8
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU
Farg‘ona filiali “Al-Farg‘oniy avlodlari”
elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252
Tom: 1 | Son: 3 | 2023-yil
"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific
journal of Fergana branch of TATU named after
Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252
Vol: 1 | Iss: 3 | 2023 year
Электронный научный журнал "Потомки Аль-
Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени
Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252
Том: 1 | Выпуск: 3 | 2023 год
https://doi.org/10.5281/zenodo.8317695
https://al-fargoniy.uz/
https://journals.indexcopernicus.com/search/article?articleId=3712367
Risk darajalari 4 ta: ekstremal yuqori, yuqori,
o‘rta va past. Kanal uzulishlarini biz yuqori darajali
risklar toifasiga kiritamiz.
Ekstremal yuqori yoki
yuqori risk paydo
bo‘lishini va salbiy ta’sirini kamaytirish maxsus
yo‘naltirilgan qarshi choralarni talab etadi. Bu
darajadagi risklar yuqori yoki o‘rtacha ta’siming
yuqori ehtimolligiga ega bo‘ladi. Mazkur darajadagi
risklar jiddiy xavfga sabab bo‘ladi va shuning uchun,
zudlik bilan aniqlash hamda qarshi chora ko‘rish talab
etiladi.
O‘rta darajali risklar yuqori ehtimollikka ega
past natijali hodisa yoki past ehtimollikka ega yuqori
natijali hodisa bo‘lishi mumkin. Alohida qaralganida,
yuqori ehtimollikka ega past natijali hodisalar loyiha
narxiga yoki kutilgan natijaga kam ta’sir qiladi. Past
ehtimollikka ega yuqori natijali hodisalar doimiy
monitoringni talab etadi. O‘rta darajali risklarga zudlik
bilan chora ko‘rish talab etilmasada, himoyani
dastlabki vaqtda o‘matish talab etiladi.
Past darajali risklar odatda e’tibor bermasa
bo‘ladigan yoki keyingi baholashlarda e’tibor bersa
bo‘ladigan risklar toifasi bo‘lib, ularni bartaraf etish
qisqa muddatda amalga oshirilishni talab qilmaydi yoki
ortiqcha sarf xarajatga sabab bo‘lmaydi.
Risk matritsasi
risklarni paydo bo‘lish
ehtimolini ularning natijasi va ta’siri orqali aniqlaydi
hamda risk jiddiyligini va unga qarshi himoya chorasi
sathini grafik taqdim etadi. Risk matritsasi riskning
ortib boruvchi ko‘rinishi uchun foydalaniluvchi sodda
jarayon bo‘lib, qarshi choralarni ko‘rishda yordam
beradi. Risk matritsasi risklarni turli darajalarda
aniqlash va jiddiylik nuqtai nazaridan guruhlash
imkonini beradi (1-jadval).
1-jadval. Risk matrisasi