Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiy




Download 92.97 Kb.
bet4/6
Sana12.03.2022
Hajmi92.97 Kb.
#18585
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
HFX
02 dars Ma’lumot va axborot Axborotning o‘lchov birliklari Sanoq
2-savolga javob.


4-modda. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati:
korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning hayoti va
sog‘lig‘i ustuvorligi;
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning boshqa
yo‘nalishlari bilan muvofiqlashtirib borish;
mulk va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, barcha korxonalar uchun mehnatni
muhofaza qilish sohasida yagona tartib-qoidalar belgilab qo‘yish;
mehnatning ekologiya jihatidan xavfsiz sharoitlari yaratilishini va ish joylarida atrof-
muhit holati muntazam nazorat etilishini ta’minlash;
korxonalarda mehnatni muhofaza qilish talablari hamma joyda bajarilishini nazorat
qilish;

mehnatni muhofaza qilishni mablag‘ bilan ta’minlashda davlatning ishtirok etishi;


oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida mehnat muhofazasi bo‘yicha mutaxassislar
tayyorlash;

xavfsiz texnika, texnologiyalar va xodimlarni himoyalash vositalari ishlab chiqilishi va


joriy etilishini rag‘batlantirish;
fan, texnika yutuqlaridan hamda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vatanimiz va chet
el ilg‘or tajribasidan keng foydalanish;
ishlovchilarni maxsus kiyim va poyabzal, shaxsiy himoya vositalari, parxez ovqatlari
bilan bepul ta’minlash;
korxonalarda mehnatning sog‘lom va xavfsiz shart-sharoitlarini yaratishga
ko‘maklashuvchi soliq siyosatini yuritish;
ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz hodisani va har bir kasb kasalligini tekshirib chiqish
hamda hisobga olib borishning va shu asosda ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar hamda kasb
kasalliklariga chalinishlar darajasi haqida aholini xabardor qilishning majburiyligi;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan yoki kasb kasalligiga yo‘liqqan
ishlovchilarning manfaatlarini ijtimoiy himoyalash;
kasaba uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalari, korxonalar va alohida
shaxslarning mehnatni muhofaza qilishni ta’minlashga qaratilgan faoliyatini har tomonlama
qo‘llab-quvvatlash;
mehnatni muhofaza qilish muammolarini hal etish chog‘ida xalqaro hamkorlikni yo‘lga
qo‘yish prinsiplariga asoslanadi.



Download 92.97 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 92.97 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiy

Download 92.97 Kb.