|
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali " axborot xavfsizligi"
|
bet | 3/3 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 91,08 Kb. | | #117440 |
Bog'liq 1-topshiriq.pdfBajarilgan ish:
Web Sayt
Web-sayt atamasi har kuni bir necha marta qulog’imizga chalinadi. Ushbu so’z internet manzil ekanligini bilamizku, ammo web-sayt tushunchasi, uning asl mohiyati, nima uchun kerakligi, nega bu qadar ommalashib borayotganligi va balki o’zimiz ham saytimizga ega bo’lishimiz kerakligi haqida o’ylab ko’rmaymiz…
Web-sayt – bu noyob manzil
Sayt yoki web-sayt inglizcha website: web – «o’rgimchak to’ri, tarmoq» va site – «joy, segment, tarmoqning bir qismi» degan ma’nolarni anglatadi.
Sayt – bu bitta domen nomidan foydalanadigan, bir-biriga bog’langan web-sahifalar to’plami. Web-saytlar shaxs, guruh, korxona yoki tashkilot tomonidan turli maqsadlarda yaratilishi mumkin. Barcha ommaviy web-saytlar butun dunyodagi internet to’rini tashkil qiladi.
Oddiy qilib aytganda, sayt – bu Internetda joylashgan, ba’zi ma’lumotlarni (matn, video, fotosuratlar, hujjatlar, musiqa va hk) o’z ichiga olgan manzil. Internet esa ushbu manzillar to’plamidir.
Saytlarning Turlari
Ayni paytda turli xil web-saytlar mavjud: ta’lim, yangiliklar, forumlar, ijtimoiy tarmoqlar, elektron tijorat saytlari (onlayn-do’konlar), bloglar, lendinglar va h.k.
|
| |