• Bajardi: Boboqulov Durbek Qabul qildi: Begulov.U.O QARSHI-2023 Graf tushunchasi va uning ko‘rinishlari. Graflarni tasvirlash usullari.
  • 1. Graflar nazariyasining asosiy tushunchalari
  • Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali kampyuter injenering fakultiti




    Download 153,77 Kb.
    Sana24.11.2023
    Hajmi153,77 Kb.
    #104548
    Bog'liq
    Ma\'lumotlar tuzilmasi va algoritlar 5


    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALARI VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
    QARSHI FILIALI

    KAMPYUTER INJENERING FAKULTITI
    2-BOSQICH 13-22-GURUH TALABASINING
    MA’LUMOTLAR TUZILMASI VA ALGORITLAR
    FANIDAN
    5-MUSTAQIL ISHI
    Bajardi: Boboqulov Durbek
    Qabul qildi: Begulov.U.O


    QARSHI-2023
    Graf tushunchasi va uning ko‘rinishlari. Graflarni tasvirlash usullari.
    REJA :
    1. Graflar nazariyasining asosiy tushunchalari
    2. Graflarni ifodalash usullari
    3. Graflarda ko'rik o'tkazish


    Kalit so’zlar: graflar, yo’naltirilgan garflar, yo’naltirilmagan graflar, kuchli bog’langanlik, ko’rikdan ot’kazish algoritmi, qo’shnilik matrisasi.

    1. Graflar nazariyasining asosiy tushunchalari
    Matematik nazariyada va informatikada graf — bu tugunlar(uchlar)dan iborat bo'lgan bo'sh bo'lmagan to'plam va tugunlarni birlashtiruvchi yoylar majmuidir.
    Graf - bu murakkab chiziqsiz ko'pbog'lamli dinamik tuzilma bo'lib, murakkab ob'ektlarning xususiyatlari va munosabatlarini aks ettiradi.
    Ob'ektlar tugun yoki graf uzellari ko'rinishida va munosabatlar yoy yoki yo'naltirilgan qirralar kabi ifodalanadi.
    «Graf» tushunchasini birinchi marotaba 1936 yil vengriya matematigi Denni Kyonig kiritgan. Lekin graflar nazariyasi bo'yicha 1-ish Leonard Eylerga tegishli bo'lgan va u 1736 yilda bajarilgan edi.
    XVIII asrda mashhur shvetsariyalik matematik, mexanik va fizik Leonard Eyler (1707-1783 yy) Kyonigsberg ko’prigi haqidagi masalani yechish uchun birinchi marta graf tushunchasidan foydalanadi.




    1.-rasm. Eski Kyonigsberg shahri sxemasi
    Graflar nazariyasi diskret matematika fanining bir bo’limi bo’lib, unda masalalar yechimlari chizmalar shaklida izlanadi. Keyingi paytlarda turli xil diskret xususiyatlarga ega bo‘lgan xisoblash qurilmalarini loyihalashda graflarning ahamiyati yanada oshdi.


    (V, E) sonlar juftligiga graf deyiladi, bu yerda V – ixtiyoriy bo`sh bo`lmagan to`plam, E esa  ning qism to`plami  , bunda  to`plam elementlarining tartiblanmagan juftliklari to`plami.

    V – to`plam elementlari grafning uchlari deyiladi.

    – to`plam elementlari esa grafning qirralari deyiladi.
    Agar chekli bo`lsa, graf chekli deyiladi, aks holda cheksiz graf deyiladi.


    Yo'l (path) – bu bironta tugundan boshqa bir tugungacha bo'lgan yonma-yon joylashgan tugunlar ketma-ketligidir.

    B



    2.-rasm. Grafning asosiy alomatlari

    Grafning uchlari va qirralari to`plamini mos ravishda  va  kabi belgilanadi.  ushbu to’plamda uchlar berilgan bo’ladi.  to’plamida esa qirallarning qushni uchlar juftligi bilan aniqlanadi.
    Masalan:



    Bu holda grafning grafik ko’rinishi quyidagicha bo’ladi (3.-rasm):




    3.-rasm. Grafga misol
    Qirra ikkita uch bilan aniqlanadi. Umumiy uchga ega bo`lgan ikkita qirra qo`shni hisoblanadi. Agar grafning ikkita uchi qirra bilan tutashtirilgan bo`lsa, bu uchlar qo`shni uchlar deyiladi. Grafning bir uchdan chiqqan ikki qirrasi qo`shni qirralar deyiladi. Agar grafda boshi va oxiri bitta tugunda tutashadigan qirra mavjud bo'lsa, unga ilmoqli qirra deyiladi.




    4.-rasm. Qirra tushunchasi
    Agar grafda takroriy (karrali) qirralar mavjud bo`lsa, bunday grafga multigraf deyiladi. Agar grafda karrali qirralar bilan birga uchni o`z-o`zi bilan tutashtiruvchi ilmoqlar ham mavjud bo`lsa, bunday grafga psevdograf deyiladi (5.-rasm).




    5.-rasm. A) multigraf; B) psevdograf
    Ixtiyoriy tugundan boshqa bironta tugunga murojaat mavjud va murojaat ikki tomonlama bo’lsa, bu holda bunday graf yo’naltirilmagan graf (graph) deyiladi (6.-rasm. A).


    Agar graf tugunlari o'zaro bog'langan bo'lsa, lekin bu yoylar orqali munosabat faqat bir tomonlama bo'lsa, u xolda bunday graflar yo'naltirilgan graflar (oriented graph) deyiladi (6.-rasm. B).



    6.-rasm. A) yo’naltirilmagan graf; B) yo’naltirilgan graf


    • Adabiyotlar.

    • 1.D.Knut. Kompyuter dasturlash san'ati. v. 1. (2.3-bo'lim. "Daraxtlar").

    • 2. N. Virt. Algoritmlar va ma'lumotlar tuzilmalari.

    Download 153,77 Kb.




    Download 153,77 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali kampyuter injenering fakultiti

    Download 153,77 Kb.