|
-amaliy mashg‘ulot. Qattiq disklarning (ATA va SATA) mantiqiy konfiguratsiyalari
|
bet | 5/9 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 0,82 Mb. | | #116290 |
Bog'liq Malumot tiklash T27-amaliy mashg‘ulot. Qattiq disklarning (ATA va SATA) mantiqiy konfiguratsiyalari.
Ishdan maqsad: Qattiq disklarning (ATA va SATA) mantiqiy konfiguratsiyalarini o‘rganib chiqish va ulardan foydalanish
Masalani qo‘yilishi: Qattiq disklarni (ATA va SATA) defragmentatsiyalashni ko‘rib chiqish
Qattiq disklar uchun model, yaxshi narx va boshqa parametrlar muhim lekin asosiy emas, eng muhim me’zon - bu ishonchlilik. Tanlangan disk kutilmaganda yoki muddatidan oldin ishlamay qolmasligi kerak. Sekin degradatsiyaga bo‘lish jarayonida begona tovushlar ham qo‘shiladi va BAD-sektorlarning tez ko‘payishi - bunday hollarda zudlik bilan diskni o‘zgartirish zarur. Qattiq disklarning ishonchlilik darajasi juda past deb bemalol aytish mumkin.
Yana bir misol – germoblok konstruksiyasi mustahkam bo‘lmagan IBM DTLA diski, bu kontaktlarning davriy yo‘qolishiga va natijada yozish operatsiyasining muddatidan oldin tugab qolishiga olib keladi. Shu bilan birga tabiiy ravishda, sektorning bir qismi yozilmagan bo‘lib chiqadi. Natijada diskda virtual nuqsonlar mavjud bo‘lib, ular fizik nuqsonlar emas, lekin nazorat ko‘rsatkichi mos kelmaydigan nuqsonlardir. Bunday sektorlarni o‘qish mumkin, ammo ularni tiklash mumkin emas, chunki sektor ma’lumotlarini yozish oxiriga yetkazilmagan. Yuqorida aytib o‘tilgandek, ushbu sohada oddiygina ehtimollik hamma narsani hal qiladi. Ishdan chiqishning qo‘shimcha omillariga elektr ta’minotining sifati, tebranishlarning yo‘qligi va boshqalar kiradi. Qattiq diskdagi nosozliklar statistikasini yuritish murakkab jarayon hisoblanadi. Muddatidan oldin ishdan chiqishlar soni ko‘p narsani anglatmaydi. Statistik ma’lumotlarni to‘plashda ushbu modelning qanchalik tarqalganligi, shuningdek, ekspluatatisya sharoitlarini hisobga olish kerak.
SCSI disklari IDE disklariga qaraganda ishonchli deb hisoblanadi. Biroq, SCSI disklari serverlarga o‘rnatiladi va deyarli hech qachon o‘chmaydi. Nosozliklarning aksariyati asosan yoqish/o‘chirish vaqtida sodir bo‘lishini hisobga olish kerak. Shu bilan birga, albatta, SCSI disklari uchun haddan tashqari issiqlik bilan bog’liq muammolar mavjud emas.
4-jadval. Ishlab chiqaruvchi tomonidan qattiq diskda ishlamay qolish statistikasi
|
| |