• Asosiy xotira va uning turlari
  • Dinamik va static xotira tizimlari




    Download 270,36 Kb.
    bet2/2
    Sana20.11.2023
    Hajmi270,36 Kb.
    #101964
    1   2
    Bog'liq
    2-mustaqil ishi Tekshirdi Xolyarov X kesh xotira vazifalari va

    Dinamik va static xotira tizimlari
    Tezkor va doimiy xotira qurilmalari. Ko‘rib chiqilgan xotiralarning barcha xillari bitta umumiy xususiyatga ega: ularda axborotni ham yozish, ham o‘qish ikoniyatlarini mavjud. Bunday xotira tezkor xotira qurilmasi (TXQ) deb ataladi (Random Access Memory - RAM, rus tilida - operativnoye zapominayuщyeye ustroystvo - OZU). Tezkor xotira qurilmasining ikki xili mavjud:
    Statik TXQ (Static RAM - SRAM). Bu xildagi xotira D-triggerlar asosida quriladi. Statik TXQsida axborot, unga manba ulangan vaqt davomida saqlanadi: bu vaqtning davomiyligi - sekundlarga, minutlarga, soatlarga va kunlarga ham teng bo‘lishi mumkin. Statik TXQ juda tez ish- laydi, unga murojaat qilish vaqti bir necha nanosekundlarga teng bo‘lishi mumkin. Shu sababli statik TXQ, ko‘pincha ikkinchi sath kesh-xotirasi si- fatida ishlatilmoqda.

    1.9-rasm. 4-ta 3 razryadli so‘zni saqlay oladigan xotiraning mantiqiy blok-sxemasi.


    Dinamik TXQ (Dynamic RAM - DRAM). Bu xildagi xotirani qurishda triggerlar ishlatilmaydi. Dinamik TXQ tranzistorlar va juda kichik kondensatorlardan qurilgan, yacheykalar to‘plamidan iborat bo‘ladi. Kondensatorlar zaryadlangan va zaryadlanmagan holatlarda bo‘lishi mum- kin, bu hol 1 va 0 ni saqlash imkonini beradi. Kondensatorda zaryad yo‘qolishi mumkin bo‘lganligi sababli, bu xildagi xotirada ma’lumotlar yo‘qolib ketmasligi uchun har bir bit, vaqti-vaqti bilan qayta zaryadlanib turishi kerak bo‘ladi. Dinamik TXQda bir bit axborotni saqlash uchun 1-ta tranzistor va 1-ta kondensator kerak bo‘ladi. Statik TXQda esa bir bit ax­borotni saqlash uchun kamida 6-ta tranzistor kerak bo‘ladi. Shuning uchun asosiy xotira deyarli har doim dinamik TXQ asosida quriladi. Dinamik TXQ, statik TXQga nisbatan ancha sekin ishlaydi. Dinamik TXQning bir necha xillari mavjud:
    Asosiy xotira va uning turlari

    • FPM (Fast Page Mode) - tezkor sahifalar rejimiga ega dinamik xo­tira (rus tilida - bыstrыy postranichnыy rejim);

    EDO (Extended Data Output) - ulanish nuqtalarining imkoniyatlari kengaytirilgan dinamik xotira - (rus tilida - pamyat s rasshirennыmi vozmojnostyami vыvoda);

    • DRAM, SDRAM (Synchronous RAM) - sinxron dinamik TXQlari (rus tilida - sinxronnoye dinamicheskoye OZU);

    • DDR (Double Data Rate) - ma’lumotlami ikki karra tez uzata oluvchi (rus tilida - peredacha dannыx s dvoynoy skorostyu).

    Doimiy xotira qurilmalari. Elektr manbai uzilganda ham ma’lumotlami saqlay oladigan xotira - doimiy xotira qurilmasi (DXQ) deb ataladi (ROM - Read-Only Memory, rus tilida - postoyannoye zapominayu­щyeye ustroystvo - PZU). Odatda doimiy xotira qurilmalaridagi axborotni o‘zgartirish yoki o‘chirib tashlash mumkin emas. Ammo hozirda DXQni ishlab chiqarish paytidagina emas, balki uni qo‘llashdan avval, ya’ni uni ishlatish paytida ham axborotni yozish mumkin bo‘lgan va axborotni o‘chirib yozish mumkin bo‘lgan doimiy xotira qurilmalari ham ishlab chi- qilgan. Ular quyidagicha nomlanadilar:

    • PROM (Programmable ROM) - programmalanadigan doimiy xotira qurilmasi (rus tilida - programmirumыye PZU).

    • EPROM (Erasable PROM) - axborotni o‘chirish va qayta yozish mumkin bo‘lgan programmalanadigan doimiy xotira qurilmasi (rus tilida - stirayemoye programmiruyemoye PZU);

    • EEPROM (Electronically EPROM) - axborotni elektron tarzda o‘chirish va yozish mumkin bo‘lgan programmalanadigan doimiy xotira qurilmasi (rus tilida - elektronno-pereprogrammiruyemoye PZU);

    • XULOSA: Kesh tezligi ma'lum bir mikrosxemaning hajmiga bog'liq.Mikrosxemaning hajmi qanchalik katta bo'lsa, uning ishlashi uchun yuqori tezlikka erishish shunchalik qiyin bo'ladi. Ushbu xususiyatni hisobga olgan holda, kesh-protsessor xotirasida sathlar deb nomlangan bir nechta kichik bloklar ko'rinishida ish olib boriladi. Bugungi kunda eng keng tarqalgan L1, L2, L3 uch darajali kesh tizimi hisoblanadi:

    Birinchi darajali L1 kesh xotirasi - eng kichik hajm (bir necha o'nlab kilobayt), lekin eng tezkor va eng muhimi.
    L2 kesh xotirasi L1 xotira tezligidan pastroq, lekin allaqachon bir necha yuz kilobaytda o'lchanadigan hajmda yutadi
    L3 keshi - U uchta darajadagi eng katta hajmga ega (u o'nlab megabaytlarga yetishi mumkin), lekin ayni paytda eng tezkor tezlikka ega, u hali ham tezkor xotiradan tezroq.


    Qisqa qilib aytganda, kundalik hayotimizdahi gadjetlarimizgacha kesh xotirasi bor. U bizga gadjetlarimiz tez qotmay ishashini ta’minlab beradi.
    Download 270,36 Kb.
    1   2




    Download 270,36 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dinamik va static xotira tizimlari

    Download 270,36 Kb.