda 
sohta tahdid yaratib himoya tizimlarini chalg‘itishga 
harakat qiladi. 
Tahdidlarni erta aniqlash bizga tahdid turini 
hususiyatlarini o‘rganish, u keltirib chiqaradigan 
oqibatini baxolash va unga qarshi zaruriy choralarni 
ko‘rish imkoniyatini taqdim etadi. Lekin axborot 
tizimiga bo‘ladigan kiber tahdidlar sodir bo‘lishiga 
nisbatan ancha yuqori tezlikda amalga oshadi. Chunki 
kompyuterda axborot almashuv va hisoblash tezligi 
inson omilidan yuqori hisoblanadi. Shu sababdan 
sun’iy intelekt orqali tahdidlarni erta aniqlash 
tahdidlarni turini tez va to‘g‘ri baholashga va ularga 
qarshi himoya vositalarini to‘g‘ri tanlashga yordam 
berishi mumkun. Bu albatta sun’iy intelekt 
imkoniyatlaridan foydalangan holda alohida aqlliy 
xavfsizlik tizimini ishlab chiqishni va bu tizimga 
korxona-tashkilotlarni axborot tizimlarini integratsiya 
qilishni talab qiladi. 

Download 295,19 Kb.
1   2   3   4   5




Download 295,19 Kb.
Pdf ko'rish