bevosita MS DOS muhitida ishlaydi. Turbo Assemblerning bir vaqtda ikkita versiyasidan
foydalanish
mumkin -
tasm.exe
va
tasmx.exe
.
Avvalo, Assemblerda tuziladigan dasturlarni qayta ishlash (exe-faylga aylantirish) uchun uni
translyatsiya jarayoniga tayyorlash kerak. Dasturni bajariluvchi faylga translyatsiya qilish va uni
protsessorning joriy holatida qadamba-qadam bajarilishini nazorat qilish hamda o‘rganish
jarayoni to‘rt bosqichni o‘z ichiga oladi.
1-bosqich.
Dastlabki (boshlang‘ich) dastur matni tayyorlanadi
va u biror
xxxx.asm
fayl
ko‘rinishida tegishli katalogda (albatta TASM paketi katalogida) saqlab qo‘yiladi;
2-bosqich.
TASM translyatori orqali dastur assemblerlanadi,
natijada
xxxx.obj
kengaytmali
obyektli fayl hosil qilinadi. (
Obyektli fayl
- bu dasturning ikkili-kod ko‘rinishida
tasvirlanishidir).
tasm misol.asm
Agar dastur bir nechta mustaqil fayllardan (alohida modullardan) iborat bo‘lsa, assemblerlash
jarayoni bu dasturlarning har biri uchun alohida bajariladi.
Agar dastlabki dastur matnida avvaldan xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa yoki
translyatsiya qilish
jarayonida biror xatolikka yo‘l qo‘yilsa, u holda assemblerlashdan keyin ekranga bu xatoliklar
haqidagi xabar chiqadi. Xatolar bartaraf qilingan taqdirda translyatsiyani
takroran amalga
oshirish zarur bo‘ladi.